Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Стоун И.
Происхождение. Роман – биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273.
21
Қаранг: Аъзамов А.
Фан ва дин: одамзоднинг пайдо бЎлиши. «Тафаккур» журнали, 1999, 4-сон, 32-б.


To’g’ri, bu o’rinda Darvinning evolyutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda
yaratgani haqidagi diniy aqida bir–biri bilan qanday sig’ishadi, degan savol tug’iladi. Gap shundaki,
makon va zamonda ro’y bergan, milliardlab yil davom etgan evolyutsiya: nabotot – hayvonot –
odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda
qisqa muddatda voqe bo’lishi mumkin. Xudoning olti kuni o’z ichiga makon va zamonni sig’dirgan
Mutlaq Vaqtga, evolyutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – makon va zamon
ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo’lmish
XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to’qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana
shu ko’pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham
yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. 
XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning
nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog’liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech
bir jonzotniki bilan qiyoslab bo’lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o’zi ham
bilmaydi, deb uni ulug’laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz
mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga
hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni)
xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg’unchilik qiladigan,
qonlar to’kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni
ulug’laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan
narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o’rgatdi. So’ngra ularni
farishtalarga ro’baro’ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so’zlaringiz rost bo’lsa,
mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat
Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o’zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey
Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini
bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor
qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz
farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib –
kofirlardan bo’ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan
barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o’zidan keyin turadigan buyuk zotni
yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning yerdagi xalifasi.
Shunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi
ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy
vazifasi, burchi. SHu bois o’z–o’zini va, iloji bo’lsa, o’zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha
muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
«Obro’parvarlik axloqiga ko’ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro’ egasi inson
uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o’zni tutish qonun–qoidalari va me’yorlarini ham o’ylab
topadi, o’rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me’yorlarni o’zi yaratishi, o’zi
boshqarishi hamda ularga o’zi amal qilishi bilan farqlanadi»
22
Fromm obro’parvarlik axloqinining ikki asosini ko’rsatib o’tadi: birinchisi – ratsional
obro’parvarlik, unga ko’ra, ratsional obro’ egasi o’ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida
bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo’ladi. Biroq ratsional
obro’parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro’ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog’liq.
Ikkinchisi – noratsional obro’parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan,
qo’rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
Noratsional obro’parvarlik tanqidni nafaqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro’parvarlik
obro’ egasi tamonidan sub’ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro’parvarlik
aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro’ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat,
«quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, obro’parvarlik axloqi deganda, ko’proq noratsional
obro’ egasi o’rnatgan qonun–qoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi.
22
Фромм Э.
Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18.


Shunday qilib, insonparvarlik axloqi sub’ektning o’z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini,
ochiq–oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro’parvarlik axloqida esa, aksincha, sub’ektga, obro’
egasiga bo’ysunish, quloq qoqmaslik, o’z individualligini yo’qotish hodisalari ro’y beradi. Lekin,
fojea shundaki, buni insonning o’zi anglamaydi: atrof–muhitdagi obro’ egasining ulug’ligi,
bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha g’amxo’rligi va zaruriy qatiqqo’lligi
haqida to’qilgan miflar, uning shaxsiga sig’inish bunga yo’l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda
asosiy ko’pchilikni tashkil etadi, obro’parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga
qo’shilmagan, o’z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo’ladi.
Natijada jamiyatning asosiy ko’pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo’lib chiqadi,
xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro’ egasi shaxsiga sig’inish fosh
etilganidan so’nggina tushunib yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o’sha paytlar Olmoniyada
ko’pchilikni tashkil etardi, ular o’zlarining yo’li to’g’ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer
adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo’li qanday ekanini hamma yaxshi biladi,
Olmoniya aholisining asosiy ko’pchiligi fashizmga, uning obro’parvarlik axloqiga qarshi. Bizning
mamlakatimiz ham sobiq SHo’rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o’rnatgan
obro’parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi
me’yorlari bilan hayot kechirish yo’liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik
jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo’ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va
shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. SHu sababli ixtiyor erkinligi
axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e’tiborga molik, unga
to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q.
SHu sababli axloqshunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga
bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot
o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini
ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud
kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy
tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari
umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va
uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga
ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o’taydilar.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish