Bo‗yoqlar. Parda hosil qiluvchi moddalar va bo„yoq kukuni
(pigmentlar) aralashmasini erituvchi moddalarda eritib olinadi. Bu guruhga
gruntovka hamda shpaklyovkalar ham kiradi. Bo„yoqlar gruntovka va
shpaklyovkalar uchun ishlatiladigan pigmentlar rangi bo„yicha yetti
guruhga bo„linadi.
Oq bo‗yoqlar uchun rux ZnO, qo„rg„oshin 2PbCO
3
•Pb(OH)
2
, titan
TiO
2
, litopon ZnS+BaSO
4
, va alumin kukunlari ishlatiladi. Bulardan titan
bo„yoqlarining purkash qobiliyati juda yuqori va qo„rg„oshinli bo„yoqlar
tashqi muhitga chidamli, lekin zaharli bo„lganligi uchun ular tovarlarni
bo„yashda ishlatilmaydi.
Qora bo‗yoq kukuni sifatida qurum ishlatiladi. Grafitdan
tayyorlangan bo„yoqning rangi to„q kulrang, alumin hamda rux kukunlari
aralashmasidan tayyorlangan bo„yoqning rangi kumushday tovlanadigan
kulrang bo„ladi.
Sariq bo‗yoqlar oxra (temir gidroksidli gil), qo„rg„oshin PbCrO
4
va
rux ZnCrO
4
kronalaridan tayyorlanadi. Bronzadan (ruxli misdan) oltinrang
bo„yoq tayyorlanadi.
Qizil bo‗yoqlar. Mars Fe
2
O
3
•Al
2
P
3
, mo„miyo (temir oksidli gil),
kinovar HdS, temir 2FeO • FeO
2
va qo„rg„oshin 2PbO•PbO
2
suriklari
qo„shish natijasida olinadi.
Jigarrang bo‗yoq olish uchun umbra (temir va marganes oksidli gil)
qo„shiladi.
Ко‗к bo‗yoq tayyorlashda lazur K
4
Fe(CN)
6
va oq gilga soda hamda
oltingugurt qo„shib qizdirish natijasida olinadigan ultramarin ishlatiladi.
Keyingi pigment o„zining tashqi muhitga chidamliligi bilan farq qiladi.
Yashil bo ‗yoqlar tashqi muhitga chidamli xrom gidroksiddan yoki
lazur hamda krona pigmentlari aralashmasidan olinadi.
Xomashyosi bo„yicha bo„yoqlar olti guruhga bo„linadi:
191
1. Yog‗li bo‗yoqlar. Pigmentlar aliflarda eritilishi natijasida olinib,
suvga va tashqi muhitga chidamli bo„lganligi sababli turli ichki hamda
tashqi bo„yashlarda ishlatiladi.
2. Emal. Pigmentlar laklarda eritib olinadi. Buyumlarga surtganda
tiniq parda hosil qiladi. Lakning turi bo„yicha yogli emal bo„yoqlari,
alkid, mochevino-melaminoalkid va nitroemallarga bo„linadi.
Yog„li emal bo„yoqlari esa alif va pigmentlar arafashmasini yog„li
kanifol (ignabargli daraxtlar shirasi) va gliftal laklarida eritib olinadi. Suv
va neft mahsulotlariga chidamsizligi uchun poldan tashqari, boshqa ishlar
uchun ishlatiladi. Seryog„li laklar asosida olingan turi tashqi muhitga
chidamli bo„lib, velosiped va bolalar aravachasining qismlarini bo„yashda
qo„llaniladi.
Alkidli emal bo„yoqlari pigmentlarni gliftal va pentaftal laklarida
eritib olinib, metall buyumlarini zanglash hamda yog„ochlarni chirishdan
saqlash maqsadida foydalaniladi. Mochevino-melaminoalkidlar asosida
olingan turlari avtomashina, elektr sovitkich, velosiped, kir yuvish va tikuv
mashinalarini bo„yashda ishlatiladi.
Nitroemallar pigmentlarni nitrolakda eritib olinadi. U tez qunivchan,
qattiq, pishiq, suv va kimyoviy moddalarga chidamli parda hosil qilishi
tufayli charm, avtomashina,- mebel hamda turli ro„zg„or buyumlarini
bo„yashda foydalaniladi.
3.Suv emulsiyali bo‗yoqlar. Pigmentlarni polivinilasetat, akril va
stirol-butadiyen qatronlari bilan suv aralashmasida eritish natijasida olinib,
tez quruvchan, tashqi muhit, kimyoviy moddalarga chidamh hamda
arzonligi tufayli har xil bo„yash ishlarida qo„llaniladi. Ammo nzoq
saqlaganda unda cho„kindi hosil bo„lib, rangi o„zgarishi mumkin.
4. Kazein. Sut mahsulotlari qoldiqlari, ohak yoki trinatriyfosfat va
pigmentlarni suvda eritib olinib, tashqi devorlarni bo„yashda
qo„llaniladi. Kanakunjut va myan (alizarin) yog„i bilan yumshatib
olingan turi charmlarni bo„yash uchun ishlatiladi.
5. Yelimli bo yoqlar karboksimetilselluloza, polivinil spirti,
kraxmal va hayvonot olamidan olingan yelimlarni pigmentlar bilan
qo„shib suvda eritish natijasida olinadi. Suvga chidamsizligi va g„ovak
192
parda hosil qilganligi uchun faqat ichki devorlarni bo„yashda
qo„llaniladi.
6. Silikatli bo ‗yoqlar pigment va bo„rli kaliy silikallaridan olingan
yelim suv aralashmasida eritib olinadi hamda devorlarni bo„yashda
ishlatiladi.
Gruntovkalar uchun bo„yoqlar tayyorlashda ishlatiladigan xom-
ashyolar suyuqroq bo„ladi. Bo„yaladigan yuzaning bo„yoqlar bilan
jipslashuv xususiyatini oshirish va yog„ochlarning g„ovaklarini to„ldirishda
qo„llaniladi,
Shpaklyovkalar bo„yoq xomashyolariga to„lg„azuvchi moddalar
(bo„r, talk, kaolin, barit) qo„shib olinadi va bo„yaladigan yuzalarni
oldindan tekislash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |