A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Eritilgan  yog‘lar.  Eritilgan  yog„lar  barcha  turdagi  xom,  yog„larni 
eritish  yoki  suyaklarni  obdon  qaynatish  yo„li  bilan  olinadi.  Xom  ashyo 
turiga  qarab,  eritilgan  yog„lar:  eritilgan  mol  yog„i,  eritilgan  qo„y  yog„i; 
eritilgan cho„chqa yog„i, suyak yog„i va yig„ma yog„ga, sifat jihatidan oliy 
va  1-navga  (yig„ma  yog„  navlarga  ajratilmaydi)  bo„linadi.  Navlarga 
ajratishda  uy  haroratidagi  rangi  va  konsistentsiyasi,  hidi,  ta‟mi,  eritilgan 
holatdagi  shaffofligi,  nam  miqdori  (0,2-0,5%)  kabi  ko„rsatkichlar  asos 
qilib olinadi.  
Oliy  navli  eritilgan  mol  yog‗i  och  sariq,  sariq  rangli;  eritilgan 
yog„ga  xos  normal,  toza,  yoqimli  ta‟m  va  hidli;  qattiq  yoki  biroz  quyuq 
konsistentsiyali;  eritilgan  holatda  shaffof  bo„lishi  lozim.  1-navida 
ko„rsatilgan normalardan biroz chetga chiqishlarga yo„l qo„yiladi.  
Eritilgan  cho‗chqa  yog‗i  oq  rangli  bo„ladi;  1-navlisi  sarg„ishroq 
yoki xiraroq - kul rang tusda bo„lishi mumkin. Ta‟mi normal, shu turdagi 
yoqqa  xos  xarakterda,  begona  ta‟m  va  hidsiz  bo„ladi;  1-navida  yoqimli 
qovurilgan ta‟m bo„lishi mumkin.  
Oliy  navli  eritilgan  qo‗y  yog‗ining  rangi  oqdan  to  och 
sarg„ishgacha;  1-navida  oqdan  to  sariqroq  ranggacha  bo„ladi.  Eritilgan 
holatdagi yog„ massasi shaffof, quyqasizdir. Bu yog„ uy haroratida (20°C) 
zich yoki qattiq konsistentsiyali, dumba yog„i - bo„shroq bo„ladi. Ta‟mi va 
hidi shu turdagi yoqqa xos bo„ladi.  
Eritilgan suyak yog‗i mollarning turli xil suyaklaridan olinadi. Oliy 
navdagi suyak yog„ining rangi oqdan to sariq ranggacha bo„lib, 1-navida 
kul  rangga  yaqin  tusli  bo„lishiga  yo„l  qo„yiladi.  Ta‟mi  va  hidi  -  shu 
mahsulotga  xos  bo„ladi;  1-navida  yoqimli,  biroz  qovurilgan  yoki  yangi 
sho„rvaga xos ta‟mi; zich yoki quyuq konsistentsiyali bo„ladi.  


161 
 
Eritilgan  yig‗ma  yog‗  kolbasa,  dudlamalar,  kalla-pochalar 
qaynatilganida  sho„rvalar  ustida  hosil  bo„ladigan  yog„lardan  olinadi. 
Yig„ma  yog„  oqdan  to  to„q  sariq  (kul  rangroq  yoki  ko„kishroq  tus 
bo„lishiga  ham  yo„l  qo„yiladi),  ta‟mi  -  mol  yog„iga  xos  bo„ladi.  sho„rva, 
ziravorlar, 
dudlamalar, 
qovurilgan 
jizza 
mazalari 
kelib 
turadi. 
Konsistentsiyasi zich, quyuq va suyuq bo„lishi mumkin. Eritilgan yig„ma 
yog„lar navlarga ajratilmaydi.  
Mog„or  bosgan,  achqimtir,  ifloslangan,  achchiq,  taxir  va  kuygan 
ta‟m  keladigan  eritilgan  yog„lar  savdoga  chiqarilmaydi.  Eritilgan  yog„lar 
sig„imi
 
200 kg gacha bo„lgan yog„och bochkalarga, sig„imi 10 dan to 30 kg 
gacha  bo„lgan  yog„och  yoki  faner  yashiklarga,  yog„  o„tkazmaydigan 
karton  qog„ozli  yoki  shisha  idishlarga  -  100,  200  va  500  g  dan  qilib  va 
tunuka  idishlarga  -  10  kg  gacha  qilib  joylanadi.  Eritilgan  mol  yog„larini 
quruq  va  qorong„i  binolarda  (quyosh  nurida  ular  tez  buziladi),  past 
haroratda  va  havoning  nisbiy  namligi  80-85%  bo„lgan  binolarda  saqlash 
lozim.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish