189
olinadi. Mebel, charm, musiqa asboblari, shishava metal] buyumlari
laklanadi. Tarkibida 10-25% qatroni bo„lgan laklar politura deyilib,
yog„och buyumlarini laklashda qo„llaniladi.
Alkid laklari gliftal yoki pentaftal qatronlaridan uayt-spirt va solvent-
naftda eritib tayyorlanadi. Tarkibida qatroni ko„proq laklar pardasi
egiluvchan, qattiq va tashqi muhitga chidamli bo„lganligi sababli ochiq
havodagi ishlarda va bo„yoq tayyorlashda hamda qatroni kamroqlari ichki
ishlarda,
jumladan, parket pol uchun qo„llaniladi.
Mochevino va melaminoalkid laklari shu nomli qatronlarning uayt-
spirtdagi erirmasidan olinib, tcz qurishi, benzin hamda yog„lash moylariga
chidamligi uchun emal bo„yog„i tayyorlashda ishlatiladi. Poliefir laklari
malein, metakril yoki fumar kislotalari va ikki atomli glikol spirtining
o„zaro ta‟siri natijasida hosil bo„lgan poliefirmaleinat, poliefirakrilat yoki
poliefirumarat qatronlaridan olinib, hosil qiladigan Pardasi pishiq va
kimyoviy moddalarga chidamliligi tufayli radiopriyomnik, televizor
hamda mebellarni laklashda foydalaniladi.
Poliakrilat laklari shu nomdagi qatronlarni benzol, aseton hamda
dixloretanda eritib olinib, egiluvchan va tashqi muhit ta‟siriga chidamli
parda hosil qliganligi uchun charmlarni laklashda ishlatiladi. Poliuretan
laklari pollizotsianat bilan oligoeflrlar. epoksid va alkid qatronlarining
o„zaro ta‟siri natijasida hosil bo„lgan poliuretanni toluol, siklogeksanon va
etilasetatda eritib olinib, yog„och, plastmassa, charm buyumlari hamda
linoleumni laklashda qo„llaniladi.
Epoksid laklari difenilolpropan va epixlorgidren aralashmasidan
natriy ishqori ta‟sirida olingan qatronni glikol efiri, aromatik
uglevodorodlar, ketonlar hamda spirtlarda eritib olinib, metall buyumlarini
zanglashdan saqlash uchun ishlatiladi.
3.
Nitrolaklar. Sellulozaga azot kislotasi ta‟sirida olingan
nitrosellulozani (kollaksilinni) aseton, etil, butil, amilasetatlarning birida
eritib olinib, tez quriydigan, qattiq, pishiq va suv hamd;i benzinga
chidamliligi uchun avtomashina, mebel, charm hamda kleyonkalarni
laklashda foydalaniladi.
4.
Asfaltobitum laklari. Bitum va ko„mir qatronini benzin, skipidar
190
yoki solven-naftda eritib olinadi. Boshqa laklardan yaltiroq qoraligi va
kimyoviy moddalarga chidamliligi bilan farq qiladi. Qora mctallarni
zanglashdan, yog„ochlarni chirishdan saqlash uchun ishlatiladi.
Qizdirilgan o„simlik yog„lari va anifolda eritilgan turi velosiped,
avtomashina qismlarini lakiashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: