Qora bug‗doy yormasi. Qora bug„doy uch qirrali formada, murtagi
yirik, jigar rang va serpo„st dondir. U temir, fosfor, kaltsiy, V
1
,
V
2
, RR
vitaminlarga boy bo„lib, yorma tayyorlanadigan eng yaxshi ekinlardan
biridir. Qora bug„doydan yorma va oqshoq olinadi. Qora bug„doy
yormasining barcha turi xiyla qimmatli yormalar qatoriga kiradi, chunki
uning o„ta tuyimliligi, ajoyib ta‟mi va yaxshi hazm bo„lish xususiyatlari
38
bor.
Yorma qora bug„doyning mevali qobig„idan tozalangan donidir.
Sifatiga qarab, yorma ikki navga bo„linadi. 1-navida yormada kamida
99,2%, 2 - navida esa 98,3% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. Qora bug‗doy
oqshog‗i qora bug„doyning mevali qobig„idan tozalangan, yanchilgan qora
bug„doy yadrosidir. U navlarga bo„linmaydi. Unda kamida 98,3% yaxshi
sifatli yadro bo„lishi lozim. Kundalik iste‟molga mo„ljallangan qora
bug„doy yormasi namligi 14% dan, uzoq saqlanadigan yorma namligi esa
13% dan oshmasligi lozim.
Sholi. Sholi po„st bilan qoplangan bo„ladi. sholi oqlangandan keyin
hosil bo„ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda
unli bo„ladi. Yaltiroq va sal yaltiroq turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u
qaynatilganda elimsimon massaga aylanmaydi. Ishlov berilishiga qarab,
guruch silliqlangan, yaltiratilgan guruch va oqshoqka bo„linadi.
Silliqlangan guruch gul pardalardan, mevali va urug„lik po„stlari
hamda ko„pincha murtaklaridan tozalangan sholi donidir. Uning sirti oq,
g„adir-budur bo„lib, un bilan qoplangan bo„ladi. Silliqlangan guruch uch
navga bo„linadi: oliy, 1-va 2-navlar. Oliy navda kamida 99,7%, 1-navda
99,2%, 2-navda esa 98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. Yaltiratilgan
guruch silliqlangan guruchga sayqallovchi mashinada ishlov berish yo„li
bilan hosil qilinadi. Uning sirti tekis, silliq, yaltiroq bo„ladi. Yaltiratilgan
guruch uch navga bo„linadi. Oliy navda kamida 99,7, 1-navda 99,2, 2-
navda- 98,7% yaxshi sifatli yadro bo„ladi.
Oqshoq barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida
qo„shimcha mahsulot sifatida olinadi. U navlarga bo„linmaydi. Oqshoqda
kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo„ladi. Barcha tur va navdagi guruch
yormasining namligi 15,5% dan oshmasligi lozim. Guruch yormasi
yaroqsiz moddalar juda kam, yaxshi hazm bo„ladigan ozuqa mahsulotidir.
Biroq oqsil va mineral moddalar hamda vitaminlar ozligi tufayli uning
biologik qimmati kamdir.
Suli yormasi. Suli doni po„stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon,
ignasimon yoki noksimon formada bo„ladi. Suli donida, oqsil va
kraxmaldan tashqari, yog„ ko„p, shu tufayli u o„ta to„yimli, biroq o„rtacha
39
ta‟mi va yaxshi saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Xo„jalikka
mo„ljallanishiga qarab, suli ozuqa-embop hamda yormabop xillarga
bo„linadi. yormabop sulidan bug„lanib silliqlangan butun yorma,
yassilangan suli yormasi, suli parchalari hamda talqoni ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |