Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
19
O‘quv-metodik adabiyotlarda o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
(student-centred learning) atamasi bilan birga bolaga markazlashgan ta’lim (child-centred
education), egiluvchan ta’lim (flexible learning), tajribaga asoslangan ta’lim (experiential
learning), mustaqil ta’lim (self-directed learning) kabi atamalar ham faol qo‘llanmoqda.
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli
hayot kechirishi
uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash
bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017
[15]).
O‘quvchilarning kreativ fikrlashni shakllanishida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning
ahamiyati nihoyatda katta.
Pedagog olimlar o‘qituvchi tomonidan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning amalga
oshirilishida quyidagilarni inobatga olishni tavsiya qiladilar:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash,
uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul
qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin,
unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3. Tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik; bilimlarni
o‘zlashtirmaslik, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni o‘quvchining
shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish.
4. Ta’limda "muvaffaqiyat muhitini"
tashkil etish, o‘quvchiga o‘qishda muvaffaqiyat
qozonishiga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.
5. O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi shaxs ekanligini anglatish, unda
jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv quyidagi maqsadlarni
ko‘zlaydi:
–
o‘quvchilarning qobiliyat
va yosh xususiyatlari, avvalgi tajribalarini e’tiborga olib,
rivojlanishning yangi bosqichlariga yetaklash;
–
bolalarni ilk tajribalarga ega bo‘lishga, boshqa bolalar va kattalar bilan norasmiy
munosabatga kirishishga jalb qilish;
–
til va nutq rivojlanishiga urg‘u berish;
–
ota-onalar bilan axborot almashish
uchun birgalikda ishlash, o‘qituvchi va ota-ona
rolini tushunishni shakllantirish, bolalarning maktabda va uyda o‘qishiga urg‘u berish, ota-
ona bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
–
maktabda dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, yakka tartibdagi mashg‘ulotlarning
muvozanatini nazorat qilish;
–
bolaning rivojlanishini o‘qituvchi
kuzatuvi, bajargan ishlarini muntazam ravishda
jamlab borish (portfolio), imtihon qilish orqali nazorat qilish, uning muvaffaqiyatlarini
ko‘rsatish;
–
bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalari,
jumladan, muammolarni yechish layoqatlarini
rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: