1. To‘lov xujjatlarining tasdiqlangan ob'ekt smetasiga va foydali ishlatilishiga hamda shartnoma
baholarini aniqlashning to‘g‘riligiga mos kelgandagi to‘lov ob'ektlariga ssuda hisob-raqamidan ajratilgan
har bir to‘lovini nazorat qilish.
2. Kurilish ketayotgan joyga borib kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda tekshirish.
3. Har choraklik statistik tahlilni o‘tkazish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalini va qarz
oluvchining kredit bo‘yicha to‘lovlarini nazorat qilish.
4. Kredit shartnomasi, loyiha monitoringining rejasi va texnik tartibi talablarga mos kelishini nazorat
qilish.
Loyiha jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakllar va yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi:
1. Ssuda hisob-raqamidan qilingan har bir to‘lovda korxonadagi to‘lov xujjatlarining ob'ektning
tasdiklangan smetasiga va foydali ishlatilishiga mosligini va shartnoma baholarining to‘g‘ri aniqlanganligini
nazorat qilish.
2. Har chorakda statistik tahlil olib borish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalining mosligini va
kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovlarini tahlil qilish.
3. Kurilish ob'ektiga chiqish orqali kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda tekshirib
borish.
4. Kredit shartnomasi, texnik tartib talablari va loyiha monitoringi rejasining bajarilishini nazorat qilish.
Kurilish jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakl va yo‘nalishlarda olib boriladi:
1. Kurilish muddatlarining uskunalarni keltirish va ularning ishlab chiqarish jadvaliga mos holdagi
kurilish-montaj ishlari muddatlarini, ishlarni joriy etish jarayoni haqidagi hisobot ma'lumotlarini, tekshirish
natijalarini bevosita o‘rganish bilan bog‘liqlikda, shuningdek kurilishni olib borish saviyasining pasayish
sabablarini aniqlash va iqtisodiy choralar qo‘llash bilan hamda yuqori tashkilotlar va prokuratura organlari,
xo‘jalik sudlariga zarur hollarda ma'lumotlarini yetkazish yo‘li bilan kuzatuvlarni nazorat qilish.
2. Pudratchi va buyurtamchilar tomomnidan uskunalarni yetkazib berish, ob'ektni ishga tushirish
bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va boshqa xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyat-
larning bajarilishini nazorat qilish.
3. Ob'ekt bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda va sotib olingan uskunani
inventarizatsiya qilish bo‘yicha yilida kamida ikki marta sanoqli, o‘lchovli va hisobli nazorat ishlarini olib
borish.
4. Uskunalarni ishga tushirishga qabul qilishda ishtirok etish va loyiha ko‘rsatkichlarining loyihani
amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan strategiyalariga mosligini nazorat qilish.
Moliyalashtirish va kurilish jarayonidagi monitoringda jarayonida kuyidagi tadbirlar ham amalga
oshirilishi kerak:
1. Kredit bo‘yicha ta'minlanganlik holati va sifatini nazorat qilish.
2. Bank kreditiga bo‘lgan talabning o‘sishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq risklarni hisobga olgan holda,
qarz oluvchining moliyaviy holatining o‘zgarishini baholash.
3. Bozordagi iqtisodiy holatini baholash, loyihani amalga oshirishning tasdiqlangan strategiyasidan
chetlanishini va loyihaning pul mablag‘lari oqimi bashoratini uning real holatiga taqqoslash.
Banklar xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘lish, kreditga
layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning
barcha turlari bo‘yicha to‘g‘ri yuritilayotganligi, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytarish jarayonlari
ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqishi kerak.
Shuningdek har chorakda bank xodimning (loyiha menejerining) joylarga borib, olib borilayotgan ishlar
bilan bevosita ob'ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan hollarda o‘z takliflarini berib kelishi.
Korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi rejalar,
natijalar yuzasidan suhbat qilishi ham talab tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda,bank bergan
kreditlarni qaytarib olish uchun zarur choralarni qo‘llashi ham talab etiladi.
Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularning hayotiyligi yuzasidan banklarda
monitoring o‘tkazish kuyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Joriy monitoring.
2. Muammoli kreditlar monitoringi.
Joriy monitoringning boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob-uskunalarni olib kelish bitimini, kredit
shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan xujjatlarni qabul qilish bilan boshlanadi. Qarz
oluvchi bilan savol-javob o‘tkaziladi va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: