O‘tkazilgan har qanday yig‘ilish uchun ham majlis bayoni yozilavermaydi.
Muntazam o‘tkaziladigan, oldindan rejalashtirilgan, tegishli kun tartibi belgilangan
yig‘ilishning majlis bayoni kotib tomonidan imkoni boricha to‘liq yozib boriladi.To‘g‘ri,
oldindan rejalashtirilmagan, zudlik bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar ham bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda yig‘ilish ishtirokchilari yig‘ilish hay’ati a’zolari bilan bir qatorda
yig‘ilish kotibini ham saylab oladilar.
Yig‘ilishlar o‘tkazilishining ham bir qancha tartiblari bor, albatta. Mavzu bo‘yicha
ma’ruzachi
tayinlanadi, uning nutqi va muhokamada chiqishlar uchun vaqt belgilanadi.
Muhokamadan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarining ko‘pchiligi tomonidan ma’qullangan
xulosalar asosida mavzu bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Shu tariqa yig‘ilish kun tartibidagi
boshqa masalalar bo‘yicha ham chiqishlar, muhokama va munozaralar o‘tkazilib, ular
yuzasidan ham qarorlar qabul qilinadi hamda bu jarayon majlis bayonida o‘zining to‘liq
ifodasini topadi.
Majlis bayonlari korxonada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar, rejalashtirilayotgan yangi tadbirlar, ular bo‘yicha bildirilgan fikr–
mulohazalar, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘zda
tutilgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib
qolmasdan, korxona tarixi, ishlab chiqarishning
rivojlanishi va o‘sishi, xodimlar faolligi, ularni rag‘batlantirishning ahvoli, korxonada
amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy
tadbirlarni aks ettiruvchi
muhim hujjat hamdir. Texnika rivojlangan bugungi sharoitda majlis bayonlari stenografik
yoki kompyuterda yozishdan tashqari, fonografik va videotasvirlar orqali ham qayd etib
borilmoqda.
Hujjatchilikda majlis bayonidan ko‘chirma ham muhim o‘rin tutadi. Ba’zan
muhokama etilgan barcha masalalar bo‘yicha emas, balki ayrim bir masala yuzasidan
ko‘chirma talab etiladi. Majlis bayonidan ko‘chirma olinganda uning talab qilingan
masalaga oid qismi – asosiy nutq, muhokamadagi chiqishlar
hamda mavzu yuzasidan
qabul qilingan qarorlar qismi yig‘ilish raisi va kotibi imzosi bilan tasdiqlangan holda
beriladi.
Majlis bayonining zaruriy qismlari:
– yig‘ilish o‘tkazilayotgan korxona, tashkilot, muassasa nomi;
– hujjat nomi – majlis bayoni (yoki majlis bayonidan ko‘chirma);
– yig‘ilish o‘tkazilgan sana, tartib raqami, joyi;
– yig‘ilish raisi va kotibning familiyasi, ismi;
– matn: 1) yig‘ilish ishtirokchilari ro‘yxati
yoki ularning soni; 2) yig‘ilish kun
tartibi; 3) eshitildi (masala bo‘yicha ma’ruzachining familiyasi, ismi va nutqi); 4) so‘zga
chiqdi (muhokamada qatnashganlarning familiyasi, ismi, fikr-mulohazalari); 5) qaror
qilindi (har bir masala bo‘yicha chiqarilgan xulosalar asosida qabul qilingan qarorlar);
– ilovalar (ma’ruza bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, hisobot,
ma’ruza matni, jadval va boshqalar);
– yig‘ilish raisi va kotibning imzolari, familiyasi, ismi.
Do'stlaringiz bilan baham: