borishdir.
Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma'noni anglatadi.
Monitoringni yuritishda kuyidagilar ko‘zda tutiladi.
1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi.
2. Ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish.
3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi
va tashkil etilishi.
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish
va qayta ishlash;
- olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini tahlil etish;
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
Investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringi mexanizmi korxonalarining kredit resurslariga
bo‘lgan talabining bankini shakllantirishda, investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan o‘zaro
hamkorlik mexanizmini, ularning kredit liniyalarini o‘zlashtirish jarayoniga ko‘shilishini,
shu jumladan
investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida kredit liniyalari resurslaridan investitsiyaviy loyihalarni
amalga oshirish samaradorligini kuzatishni va baholashni ko‘zda tutadi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi monitoringini o‘tkazishning maqsadi
investitsiyalash jarayonining barcha darajalarini doimiy kuzatish hisoblanadi (ularning kengaytirilgan
vazifalari asosida):
- investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari tomomnidan korxonalar loyihalarini (takliflarini)
investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida o‘tish muddatlariga amal qilish;
- investitsiyaviy loyihalarni amalga
oshirishni, shu jumladan, investitsiyaviy davrning barcha
bosqichlarida jalb qilinayotgan chet el kredit liniyalari samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashish.
Qo‘yilgan mablag‘larining yuqori samarasini ta'minlash korxonalar tomonidan investitsiyaviy loyihalar
bo‘yicha majburiyatlarni bajarish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Shakllantirilgan investitsiya loyihasining
samarali amalga oshirilishi, ko‘p hollarda, uni amalga
oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday tezkor reja
amaliyotida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi deb nomlanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish muayyan tamoyillarga
asoslanadi va muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Quyida biz Ushbu tamoyillarni ko‘rib chiqamiz:
1. Kalendar rejaning ob'ekt tabaqalanishi (differensiyasi) bo‘yicha tamoyili kalendar
rejalashtirish
investitsiya loyihasining butun davriga asoslanib amalga oshirishini kerakligini ko‘zda tutadi. Loyihani
amalga oshirishni kalendar rejalashtirish jarayoni uni amalga oshirishning baza muddatlariga va biznes
rejada aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi.
Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank tomonidan loyiha monitoringini
olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi.
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha
uning detallashtirilishining
turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kalendar rejaning
vaqtinchalik differensiyasining asosiy shakllari kuyidagilar hisoblanadi:
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini tezkor rejalashtirish
natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat hisoblanadi. U (yillik jadval) bir necha yillar
davomida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi
ko‘zda tutilayotgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek
u bir yil mobaynida amalga
oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish muddati va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarnng choraklik yoki yillik rejasi ularning ko‘rsatilgan
vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq, hajmlarini qamrab oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi bo‘lib,
detallashtirishning tegishli ketma-ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvali
hisoblanadi. Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim etiladi va
tasdiqlanadi.
- dekadali (o‘n kunlik) topshiriqlar ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-ket detallashtirish
shakli
hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani tabaqalashning bu shakli kamdan-kam hollarda
qo‘llaniladi. Biroq, yirik investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy pudratchilar kalendar
rejalashtirishning bunday shaklini keng tadbiq etadilar.
3. Kalendar rejaning funksional tabaqalanishi tamoyili uning alohida funksional qismlarga bo‘linishini
nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish jarayonining
Do'stlaringiz bilan baham: