Hayvonot olamidan olingan yelimlar. Xomashyosi bo„yicha uch
guruhga bo„linadi:
1. Mezdra yelimi. Kushxona va charm zavodlarida hosil bo„ladigan
teri chiqindilari va ularning ichki qatlamini (mezdrasini) ohak bilan
yumshatib qaynatish natijasida glyutin va jelatozlarga parchalangan
kollagen oqsilidan olinib, duradgorlik ishlarida ishlatiladi.
2. Suyak
yelimi.
Ossein
oqsilidan
tarkib
topgan
suyak
kemirchaklariga osh tuzi kislotasi ta‟sir qilib qaynatish natijasida
olinadi. Kitoblarni muqovalashda foydalaniladi, devorga gul bosishda
ishlatiladigan yelimli bo„yoqlar tayyorlanadi.
3. Kazein yelimi. Yog„sizlantirilgan sutdan oltingugurt kislotasi
ta‟sirida olinib, duradgorlik ishlari, faner va bo„yoq ishlab chiqarishda
qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |