13.1.-Rasm. O’z moliyaviy mablag`lar tuzilmasi
O’z va qarz moliyaviy mablag`lar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, foiz to’lovlari soliq to’lagunga
qadar chegirib tashlanadi, ya'ni yalpi xarajatlarga kiritiladi, dividendlar esa foydadan to’lanadi.
Qarz moliyaviy mablag`lar. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi 13.2.-rasmda aks ettirilgan.
13.2.-Rasm. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi.
Investitsiyalarning ichki manbalari
.
O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish ichki manbalar va chet el kredit liniyalarining
resurslari hisobiga amalga oshirilgan.
Investitsiyalarning ichki manbalari 13.3.-rasmda ko’rsatilgan.
Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning ichki imkoniyatlari ahvoliga ta'sir etuvchi asosiy omil
bo’lib, moliyaviy-iqtisodiy barqarorsizlik hisoblanadi. Bunga qaramasdan, ichki investitsion salohiyat
yetishmasligini nisbiy deb qarash mumkin.
13.3.-Rasm. Investitsiyalarning ichki manbalari
.
O’zbekistonda chet el investitsiyalari quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- chet el kapitalining ulushli ishtiroki bilan qo’shma korxonlar tuzish;
- to’liq chet el investorlariga tegishli korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalarini tuzish;
- chet el investori tomonidan korxonalar, bino, inshootlar, korxonalardagi ishtirok ulushlari, aksiya va
obligatsiyalarni sotib olish;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini va boshqa mulkchilik huquqlarini sotib olish;
- zayom, kredit, mulk va mulkchilik huquqlarini taqdim etish.
Asosiy muammo chet el kapitalining samarali oqimini rag`batlantirishdan iborat. Ushbu munosabat
bilan quyidagi ikkita savolga aniq javob topish lozim: qaysi sohalarga chet el investitsiyalari kirib kelishi
chegaralanishi, qaysi sohalarga esa ularni birinchi navbatda jalb qilish lozim?
Bevosita kirib kelgan chet el investitsiyalari, bu faqatgina iqtisodiyotga kiritilgan oddiy kapital
qo’yilma emas, balki o’zbek korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini va texnik darajasini
oshirishning birdan-bir yo’li hamdir. O’zbekiston o’z kapitalini joylashtirish orqali chet el kompaniyasi
yangi texnologiyalar, ish faoliyatini tashkil etishning yangi uslublari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatini
ham olib keladi.
Hozirgi kunda o’zbek korxonasi uzoq muddatli moliyalashtirishning quyidagi manbalaridan
foydalanishi mumkin:
- tijorat banklari;
- chet el banklari va kredit liniyalari;
- portfel investorlari - xususiy fondlar;
Do'stlaringiz bilan baham: