A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 3 .   M a r g a r i n ,   u n i n g   a s s o r t i m e n t i   v a   s i f a t



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
9 . 3 .   M a r g a r i n ,   u n i n g   a s s o r t i m e n t i   v a   s i f a t  
ko ‗r s a t k i c h l a r i  
 
Margarin - rafinatsiyalangan tabiiy o„simlik moyi, mol yog„lari, sut 
va boshqa moddalar (qand, tuz va h.k.) aralashmasidan tayyorlangan yog„li 
mahsulotdir.  Margarin  sariyoqqa  o„xshash  bo„lib,  zich  (qattiq)  tarkibli, 
rangi  och  sariq,  ta‟mi  yoqimli,  hidi  xushbo„ydir.  To„yimliligi  jihatdan 
margarin  sariyoqqa  yaqin  bo„lib,  oziq-ovqatga  ishlatiladigan  oshxona 
yog„i  sifatida  u  bilan  bir  xil  maqsadda  foydalaniladi.  Masalan,  margarin 
organizmda 93-97% hazm bo„lsa, sariyog„ - 97-98% hazm bo„ladi. Bir kg 
margarinning  kaloriyaliligi  7521  kkal,  sariyog„niki  esa  -  7573  kkal  dir. 
Ta‟m xususiyatiga ko„ra margarin sariyog„dan bir oz past turadi.  
Margarin xom ashyosini: tabiiy va gidrogenizatsiyalangan o„simlik 
moylari, sariyog„, eritilgan, faqat oliy nav mol yog„lari, dengiz hayvonlari 
va  baliqlarning  gidrogenizatsiyalangan  yog„lari,  qaymog„i  olinmagan  va 
olingan  sut,  qypyq  sut,  tabiiy  va  quruq;  qaymoq,  quyultirilgan  sut,  tuz, 


162 
 
qand, oziq-ovqatga ishlatiladigan bo„yoq moddalari (annato, karotin), A va 
D vitaminlarining preparatlari tashkil etadi. Bu moddalarni yaxshi va tekis 
aralashtirish  uchun  glitserin  hamda  o„simlik  moylaridan  ishlab 
chiqariladigan emulgator qo„shiladi. 
Asosiy  xom  ashyo  turiga  qarab,  slivochniy  (qaymoqli)  margarin, 
molochniy  (sutli)  margarin  va  bezmolochniy  (sutsiz)  margarin 
tayyorlanadi.  
Slivochniy  margarin  yuqori  sifatli  mol  yog„lari  va  o„simlik 
moylaridan,  sut  yoki  qaymoqdan  25%  dan  kam  bo„lmagan  miqdorda 
albatta  sariyog„  qo„shib  tayyorlanadi.  Slivochniy  margarin  quyidagi 
assortimentda chiqariladi: slivochniy, shokoladniy, kofeyniy, qandolatskiy, 
lyubitelskiy, rossiyskiy, noviy, noviy shokoladniy.  
Molochniy margarin ishlab chiqarishda o„simlik moyi, salomas, sut 
va  mol  yog„lari  asosiy  xom  ashyo  bo„lib  xizmat  qiladi.  U  quyidagi 
assortimentda  chiqariladi:  stoloviy,  shokoladniy,  kofeyniy,  qandolatskiy, 
Osobiy va ekstra.  
Bezmolochniy  margarin  sutli  margarin  qanday  xom  ashyodan 
tayyorlansa, u ham shunday xom ashyodan tayyorlanadi, faqat sut o„rniga 
suv qo„shiladi.  
Stoloviy  margarin  -  yog„li  asosi  o„simlik  salomasidan,  tabiiy 
moylardan (kokos moyi va suyuq o„simlik moylaridan) iborat bo„ladi.  
shokoladniy  margarin  -  yog„li  asosi  o„simlik  va  hayvon  (kit) 
salomasidan,  kokos  moyi  va  suyuq  o„simlik  moylaridan  iborat;  bu 
margaringa  2,5% kakao  kukuni  va  0,01%  vanilin kukuni  va  0,1% vanilik 
qo„shiladi. Oson eriydi, kakao ta‟mi va hidi kelib  turadi, konsistentsiyasi 
bir xil 
qandolatskiy  margarini  (sutli  va  qaymoqli)  undan  tayyorlanadigan 
qandolat  mahsulotlarini  yopishda  foydalaniladi;  chakana  savdoga 
chiqarilmaydi.  Asosan,  oson  eruvchi  o„simlik  va  mol  salomaslaridan, 
kokos  moyidan  iborat.  U  bo„yovchi  va  xushbo„y  qiladigan  moddalarsiz 
chiqariladi.  
Lyubitelskiy  margarin  boshqa  turdagi  margarinlardan  farqi  tuz 
miqdori (1,2%) ko„pligidadir. Ta‟mi sho„r.  


163 
 
Rossiyskiy  margarini  tarkibida  eritilgan  mol  yog„i  va  qaynatilgan 
sut  bor;  u  ham  slivochniy  margarin  retsepturasi  asosida  tayyorlanadi; 
navlarga ajratilmaydn.  
Osobiy  margarini  molochniy  stoloviy  margarinlari  retsepturasi 
asosida  tayyorlanadi.  yog„li  asosi  o„simlik  salomasi,  kungaboqar  moyi, 
ko„proq miqdorda kokos moyi (18-20%) va xushbo„ylashtiradigan sintetik 
moddadan iborat.  
Noviy margarinining boshqalaridan farqi  - uning tarkibida sariyog„ 
tarkibidagi  moddalar  bor.  Uning  tarkibiga  yog„dan  tashqari  qaymog„i 
olinmagan  tabiiy  sut  va  quruq  sut,  tuz,  qand,  limon  kislotasining  natriyli 
tuzlari va dinatriyfosfat kiradi.  
Barcha turdagi margarinlar sifat jihatidan oliy va 1-navga bo„linadi. 
Navlarga bo„lishda rangi, ta‟mi, hidi, tashqi ko„rinishi va konsistentsiyasi 
asos qilib olinadi.  
Oliy  nav  sarxil  margarinining  ta‟mi  va  hidi  yaqqol  sezilib  turadi, 
hidi  xushbo„y,  zich,  bir  xil,  plastik  (uvalanmaydigan)  konsistentsiyali; 
kesib ko„rilganda usti quruq va yaltiroq hamda butun massasi bir xil och 
sariq  yoki  sariq  rangli  bo„lishi  kerak.  Slivochniy  va  molochniy 
margarinida  yog„  miqdori  82%  dan  kam  bo„lmasligi  va  namligi 
molochniyda - 16,5% dan, slivochniyda - 17% dan ko„p bo„lmasligi lozim. 
Bezmolochniy  margarinda:  yog„  82,5%  dan  kam  va  namligi  16,5%  dan 
ko„p bo„lmasligi zarur.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish