1 6 .2 . T o ‗q i ma c h i l i k to l a l a r i n i n g ta s n i fi
v a a s s o r t i m e n t i
Kelib chiqishi bo„yicha tolalar ikki sinfga bo„linadi: tabiiy va
kimyoviy. Ular o„z navbatida bir necha sifat ko„rsatkichlari bo„yicha kichik
sinf va guruhlardan iborat.
Tabiiy tolalar kimyoviy tarkibi bo„yicha ikki kichik sinfga ajratiladi:
organik va noorganik.
Noorganik tolalarga asbest tolasi kiradi.
Organik tolalar o„simlik va hayvonlardan olinadi. O„simlik
tolalarining asosiy moddasi sellulozadan, hayvon tolalarniki esa oqsil
moddalar (keratin yoki febroin)dan iborat. O„simlik tolalari ularning turli
qismlari (urug„i, po„stlog„i, tomiri, tanasi, mevasi)dan, hayvon tolalari esa
ularning junlari va tolalari (ipak qurti)dan olinadi.
O„simlikdan olinadigan tolalarga paxta, zig„ir, kanop, kanoptola,
kendr, jut kabi tolalar kiradi.
Paxta xom ashyosi - bu chigitni paxtasi bilan birgalikdagi ko„rinishi;
paxta tolasi - bu birinchi ishlov berish jarayonida chigitdan ajratilganidir.
Paxta tolasining tarkibi sellulozadan iborat, ishqor eritmalari ta‟siriga
chidamli va kislotalar ta‟siriga chidamsiz. Oksidlovchi moddalar
sellulozaga yemiruvchi sifatida ta‟sir etadi. Tolaning tarkibi sellulozadan
tashqari, pektin, yog„ mumi, azot, mineral va boshqa moddalardan
tuzilgan. Hozirgi kunda tolasining texnologik xususiyatlari bo„yicha bir-
biridan farq qiladigan 50 ga yaqin paxta navlari mavjud. Paxta tolasining
uzunligi 1 dan 55 mm. gacha bo„lishi mumkin. Shulardan uzunligi 20 mm.
dan kam bo„lgan tolalar yigirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning
uchun paxta tolasi uzunligi bo„yicha kalta (20-27 mm), o„rta (28-34 mm)
va uzuntolali (35-55 mm) guruhlarga bo„linadi. Tolalar qancha uzun
bo„lsa, ular shuncha ingichkadir. Ingichka tolali paxta eng kichik
qalinlikka ega (20 mkm), o„rta (23mkm), qalinroq va kalta tolali paxta
233
(23mkm. dan ortiq) eng qalin bo„ladi. Paxta tolasining nisbiy uzilish yuki
17-37 sN/teks, uzilishdagi cho„zilishi 6-9% va gigroskopligi 8-12% ga
teng.
Paxta tolasi quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: uzilishdagi
mustahkamligi, uzilish kuchlanishi, cho„ziluvchanligi. gigroskopikligi,
yuqori haroratga chidamliligi, kimyoviy va biologik barqarorligi. Bu sifat
ko„rsatkichlari
paxtadan
tayyorlangan
buyumlarning
iste‟mol
xususiyatlariga har xil ta‟sir etadi.
Zig‗ir tabiiy tolalar ichida paxtadan so„ng ikkinchi o„rinda turadi.
Tolasi texnik (kompleks) tola bo„lib, pektin moddasi bilan yelimlangan
elementar tolalar bog„lamidan tuzilgan. Ularning uzunligi 4-70 mm. gacha
yetadi, qalinligi 15-17 mkm. ga teng. Kompleks (texnik) tolalar uzunligi
zig„ir tanasining uzunligi blian teng (170-250 mm) bo„lishi mumkin.
Tolalarning uzilish yuki paxta tolasinikiga nisbatan yuqori 33-40 sN/teks,
uzilishdagi cho„zilishi 2-3%, gigroskopligi 12%ga teng. Zig„ir tolalarining
gigroskopligi yuqori bo„lganligi sababli (maksimal 30-35%), ulardan
tayyorlangan buyumlar yuqori gigiyenik uisusiyatlarga ega. Zig„ir tolalari
ko„proq ichki kiyimlar uchun, yozgi kostyumbop va ko„ylakbop
gazlamalar olishda foydalaniladi.
Kanoptola (penka), kanop va jut ko„proq arqon, qop va tara
gazlamalari, ip va shunga o„xshash buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Jun har xil hayvonlar jun qoplamidan olingan toladir. Uning asosiy
qismi (97-98%) qo„ylardan, kamrog„i (2%gacha) echkilardan olinadi.
Kimyoviy tarkibi bo„yicha oqsilli tolalarga kiradi. Shuning uchun asosini
keratin oqsili (90%) tashkli etadi. Keratinning mikromolekulalarida
ko„ndalang bog„lamlarning mavjudligi jun tolalarini yuqori darajada
elastikligi bilan tavsiflanadi. Peptid bog„lamlarining mavjudligi esa
kislotalar ta‟siriga yuqori darajada barqaror va ishqorlar ta‟siriga
chidamsizligini belgilab beradi.
Jun tolaning shakli silindrik bo„lib, qipiqli, pardali (qobiqli), o„zakli
(kapsli) qatlamlardan tuzilgan. Tolaning bunday tuzilishi jun qoplami
(tivit, qiltiq va o„lik junlar) ga har xil ta‟sir etadi. Junlar bir xil (asosan, bir
xil tolali), aralash (har xil tolali- tivit, qiltiq va o„lik junli) bo„ladi. Tolalar
234
ingichka, yarim ingichka, yarim dag„al turlarga bo„linadi. Junlar esa -
mayin, yarim mayin, yarim dag„al hamda dag„al guruhlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |