Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali


Loyihalarning tarkibiy qismi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Loyihalarning tarkibiy qismi.
Ko’pgina rivojlanish loyihalari, faoliyatning turli sohalari yoki turlariga
mansub bo’lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lishlari mumkin. Misol uchun, qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishi bilan bog`liq loyiha, sug`orish va drenaj tizimlarini o’zlashtirish, turli xil mahsulotlarni ishlab
chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin.
Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni
aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va
daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli xil tarkibiy qismlar uchun daromadlilik
stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun sof samarani
hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga uni oshirish mumkinligini ko’rib chiqish lozim.
Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini alohida
tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil tarkibiy qismlar
olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi yoki mustaqil bo’lishlari mumkin.
Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga oshirishda
olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar
o’zaro o’rinbosuvchi
deb, aks holda
o’zaro to’ldiruvchi
loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lsa, unda har bir tarkibiy
qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning umumiy foydasiga teng bo’ladi.
Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash tahlil amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai nazaridan esa
o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p qismli loyihani amalga oshirishdagi
xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks ettirishi lozim.
Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik, tijorat va boshqa
jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim.
Joylashuv.
Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham prognoz
qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay hisoblanadi.
Ko’pgina hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan qarorga kelish
zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni baholaydilar va eng
yaxshisi tanlanadi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish