TOPSHIRIQLAR
1. Dalolatnoma mavzusi va mavzu bo‘yicha zururiy qismlarni sinchiklab
o‘qing.2. Mavzu bo‘yicha tushunganlaringizni og‘zaki hikoya qiling.
3. Mavzuga doir berilgan namunadan foydalanib bir necha dalolatnoma
nusxalarini tuzing.
MA’LUMOTNOMA
Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo‘lgan voqea, mavjud holatlarni aniq
dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan joyga ma’lumot berish
maqsadida tuziladigan, shuningdek fuqarolarning ish joyi, lavozimi, oylik maoshi
miqdori, o‘qish joyi, mutaxassisligi, kursi, yashash joyi, turmush sharoiti, oilaviy ahvoli
kabilar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat. Ma’lumotnomalar ham mazmuni va
vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1. Xizmat ma’lumotnomalari. 2. Shaxsiy
ma’lumotnomalar.
Xizmat ma’lumotnomalari korxona yoki muassasa faoliyatiga oid voqea-hodisalar,
mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo‘yicha turli-tuman ma’lumotlarni
qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg‘iq xizmat
ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan
bog‘liq xizmat ma’lumotnomalari talab etilayotgan mavzu doirasidagi dalillar, raqamlar,
ma’lumotlar asosida tuziladi.
Shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa,
tashkilot, qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo‘yilgan
andozalarga to‘ldirib beriladi. Ularga tegishli ma’lumotlar qayd etilib, imzolanadi va
muhr bosiladi. Bunday andozalarning qulayligi shundaki, uning o‘zida qaysi tashkilot
tomonidan berilayotganligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda fuqaro
o‘qiyotgan o‘quv yurti, ishlayotgan korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati,
yashayotgan joyi bo‘yicha mutasaddilar tomonidan uning qayerda, qaysi fakultet, bo‘lim,
kursda o‘qishi, qayerda va kim bo‘lib ishlashi, oylik maoshi, yashash joyi, uy-joy
sharoiti, moddiy-maishiy ahvoli, oila a’zolari va boshqa shu kabilar to‘g‘risida ma’lumot
berilib, mavjud holat tasdiqlanadi. Shuningdek, tibbiy muassasalar ham shaxsning
salomatligi yoki betobligi haqida shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarni berishlari
mumkin.
Shaxsiy ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:
– ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi, uning manzili;
– ma’lumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
– hujjat nomi – ma’lumotnoma;
– ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
– matn (unda tasdiqlanayotgan voqea, dalillar, ma’lumotlar, holat qisqa ravishda
bayon etiladi);
–
hujjatning qayerga taqdim etilishi haqidagi qayd, ma’lumotnomani tasdiqlovchi
mutasaddilarning lavozimi, familiyasi, ismi, imzosi va muhr.
Do'stlaringiz bilan baham: |