hayoti bekorga o‘tmaganligi, bir marta yashashga berilgan umr bekorga elga
sovrilmaganligi, ayniqsa, o‘zi uchun, o‘z oilasi, bola-chaqalari farzandlari, eli, xalqi,
millati va Vatani uchun yaxshi ishlar qilib, uning umri samarali, ma’noli kechganligi,
mazmunli o‘tganligiga qoniqish hosil qilib, bu hayotdan rozi bo‘lgan holda ko‘z
yumishi lozim.
Buning uchun har bir kishi bu dunyoga kelgandan keyin, avvalo, o‘z hayot
yo‘lini to‘g‘ri aniqlab to‘g‘ri belgilashi, hayotdan o‘z o‘rnini to‘g‘ri topishi, hayotda
ongli yashashi, o‘z hayotini to‘g‘ri qurishi, o‘z oldiga buyuk va olijanob maqsadlar
qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun doimo sabot va qunt bilan harakat qilish, kurash
olib borishi zarur. CHunki har bir inson bu dunyoga kelar ekan, u hur va ozod hamda
baxtli yashashga ham tabiiy va ham ijtimoiy jihatdan haqlidir.
Inson, aslida, dunyoga baxt uchun, baxtli hayot qurish va kechirish uchun,
hayotning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan to‘liq barhamand bo‘lib yashash uchun
keladi. SHuning uchun inson dunyoda kelajakka doimo yaxshi umid bilan yashaydi.
U o‘z oldiga doimo yaxshi orzu-havaslarni qo‘yib, shu orzu-havaslarga erishsam,
farzandlarimning baxti va kamolini ko‘rsam, deb; men ko‘rmagan baxtli kunlarni
farzandlarim, nabiralarim ko‘rsa deb, yaxshi va qutlug‘ niyatlar qiladi, kelajakka
katta umidlar bilan boqadi. Bunday qarash milliy istiqlol g‘oyamizning ob’ektiv omili
rolini ham o‘ynaydi. Xalqimiz, millatimizning hamjihatlikda kelajak orzu-umidalri
bilan yashashi va mehnat qilishi yurtimizni obod va farovonlik sari etaklaydi.
Falsafa inson hayotining ma’nosi va mazmuni deganda avvalo, insonning
dunyoda o‘zining boshqa kishilarga kerakligini anglab yashashini, uning hayotda o‘z
yo‘lini to‘g‘ri belgilab, hayotda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topishini, qilgan yaxshi va ezgu
ishlarining beiz ketmasligiga ishonch hosil qilib, o‘z mehnatiga yarasha jamiyatda
izzat-ikromga ega bo‘lishini, uning mehnatiga boshqalar hurmat bilan qarab, uning
qadr-qimmatini joyiga qo‘yishini, uning mehnati va ishlari qadrlanishini, unga
berilgan umrining samarasiz o‘tmaganligini tushunadi.
Inson hayotining ma’nosi, aslida, har bir kishi o‘zining kamolotga tomon doim
beto‘xtov, uzluksiz harakat qilib, intilib yashashidir. Lekin uning kamolotga etdim,
deb unga intilish, harakat qilishdan to‘xtashi, insonning o‘z-o‘zini mahv etlishidir.
Inson hayotining qadr-qimmati esa o‘z hayotini ongli va mazmunli qurishi,
ma’lum maqsadlar asosida yashashi, shu maqsadlari yo‘lida kurashishi, boshqa
kishilarga nafi va yordami tegishi, o‘zidan, avvalo, yaxshi ishlar, yaxshi nom
qoldirishi, o‘z ishlari va hayotni davom ettiruvchi tarbiyalab o‘stirishi, eli, yurti
vatani manfaatlari uchun kurashishi, savob ishlarni ko‘p va xo‘p qilishi asosida qaror
topadi. Lekin buning uchun u yoshligidan qunt va sabot bilan o‘qish, ilm-ma’rifat
o‘rganishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishi zarur. SHundagina u komil
inson bo‘lib etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: