taraqqiyotini, uning nazariy muammolarini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali
haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. SHu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham
atash mumkin.
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo’nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqshunoslik
axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o’rgatadi. SHunga ko’ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-
nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof
nazariy axloqshunoslikning bo’lishi mumkin emas. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan
donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni
axloqiy qonun-qoidalarga o’rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar
chiqaradi. Ya’ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, TSitseron, Seneka, Avgustin,
Forobiy, Ibn Sino, G’azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, SHopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard,
Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir
ta’limotlar bilan birgalikda «Panchatantra», «Qutadg’u bilik», «Qobusnoma», Sa’diyning
«Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning
«Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa
bag’ishlangan asarlari ham o’z mustahkam o’rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy
fanlardan farqi ham, o’ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday
omuxtaligidadir.
Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular –
nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning
asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muhofaza qilish,
nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas–bir kun o’lim bilan nihoya
topish qismati belgilangan. CHunonchi, o’simlik urug’dan paydo bo’ladi, rivojlanadi, singan
shoxlari o’rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug’ini qoldirib, bir kun quriydi.
Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada
idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat
hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak,
yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo
etadi.
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo’lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo’lishi eng bahsli muammolardan biri
hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi –
dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa
buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g’oyani ilgari suradi. Ular
orasida ingliz tabiyatshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo’li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta’limotni
yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u
to’g’ridan–to’g’ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. SHuningdek,
Darvin dahriy bo’lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan.
Buning ustiga uning o’zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimai holi
asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha
o’rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi.
Tabiat Uning qonunlariga bo’ysunadi xolos».
20
Marks o’zining dahriycha qarashlarini isbotlash
uchun undan material so’rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.
21
SHunga qaramay
markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini
o’z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan
bog’lab ish ko’rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy,
davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga
uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: