Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

A D A B I YO T L A R:
1. Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahharova M., Nurmatova M., Husanov
B., Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019.
2. SHermuxamedova N.A. Falsafa -Toshkent: Noshir, 2012.
3. SHermuxamedova N.A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: Noshir, 2020. 
4. Axmedova M. Falsafa. Tahriri ostida. - Toshkent.UFMJ, 2006.
5. Mamashokirov S. va boshqalar. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston, 2005.
6. Tulenov J.,Tulenova G.,Tulenova K.Falsafa. Darslik. - Toshkent. Fan va
texnologiya, 2016.
2-MAVZU: BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)
REJA:
1. Borliq tushunchasi, uning ta’riflanishi. Borliq va substansiya muammosi.
Borliqning turlari.
2. Materiya borliqning moddiy shakli sifatida. Materiyaning tuzilish darajalari.
Materiyaning ko‘rinishlari.
3. Borliqning atributlari.
 
Materiya, harakat, fazo, vaqt birligi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
ontologiya, borliq, yo‘qlik, ob’ektiv va
sub’ektiv borliq, substansiya, aksidensiya, substrat, moddiy va g‘oyaviy borliq,
aktual va potensial borliq, real va virtual borliq, tabiiy va ijtimoiy borliq, monizm,
dualizm, plyuralizm, materiya, borliqning atributlari, harakat, fazo, vaqt. 
6
Қ.Хоназaров. Фалсафанинг ва бизнинг фалсафамизнинг йўли. «Правда Востока», 2001
7
«Основы философии». Т., 2004, Э.Юсупов. «Фалсафа». Т., 2005, «Фалсафа» Т., 2005


1.
Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi
ontologiya
deb ataladi.
Ontologiya
so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot)
so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni
borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. 
Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da,
so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada,
ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi
turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy
borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan. 
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va
insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar
qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida
o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni
kuzatishgan. Ba’zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha
yo‘q bo‘lgan ba’zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. SHular asosida kishilarda
mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat
vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. SHu asosda
kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya’ni odamning vafotidan
so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo
bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning
hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va
keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. SHu tarzda ularda «borliq»
va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Markaziy Osiyo tuprog‘ida
vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir,
alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb
hisoblangan. CHunki bu g‘oya bo‘yicha, har qanday o‘zgarish va harakatning
asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik baxsh etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha,
biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u
shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist
olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha,
borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. YA’ni u Olloh yaratgan
mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari bo‘lgan. Islom
diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama
rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o‘zidir.
Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi,
demak, borliq hamma narsaning asosidir. 
Evropada o‘tgan olimlar David YUm va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz
majmuasi deb talqin etishgan. Xegel esa borliqni mavhumlik, mutloq ruhning
namoyon bo‘lishi, deb ta’riflaydi. Ko‘pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi
zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog‘lab tushuntirdilar.


Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo‘lib o‘ziga butun mavjudlikni, uning
o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish
uchun yo‘qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning
zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv
reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish