Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi
- «Ekologik turizm yoki ekoturizm - tabiat
muhitiga nisbatan ma‟suliyat bilan sayohat qilish, tabiat hududlariga ziyon etkazmagan holda,
hamda tabiatning betakror, jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza
qilgan holda tabiat rivojiga ko„maklashadi, atrof-muhitga katta yuk bermaydi. Mahalliy xalqning
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini
ta‟minlaydi», deb hisoblaydi.
Ekoturizmning mohiyati va mazmuni haqida «Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi»,
«Xalqaro turizm jamiyati», «Yovvoyi tabiat umumjahon jamg„armasi» va boshqa ko„plab
xalqaro tashkilotlar Butunjahon turizm tashkilotining ekoturizm haqidagi ta‟rifini qabul qilishdi.
Yuqorida ekoturizmning ob‟ekti va predmeti to„g„risidagi ta‟riflardan ko„rinib turibdiki,
ekologik turizm o„tgan asrning ohirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekinlik
bilan kirib keldi. Hozirgi kunga kelib, ekoturizm jahonda jadal sur‟atlarda rivojlanib borayotgan
iqtisodiyot sohalaridan biriga aylandi. O`zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi, nafaqat
ma‟naviy, ilm-fan, madaniyat, ma‟rifat tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni tabiatimizga jalb
etish, noyob hayvonot olamini saqlash va ko„paytirish muammolarni hal qilishga, balki shu bilan
birga iqtisodiy masalalarni-mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, ularni
yangi ish joylari bilan ta‟minlash hamda vatanimizning iqtisodiyotini o„sishiga katta xissa
qo„shadi. O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarining o„rtasida, ekoturizmning rivojlanishi
uchun qulay bo„lgan transport chorraxasida joylashganligi ham ekologik turizmni
rivojlantirishda ko„plab salohiyatli imkoniyatlarni yaratadi.
Ekoturizm tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish xorijiy sayyohlarni landshaft,
hayvonot va nabobat dunyosiga boy va betakror tabiati bilan tanishtirish, xalqlar o„rtasida
do„stlik rishtalarini bog„lash, mamlakatlar va turli xalqlarning bir-birini atroflicha bilishga imkon
beradi. Shu bilan birga O`zbekiston hududida yo„qolib ketish arafasida turgan noyob hayvonot
va nabobat dunyosini saqlash va ko„paytirish maqsadlarida qo„riqxonalar tarkibida va atrofida
jahon talablariga javob beriladigan milliy tabiiy bog„larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish,
ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob‟ektlarining
moddiy-texnika bazasini yaratish uchun «Davlat ekoturizm dastur»larini ishlab chiqish zarur
bo„ladi.
Dunyo hamjamiyatiga xizmat qiluvchi yuqoridagi xalqaro markazlarning o„z oldiga
qo„ygan maqsadlari har xil bo„lsada, ekoturizmning o„rnini belgilashdagi xulosalari deyarli bir
xil. Chunki, ekoturizmni targ„ib qilayotgan tashkilotlarning ish tartibi, maqsadlari doimo biri-
birini to„ldiradi. Dastlabki ikki xalqaro jamiyat tabiatdan turistik maqsadlarda foydalanish
tarafdori, keyingi xalqaro tashkilot esa tabiatni muhofaza qilish bilan mashg„ul.
Bu xalqaro tashkilotlar ekoturizmni bir xil ma‟noda ta‟riflar ekan ekoturizmda tabiat ham
muhofaza qilinadi ham uning resurslaridan inson foydalanadi. Ekoturizmning xaqiqiy muxlislari
o„zining yangi tabiat go„shalariga sayohati vaqtida «tabiat - jamiyat do„stligi, bardamligi»
munosabatlarini ko„rishni xoxlaydi». Umumiy fikrlarni jamlab tahlil qilganimizda ekoturizm
tabiat qo„ynida bo„lishdir. Ekoturizm bilan tabiatshunoslik va tabiatni muhofaza qilishning
qo„shilib ketgani ekoturizmni rivojlantirishga ilmiy-amaliy me‟yorlardan ko„proq e‟tibor
berilayotganligidadir, deb tushunish to„g„ri bo„ladi.
O`zbekiston
Respublikasining
birinchi
Prezidenti
Islom
Karimov
Singapur
Respublikasiga Davlat tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaridan biri
muxbirining savollariga bergan javoblarida O`zbekistonda ekologik turizmning katta salohiyatga
ega ekanligini ta‟kidlagan holda, bu yo„nalishda olib borilayotgan ishlar xaqida quyidagilarni
keltiradi -
Do'stlaringiz bilan baham: |