SHuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real
tizimining in’ikosidir. SHaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili
sifatida uning ijtimoiy faoliyati, sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi
namoyon bo‘ladi. Individ shaxs sifatida faqat turli tuman ijtimoiy
munosabatlardagina o‘z-o‘zini namoyon etishi mumkin. O‘z vaqtida Arastu
«insonning vazifasi uning ongli faoliyatidan iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy
«Qo‘llaring baquvvat ekan, mavjud ekan kundalik mehnatga ko‘ngil qo‘y» deya
da’vat etgan bo‘lsa, Ibn Sino «Bekorchilik va ishyoqmaslik faqat nodonlikka
sabab bo‘libgina qolmay, ayni paytda kasalliklarga ham sabab bo‘ladi» deb
ogohlantirgan edi.
SHaxs - bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu
uzluksiz o‘sib boruvchi jarayon. Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg‘a
harakat bo‘lmasa, u holda shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo‘lishi
mumkin.
Inson muammosiga yana ham chuqurroq kirib borish uchun insonni tabiiy-
biologik, ruhiy-ma’naviy va ijtimoiy jihatlarning birligi sifatida olib o‘rganish
inson mohiyatini bir qadar to‘laroq tushunishga imkon berishi aytilmoqda. SHu
boisdan «inson va tabiat», «inson va jamiyat», «tabiat va jamiyat», «inson,
jamiyat va shaxs» munosabatlari falsafada qaytadan yangicha tafakkur asosida
ko‘rib chiqilib, yangicha baholanishlarini talab qilmoqda.
Insonning mohiyatini o‘rganish, avvalo, uning odam sifatida boshqa barcha
turdagi tirik mavjudotlardan, xususan, hayvonlardan, hatto odamga juda yaqin
maymunlardan farqlanuvchi qanday tabiiy-biologik xususiyatlarga ega ekanligini
aniqlashni taqozo qiladi.
Inson biologik oliy tur - odam sifatida barcha tirik mavjudotlar kabi havodan
nafas oladi, oziq-ovqat iste’mol qiladi, uning tanasi ham to‘qimalardan iborat, unda
ham doimo modda almashuv - assimilyasiya va dissimilyasiya, to‘qimalarning
paydo bo‘lishi, ko‘payishi, bo‘linishi, emirilishi va o‘lishi kabi jarayonlar kechadi.
Insonning tanasi ham boshqa hayvonlar tanalari kabi tabiiy-biologik qonunlarga
bo‘ysunadi. Lekin inson oliy biologik tur - odam sifatida barcha hayvonlardan, shu
jumladan, maymunlardan ham, tubdan farq qilib, u o‘ziga xos tashqi va ichki
tuzilishi, ko‘rinishi jismoniy va ruhiy, ahloqiy va xulqiy jihatlariga ham ega. SHunga
ko‘ra insonning faqat tabiiy-biologik jihatlari hali uning mohiyatini tashkil
qilmaydi.
Qadimdan boshlab faylasuflar insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy
tafovutlardan biri deb,
Do'stlaringiz bilan baham: