Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
21
yetuklik va o‘qish imkoniyatlariga bog‘liq. So‘zlar va grammatik qoidalar bola o‘z hislari
va fikrlarini til orqali ifodalash malakalarini egallashi tufayli
o‘rganiladi. Bolalar ayrim tushuncha va harakatlarni ularni
qaysi so‘z bilan ifodalashni o‘rganishlaridan ancha oldin
tushunishlari mumkin. Bu xususiyat “qabul qiluvchi til” nomi
bilan taniqlidir. “Qabul qiluvchi til” malaka bo‘lib, u
ifodalovchi til yoki ifodalash va tasvirlash uchun so‘zlar
ishlatish qobiliyatini rivojlantiradi. Nutq va til rivojlanishiga bolaning umumiy anglash,
ijtimoiy, sezish va asab muskullari rivojlanishi ta’sir ko‘rsatadi. Til rivojlanishi eshitilgan
so‘z soni va sifatiga ham bog‘liq.
Hissiy va ijtimoiy rivojlanish
. Hissiy va ijtimoiy rivojlanish keng soha bo‘lib,
bolalarning o‘zlari haqida va boshqalar bilan aloqalarini qanday his qilishlarini o‘rganadi. U
bolalarning xulqi, o‘yini hamda ishga munosabatlari, ota-onalar va tarbiyachilar bilan
yondashuvlariga ham aloqadordir. Jinsiy rollar, mustaqillik, axloq, ishonch va qoidalarni
qabul qilish ham hissiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy aspekti hisoblanadi.
Bola imkoniyatlariga asoslanib o‘qitish
O‘qituvchilarning ko‘pchiligi o‘z sinflarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi
turlicha ekanligi ularni o‘qitishda muammo tug‘dirishini ta’kidlaydi. Bunday sinflar
quyidagicha tavsiflanadi:
•
Ba’zi bolalar darsni oson ilg‘ab oladilar, savollarga javob berib, testlarda yaxshi natija
ko‘rsatadilar. Boshqa bolalar orqada qolib, tushunishlari qiyin bo‘ladi va testda yomon
natijaga ega bo‘ladilar.
•
Ba’zi bolalar hamkorlikda ishlay oladilar, darsda qiziqish bilan o‘tiradilar; ayni paytda
boshqa bolalar darsga e’tiborsiz bo‘ladilar.
•
O‘qituvchilar yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni o‘z vaqtida rag‘batlantira
olmayotganliklari
va
orqada
qolganlarga
yordam
bera
olmayotganliklaridan
xavotirlanishadi.
•
O‘qituvchilar qaysi darajada o‘qitishni va barcha bolalarni jalb qilishda qaerga “urg‘u”
berishni bilmaslikdan qiynalishadi.
O‘quvchilar turli vaziyatlarda bir-birlaridan quyidagi yo‘nalishlarda farq qilishadi:
dunyoqarash
fan yuzasidan bilim
o‘qish uslublari va o‘rganish tezligi
yosh
motivatsiya
qiziqish
diqqatni jamlash qobiliyati
psixologik va jismoniy holat
yetuklik darajasi (bir xil yoshga nisbatan)
Bolalar bir xil yoshda bo‘lishsa-da, turli darajada o‘zlashtirishlari, o‘zlarini turlicha
tutishlari mumkin. Buning har xil sabablari bor, jumladan, qizlarning o‘g‘il bolalarga
nisbatan tezroq fiziologik rivojlanishi ta’lim samaradorligida ham namoyon bo‘ladi.
Biz barcha bolalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilishimiz, bunda bu farqlarning
hammasini e’tiborga olishimiz va ish rejamizni shunga qarab tuzishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: