O‘simlik moylarining turlari. Kungaboqar moyi tarkibida 27-35%
yog„ bo„lgan kungaboqar urug„ini presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li
bilan olinadi. O„simlik moylari ichida kungaboqar moyi etakchi o„rin
egallaydi. Tozalash darajasiga qarab o„simlik moyi rafinatsiya qilinmagan,
gidratatsiya qilingan va rafinatsiyalangan moylarga bo„linadi. Rafinatsiya
qilinmagan kungaboqar moyi qovurilgan uruqqa xos tabiiy ta‟m va hidli,
shaffof sariq rangda bo„lib, uch navga - oliy, 1- va 2-navlarga bo„linadi.
Gidratatsiya qilingan kungaboqar moyi birmuncha ochroq rangli
bo„lib, u 1- va 2-navlarga bo„linadi. Rafinatsiyalangan kungaboqar moyi
navlarga bo„linmaydi. U neytralizatsiyalanib, dezodoratsiya qilinmagan va
neytralizatsiyalanib dezodoratsiyalangan bo„ladi.
Paxta moyi tarkibida 17 dan 27% gacha yog„ bo„lgan chigitdan
157
presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan olinadi. Presslash yo„li bilan
olingan xom paxta moyi qizg„ish-qoramtir rangli va yoqimsiz, taxir ta‟mli
bo„ladi. Bunday holda u oziq-ovqatga yaroqsiz bo„ladi, shu sababli u
albatta tozalanadi.
Tozalanganlik darajasiga ko„ra paxta moyi rafinatsiyalanmagan va
rafinatsiyalangan
(neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya
qilingan
va
neytralizatsiyalanib, dezodoratsiya qilinmagan) bo„ladi. Sifat jihatdan
paxta moyi oliy, 1- va 2- navlarga bo„linadi. Oziq-ovqat uchun faqat oliy
va 1-navli rafinatsiyalangan moy ishlatiladi; u shaffof och sariq rangli,
yoqimli ta‟m va hidli bo„ladi.
Zaytun moyi zaytun daraxtining mevalaridan sovuq usulda presslash
yo„li bilan olinadi. Bu mevalar tarkibida 55% gacha yog„ bo„ladi. Zaytun
moyi ham yaxshi o„simlik moylaridan hisoblanadi. Bu moy
rafinatsiyalanmagan holda chiqariladi; tovar navlariga bo„linmaydi.
Zaytun moyi shaffof, sariq rangli, loyqasiz, tabiiy ta‟m va hidli bo„lishi
kerak.
Gorchitsa moyi tarkibida 30-38% gacha yog„ bo„lgan gorchitsa
urug„idan sovuq yoki issiq usulda quruq holida va nisbatan past haroratda
presslash yo„li bilan olinadi. Kunjarasidan gorchitsa kukuni tayyorlash
uchun foydalaniladi. Gorchitsa moyi rafinatsiya qilinmaydi. Sifat jihatidan
oliy va 1-navli bo„ladi. Ikkala navdagi moy ham sarg„ish tilla rangli,
yoqimli ta‟m va hidlidir.
Soya moyi oldindan tozalab ishlangan va tarkibida 14-25% yog„
bo„lgan soya urug„idan presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan
olinadi. Tozalash darajasiga qarab, soya moyi rafinatsiyalanmagan,
gidratatsiya
qilinib
rafinatsiyalangan
(neytralizatsiyalangan
va
neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya
qilingan)
turlarga
bo„linadi.
Rafinatsiyalanmay gidratatsiya qilingan moylar sifat jihatidan 1- va 2-
navlarga bo„linadi. Rafinatsiyalanmagan 2-navli soya moyi ovqatga
ishlatilmaydi. Rafinatsiyalangan moyning rangi - poxol tusli sarg„ish,
rafinatsiyalanmagan moyniki - to„q sariq bo„ladi.
Kokos moyi - quritilgan va maydalangan kokos palmasi yong„og„ini
issiq usulda presslash yo„li bilan olinadi. Kokos yong„og„ining tarkibida
158
75% gacha moy bo„ladi. Margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi,
shuningdek o„zini bevosita ovqatga ham ishlatilaveradi. Faqat
rafinatsiyalanib (albatta dezodoratsiya qilinib ham) ishlab chiqariladi;
navlarga ajratilmaydi. Uy haroratida oq rangli, yumshoq konsistentsiyali,
yoqimli ta‟m va hidli bo„ladi.
Er yong‗oq moyi tarkibida 35-60% gacha moy bo„lgan er yong„oq
(araxis) urug„ini sovuq yoki issiq usulda presslash yoki ekstraktsiya qilish
yo„li bilan olinadi. yong„oqlarning avvalo po„sti tozalanadi, aks holda moy
sifatsiz bo„lib qoladi. Tozalanish usuliga qarab, er yong„oq moyi
rafinatsiyalanmagan
va
rafinatsiyalangan
(neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya qilinmagan va neytralizatsiyalanib dezodoratsiya qilingan)
holda ishlab chiqariladi. Rafinatsiyalanmagan er yong„oq moyi oliy va 1-
navli bo„ladi: yoqimli, tabiiy ta‟m va hidga ega bo„ladi. Rafinatsiyalangan
moy navlariga ajratilmaydi; yoqimli hid va ta‟mli, biroz bilinadigan och
sariq rangli bo„ladi. Issiq usulda presslangan va ekstraktsiya qilingan
moylar oziq-ovqatga ishlatilmaydi, ulardan faqat texnikaviy maqsadlarda
foydalaniladi.
Kunjut moyi moyning eng ko„p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Bu
moy kunjut urug„idan presslash va kamdan- kam hollarda ekstraktsiya
qilish yo„li bilan olinadi. Kunjut urug„i tarkibida 60% gacha yog„ bo„ladi.
Sovuq usulda presslash yo„li bilan olingan moyi oziq-ovqat uchun
ishlatiladi; u och sariq rangli va yoqimli ta‟mli bo„lib, sifat jihatidan
zaytun moyidan qolishmaydi. Issiq usulda presslash yo„li bilan olingan
kunjut moyi to„q sariq rangli, o„tkir achishtiruvchi ta‟mli, hidi esa uncha
yoqimli bo„lmaydi Ekstraktsiya qilish yo„li bilan olingan moyning hidi va
ta‟mi umuman yoqimsiz bo„ladi; undan faqat texnikaviy maqsadlardagina
foydalaniladi. Kunjut moyi ikki xil: rafinatsiyalanmagan (1-va 2-navli) va
rafinatsiyalangan (navlarga ajratilmagan) holda chiqariladi.
Makkajo‗xori moyi - dumbul makkajo„xorini presslash yoki
ekstraktsiya qilish yo„li bilan olinadi. Dumbul makkajo„xorida yog„ 30%
dan ortiq bo„ladi. Makkajo„xori moyi qandolat mahsulotlari ishlab
chiqarishda va bevosita ovqatga ishlatiladi. Ovqatga ishlatiladigan
makkajo„xori moyi to„la rafinatsiyalanadi; navlarga ajratilmaydi. Bu moy
159
rangsiz, hidsiz va quyqasiz, ta‟mi yoqimli bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |