chiqaruvchi sabablarni tahlil etish va investitsiya faoliyatini me'yorlashtirish hamda samaradorligini oshirish
maqsadida uning alohida yo‘nalishlarini tegishlicha tartibga keltirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish
hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish kuyidagi
asosiy tamoyillardan
foydalanishga asoslanadi:
1. Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini tanlash. Bu tamoyilning
amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining maqsadli shakllantirilgan ma'lumotiga asoslanadi,
shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oishirish jarayonida kuzatishga tegishli bo‘lgan ushbu
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real investitsiyalarning portfeli
bo‘yicha ma'lumotlarga ham asoslanadi.
Birinchi navbatda, kuzatish kalendar reja va byudjetning ularning
asosiy bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari
tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi navbatda, buxgalteriya
hisobi va statistik
hisobot ma'lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida ko‘shimcha ko‘rsatkichlarni
kiritish zaruriyati paydo bo‘lganda «boshkaruv hisobi» deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. Bu tizim tezkor
buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat kiladi va samarali boshqarish ehtiyojiga bo‘ysindirilgan bo‘ladi
(investitsiya faoliyatini boshqarish bunday hollarda boshqaruv hisobining mustaqil bloki hisoblanadi).
Hisobot (ma'lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha muhim ko‘rsatkichlar tuzilishi
va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi bo‘yicha
byudjetning bajarilishini,
shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb qilingan manbalar ko‘rinishida
moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirishi kerak. Hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimida qarz oluvchilar
(mijozlar) bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni egallaydi. Qarz oluchi bilan suhbatni ushbu
korxonalar bilan shug‘ullanuvchi bank xodimi olib borishi kerak, chunki u korxonada
yuz beradigan holatlar
to‘g‘risida yetarli tasavvurga ega bo‘ladi.
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob'ektiga borib turish yaxshi
rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob'ektni bevosita ko‘zdan kechirish va tanishish investitsiya loyihasini
amalga oshirish jarayoni to‘g‘risbda aniq ma'lumotlar beradi.
3. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib baho beruvchi
(analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Baholovchi ko‘rsatkichlar
tizimi korxona investitsiya
faoliyatining alohida yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va buning uchun jalb
etiluvchi ma'lumotlar (hisobotlar) ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib boriluvchi tahlilning
qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy bo‘limlari ko‘rinishida shakllantirilgan
bo‘lishi kerak.
Tahlilning bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni o‘zlashtirilishi;
- qurilish ob'ekti bo‘yicha
ishlar rejasining bajarilishi;
- investitsiya loyihasi bo‘yicha aktivlarning shakllanishi;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy samara-dorlik va boshqalar.
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida ularning funksional
bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol, «investitsiya loyihasini amalga oshirish
uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish» bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning kuyidagi bo‘linmalari
ajratilgan bo‘lishi mumkin:
- moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha
vazifani bajarish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy va qarz mablag‘larining ishtirok etish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va boshqalar.
- har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmuncha muhim baholovchi ko‘rsatkichlarning aniq ruyxati
shakllantiriladi.
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy baholovchi ko‘rsatkichlar
hisob-kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina (ShEHM)larida maxsus dasturlar yordamida avtomatik
tartibda
amalga oshiriladi, shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda jalb qilingan
ma'lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birining hisob-kitob amaliyotini ishlab chiqishga to‘g‘ri
keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va moliyalashning ko‘rinishi ham baholovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash usuliga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash
uchun dasturli ta'minot sifatida namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: