Dukkakli don ekinlari. Bu ekinlarga no„xat, loviya, yasmiq, soya
va boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20-30%), kraxmali-ko„p (50% ga
yaqin) va 2 dan 5% gacha yog„ (soyada 22% gacha) bo„ladi. Dukkakli
ekinlar ikki urug„palla va urug„lik qobig„i bilan qoplangan o„simtadan
iborat.
No„xat, loviya va yasmiq eng ko„p tarqalgan dukkakli ekinlardir.
Po‗sti archilgan no‗xat oziq no„xatdan, uning dag„al, tuyimliligi kam
qobig„ini olib tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan
no„xat quyidagi turlarga bo„linadi: pardozlanib butun archilgan no„xat,
yanchilib va pardozlanib archilgan no„xat. Qayd etilgan no„xat turlari sariq
yoki yashil bo„lishi mumkin. Namligi ko„pi bilan 15%.
Loviya qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo„lib, mamlakatimizning
ayniqsa, janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no„xatdagi
oqsilga qaraganda ancha yaxshi hazm bo„ladi. Loviya oq, bir xil tusli va
ola-bo„la rangli bo„ladi. Oq loviya bir necha turga: bombasimon, arpa
yormasimon,ovalsimon,
ilonchasimon,
ko„raksimon,
qisqichbaqa-
simonlarga bo„linadi. Bir xil tusli loviya yashil, jigar rang, pistaqi, qizil,
ola-bo„la. Solod undirilgan javdar yoki arpa donini quritib va yanchib
olinadi. Rangli loviya esa ola-bo„la va to„q ola-bo„la bo„ladi. Loviyaning
40
barcha turlarida namlik 20% dan oshmasligi lozim.
Yosmiq-eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o„rta hisobda
30% ga yaqin oqsil bo„lib, ta‟mi xushxo„r, yaxshi pishadi. Uning barcha
turlari ichida tarelkasimon yasmiq oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga
qarab, u shimoliy va janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma-xil
(qoramtir) turlarga bo„linadi. Yashil va och yashil yasmiq sifat jihatidan
eng yaxshi hisoblanadi. yormalarning sifati uning rangi, ta‟mi, hidi,
namligi, yaxshi pishish-pishmasligi, aralashma va uning bor-yo„qligiga,
yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va uvalangan donning bor-
yo„qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi va boshqa
ko„rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Yormadagi aralashmalar (tozalanmagan, uvalangan, chirigan,
mog„orlagan, qizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, qum,
tosh, poxol, kepak, gul parchalari va h.k.) yormaning sifatini pasaytiradi.
yo„l qo„yiladigan har qanday aralashmalar miqdori standart bilan
belgilanadi. Ko„p yormalarning tovarlik navi yaxshi sifatli yadro
miqdoriga qarab belgilanadi. Yaxshi sifatli yadro iste‟molga tamomila
yaroqli, shunga xos hid, ta‟m va yaxshi tashqi ko„rinishga ega bo„lgan
yorma donlaridir.
Ombor zararkunandalari (qo„ng„iz, kapalak, kana yoki ularning
lichinkalari) tekkan yorma savdoga chiqarilmaydi. yorma sig„imi 70-75 kg
lik yangi yoki avval ishlatilgan toza va pishiq qoplarga solinadi. Guruch,
so„k va manniy yormasi hech bo„lmaganda II kategoriyali, ya‟ni yamog„i
uchtadan oshmagan qoplarga, boshqa yormalarni III kategoriyali, ya‟ni)
yamogi beshtadan oshmagan qoplarga solish mumkin.
Suli parchasi 250 g dan 1 kg gacha bo„lgan karton yoki kog„oz
qutichalarga, talqoni esa sig„imi
250, 300 va 350 g lik karton qutichalarga
solinadi. yorma quruq, yorug„, toza, yaxshi shamollatiladigan omborlarda
0° dan 8°C gacha haroratda 60-70% nisbiy namlikdagi havoda saqlanadi,
yormani
minus
temperaturada
ham
saqlash
mumkin.
Ammo
temperaturaning keskin o„zgarib turishiga sira yo„l kiyilmaydi. Bug„doy,
qora bug„doy va arpa yormalari uzoq vaqt saqlana oladi. Tarik, suli va
makkajo„xori yormalari esa uzoq saqlana olmaydi, chunki ularda tez
41
achiydigan yog„ bor. Yil fasli va kaerda joylashishiga qarab yorma va
dukkakli ekinlarga tabiiy kamayish normasi (0,25-0,30%) belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |