Texnik-iqtisodiy asoslash da ishlab chiqarish tugallangandan so‘ng barcha aniq bo‘lgan mahsulotlari
va
tahmin qilingan risklar, xarajatlar va foyda bilan bog‘liq holda turli xil ishtirokchilar investitsiya
loyihasini baholashda o‘zlarining shaxsiy tahliliy xulosasini beradilar. Yirik investitsiya va moliyaviy
tashkilotlar yaratilgan va shakllantirilgan usullar yordamida loyihani baholashni olib
boradilar va tegishli
xulosalarni tayyorlaydilar.
TIA sifati qanalik yuqori bo‘lsa, loyihani baholash ishi shunchalik engil kechadi. Loyiha g‘oyasi
tug‘ilgan vaqtdan boshlab so‘nggi davrgacha ko‘p vaqt va mablag‘lar sarfi kuzatiladi. So‘nggi baholash
xulosalari esa ushbu ishlab chiqarish dan oldingi qilingan xarajatlar o‘zini oqlashi mumkinligini ko‘rsatadi
va shu jihatdan yuqori ahamiyatli hisoblanadi.
Mablag‘larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan biri bu loyiha bo‘yicha
investitsiya imkoniyatlarin aniqlashdir. Salohiyatli investorlar ular qanday bo‘lishdan qat’iy nazar
rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarning yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida
ma’lumot olishga qiziqishadi.
Bunday investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish 2 xil yo‘nalishda
amalga oshiriladi:
1.Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha yondashish (makro).
2.
Korxona darajasi bo‘yicha yondashish (makro).
Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha izlanishlarni olib borish o‘sha davlatning butun investitsiyasi
salohiyatini hamda bu davlatni boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar
hajmini o‘rganish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiyalar loyihasi bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilishda
quyidagi omillarga alohida
e’tibor beriladi:
Umumiy investitsiya muhiti shart-sharoitlar.
Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy boyliklar va xom-ashyo resurslar.
Ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan tovarga kelgusidagi talab.
Loyihaning atrof-muhitga ta’siri.
Boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o‘zaro aloqasi va imkoniyalari.
Diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatevtik ishlab chiqarish
ga o‘tish.
Ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati.
Eksport imkoniyatlari.
Import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish
Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo‘yicha har birining
alohida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g‘oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni
miqdoriy
baho-lash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vo-sita hisoblanadi.
DTIA loyiha imkoniyatlarini tadqiq etishni puxta TIA o‘rtasidagi oraliq sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Ularning farqi esa olinadigan ma’lumotni detallashtirish darajasi va loyiha variantlarini chuqur ko‘rib
chiqishga asoslanadi. DTIA ning tuzilishi murakkab tarzda TIA ning tuzilishi kabi bo‘lishi lozim.
Mumkin bo‘lgan muqobillarni puxta tahlil etish DTIA bosqichida alohida o‘rin egallashi kerak.
Xususan, tahlil tadqiqotning quiydagi sohalarida turli xil muqobillarni qamrab olishi zarur.
Loyiha strategiyasi yoki loyihaning korporativ strategiyasi va andozasi.
Bozor va marketing kontseptsiyasi.
Xomashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari.
Loyihaning joylashish o‘rni, maydoni va atrof-muhit.
Tashkil etish va o‘zgarmas (ustama) xarajatlar.
Mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun
ish haqi sarflari, shuningdek,,
professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar.
Loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish va h.k.
Asosiy kiritiladigan resurslar loyiha hayotiyligini aniqlashda hal qiluvchi omilga aylangandagina
tadqiqot ta’minoti DTIA va TIA bosqichlariga olib boriladi. Agar muayyan aniq
mahsulot ishlab chiqarish
ni aniqlashi uchun zarur bo‘lgan puxta o‘rganishlar ham TIA ga xos bo‘lsa, tadqiqot ta’minoti alohida, biroq
DTIA va TIA bajarilish bilan bir paytda olib boriladi. Tadqiqot ta’minoti TIA tugallanishidan keyin ham
olib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: