Tavakkalchilik tahlili jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratilishi mumkin (9.2-rasm).
Tavakkalchilik tahlili jarayonidagi birinchi bosqich – prognoz modelini yaratishdir. Bunday model,
tanlangan moliyaviy ko’rsatkich prognoziga tegishli bo’lgan sonli o’zgaruvchilar o’rtasidagi matematik
nisbatlarni belgilaydi. Investitsiyaviy tavakkalchilik tahlili uchun bazis model sifatida, odatda NPV
ko’rsatkichining hisob modulidan foydalaniladi.
Prognoz modeli
Loyiha samaradorligini
hisoblashni prognoz
qila oladigan modelni
tayyorlash
Ehtimollikni
taqsimlanishi
(1-bosqich) tasodifiy
o’zgarvchilar
taqsimlanishining
ehtimoliy qonunini
aniqlash
Ehtimollikni taqsimlanishi
(2-bosqich)
O’zgaruvchilar
qiymati
diapazonining chegaralarini
o’rnatish
Korrelyatsiya
shartlari
Korrelyatsiyalangan
o’zgaruvchilarning
munosabatlarini
o’rnatish
Imitatsion o’tkazishlar
Tasodifiy
ssenariylardan
foydalanish
Natijalar tahlili
Imitatsiya natijalarining statistik
tahlili
26.2.-rasm. Tavakkalchilik tahlili jarayoni.
Umumiy prognoz modeli quyidagi tarzda imitatsiya qilinadi. Pul oqimlarining muayyan qiymatlariga
tegishli bo’lgan, katta hajmdagi tasodifiy ssenariylar ishga tushiriladi. Keyinchalik ularning NPV manfiy
qiymatiga tegishli bo’lgan ulushini aniqlash maqsadida, bita joyga yig`iladi va statistik qayta ishlanadi.
Bunday ssenariylarning umumiy ssenariylar soniga nisbati investitsiyalar tavakkalchiligini baholaydi.
Model o’zgaruvchilari (pul oqimlarining) ehtimollarining taqsimlanishi, bunday kattaliklarni muayyan
diapazonlardan tanlash imkonini beradi. Bunday taqsimlanish matematik tarzda amalga oshiriladi, va bu
bilan modellashtirish jarayonidagi har bir o’zgaruvchi uchun qiymatlarning tasodifiy tanlanishi nazorat
qilinadi.
«Modellarni hisoblash» ishi kompyuter zimmasiga yuklanadi, va hisoblashlar soni qaror qabul qilish
uchun yetarli bo’lgunga qadar amalga oshiriladi.
Imitatsion modellashtirishni amaliy bajarish uchun Garvard universitetida ishlab chiqilgan «Risk
Master» dasturini taklif etish mumkin. Bu dasturning asosiy xususiyati shundaki, u korrelyatsiyalangan
tasodifiy sonlar bilan ham ishlash imkoniga ega.
Tavakkalchilik tahlilining so’nggi bosqichi, modellarni hisoblash bosqichida olingan natijalarni qayta
ishlash va asoslashdir. Har bir hisoblash p = 100 : n,
Bo’lgan voqea ehtimolligini tavsiflaydi
Bu yerda: r – bir martalik hisoblash ehtimoli,%;
n – tanlov kattaligi.
Misol uchun agarda tasodifiy hisoblashlar soni 5000ga teng bo’lsa, bitta hisoblash ehtimoli p = 100 :
5000 = 0,02 %ga teng bo’ladi.
Tavakkalchilik me'yori sifatida, inveitsiyaviy loyihalashtirishda, NPVning manfiy qiymatiga ega bo’lish
ehtimolini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunday ehtimollik imitatsion modellashtirishning o’rtacha
statistik natijalari asosida baholanib, bitta hisoblash ehtimoli va manfiy qiymatga ega natijalar
ko’paytmasiga teng bo’ladi. Misol uchun, 5000ta hisoblashdan 3454tasida NPV qiymati manfiy bo’lsa,
tavakkalchilik me'yori 69,1%ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: