Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Rekreatsion ehtiyoj –
insonning hayot faoliyati jarayonida 
yo‘qotilgan ruhiy va jismoniy mehnat qobiliyatini va sog‘ligini 
tiklashga bo‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Rekreatsion ehtiyoj alohida 
tizim bo‘lib, odamlarning hayot faoliyatini tashkil qilishda 3 
darajaga bo‘linadi
70
. Bular quyidagilar: 1-jamoaviy rekreatsion 
ehtiyoj; 2-guruhli rekreatsion ehtiyoj; 3-yakka (individual) 
rekreatsion ehtiyoj.
Jamoaviy rekreatsion ehtiyoj –
jamiyatning barcha a’zolarining 
mehnat qobiliyati va sog‘ligini tiklovchi, ularning har tomonlama, 
jismoniy va ruhiy tiklanishini aniqlovchi, rekreatsiya tarkibining 
hududiy tashkillanish shakli hisoblanadi.
Guruhli rekreatsion ehtiyoj –
aholining ma’lum ijtimoiy-
iqtisodiy, professional va yosh guruhlarining rekreatsiyaga 
bo‘lgan talablarini qondiradi. O‘ziga xos bo‘lgan rekreatsiya 
ehtiyojiga ko‘pincha oilalar talabgor bo‘lishadi. Shuningdek, 
ma’lum bir guruhlar davolanish, sog‘liqni tiklash, bilish bo‘yicha 
maslakdosh, fikrdosh bo‘lishadi. Masalan, hozir jahon bo‘yicha 
keksalarning rekreatsiyaga bo‘lgan ehtiyojlari yildan-yilga o‘sish 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib bormoqda.
Yakka (individual) rekreatsion ehtiyoj –
yakka shaxsning dam 
olish, jismoniy tiklanish talablaridir. Bunda inson faqat o‘zining 
rekreatsiya talablarini qondiruvchi rekreatsiya markazlarini yoki 
xizmatlarini tanlaydi.
Rekreatsiya ehtiyojlarining shakllanishiga ko‘plab omillar 
sabab bo‘ladi va ular quyidagicha guruhlanadilar:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar: 
ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi darajasi; farovonlik darajalarini ishlab chiqarish 
darajasi; shu jumladan xizmatlarni ham; turizm va dam olish 
sohalarining rivojlanish darajasi; tovarlar va xizmatlarni sotish 
baholari darajalari; rekreatsiya baholari darajalari; transport 
vositalari va transport infratuzilmalarining rivojlanish darajalari; 
mehnat ta’tillarining uzoq muddatliligi; rekreatsiya markazlari
hududlari va rayonlarining hamda ularga marshrutlar haqidagi 
axborotlar va reklamalar qo‘yilishi; aholining ijtimoiy va malakaviy 
70
Íèêîëàåíêî Ä.Â. Ðåêðåàöèîííàÿ ãåîãðàôèÿ. Ìîñêâà, 2001.; Íèêî-
ëàåíêî Ä.Â. Êàðòîãðàôè÷åñêèé ìåòîä èññëåäîâàíèÿ â ðåêðåàöèîííîé ãåî-
ãðàôèè. Ðåêðåàöèîííàÿ ãåîãðàôèÿ. Ñàðàòîâ, 2004. ñòð. 25–36.


196
197
tarkibi; aholining madaniy hayot kechirish darajalari; aholining 
harakatchanligi; milliy an’analar.
2. Demografik omillar –
shahar va qishloq aholisining nisbatlari 
(urbanizatsiya) darajalari; aholining jinsiy tarkibi; aholining 
tarkibiy yoshlari; aholining tarqalishi xususiyatlari.
3. Ijtimoiy-ruhiy (psixologik) omillar –
ishchanlik va madaniy 
aloqalarning tezkorligi (chiqishimligi, gapga, fikr-xulosalarga 
tushuniladiganligi, xushmuomalaligi va boshq.); madaniy hayot 
tipi; kutilmagan axborotlar va voqeliklar ta’siriga bog‘liqliligi; 
dunyoqarashi xususiyatlari va xislatlari.
4. Tibbiy-biologik omillar –
aholining sog‘ligi holatlari darajalari; 
sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga ehtiyojlari darajalari.
5. Tabiiy omillar –
inson yashayotgan tabiiy mintaqaga, tog‘ga, 
o‘rmonga, daryoga, dengizga, flora va faunaga qiziqishi darajalari 
va ularga nisbatan geografik joylanishi, tanlashi xususiyatlari
71
.
Rekreatsiya ehtiyojlarining eng muhim masalalaridan biri – 
aholining rekreatsiya xizmatlariga bo‘lgan talablarini qondirish 
darajalarini oshirish hisoblanadi. Lekin, bizda hanuzgacha bu 
muammolarni hal qilish tizimi ishlab chiqilmagan. Rekreatsiya 
ehtiyojlarini iqtisodiy isbotlangan baholarda asoslashgina aholini 
rekreatsiyadan bahramand bo‘lishi shakllari va usullaridan 
foydalanishga undaydi.
Rekreatsion faoliyat zamonamizning muhim ijtimoiy-iqtisodiy 
omillariga aylanib bormoqda. Rekreatsion faoliyatni tashkil qilish 
majmuali xususiyatlarga ega bo‘lib, har qanday rekreatsiya tizimida 
dam oluvchilar guruhi, tabiat majmualari, texnik infratuzilmalar, 
xizmat ko‘rsatish sohalari, mehnat resurslari, tashkiliy-iqtisodiy 
va tashkiliy-tarqalish tizimlari o‘zaro aloqada, o‘zaro hamkorlikda 
faoliyat ko‘rsatadi. Shunday ekan, turistik firmalar va turistik 
tashkilotlar rossiyalik taniqli olim M.B.Birjakovning “Turizmni 
o‘rganish vaqti, turizm bilan shug‘ullanish vaqti, turizmdan 
daromad olish vaqti” degan shiori bo‘yicha ishlab turizmning 
71
Hall C.M.,Pfge S.J., The Geography of Tourizm and Recreation. London 
– N.Y.: Routledge, 1999.P. 126-137.
rivojlanishi marketing tadqiqotlari bilan uzviy holatlarda bog‘liq 
ekanliklarini yaxshilab anglab olishlari talab qilinadi. Zeroki, 
marketing tadqiqotlari har bir tashkilotning samarali rivojlanishini, 
uning maqsadi va vazifalarini aniq belgilab beradi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish