Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Rekreatsiya ehtiyoji, omillari va rekreatsiya turizmini



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

15.2. Rekreatsiya ehtiyoji, omillari va rekreatsiya turizmini 
rivojlantirish yo‘llari
Rekreatsiya turizmining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi ahamiyatini belgilaganimizda birinchidan, hozirda 
aholining ruhiy va jismoniy dam olish obyektlari tavsif va ta’rifini 
kengaytirishimiz talab qilinadi. Yuqorida qayd qilingan, rekreatsiya 
faoliyatining tasnifida rekreatsiyaning ijtimoiy-madaniy faoliyati, 
rekreatsiyaning yetakchi, asosiy faoliyatlaridan biri hisoblanadi. 
Ya’ni madaniy va ruhiy ehtiyoj insonning yashash zavqini 
ta’minlovchi, o‘z makonida dunyoni anglashni mustahkamlovchi 
kuchlarni tiklovchi (ruhiy rekreatsiya) muhim omillardir.
Respublikamizda rekreatsiya turizmini rivojlantirishning 
eng muhim dolzarb masalalaridan biri ushbu joylarda turistik 
marshrutlar ishlab chiqish sust holatda ekanligi hisoblanadi. 
Rekreatsiya turizmining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rnini 
belgilaganimizda, ushbu joylarga dastlab tur mashrutlar ishlab 
chiqish mahalliy aholi iqtisodini ko‘tarishda juda muhim 
omildir.
Ekoturizm, rekreatsiya va ziyorat – dam olish turizmi 
manzillariga, makonlariga va obyektlariga turmarshrutlar ishlab 
chiqilmas ekan, ushbu joylarga o‘ziga xos bo‘lgan xizmatlar 
ko‘rsatish infratuzilmalari hosil bo‘lmaydi. Bu holatda muhim 
bir omilga e’tibor berish zarurki, rekreatsiya manzillariga turistik 
marshrutlar tashkil qilishgina bu joylarda turistlarga xizmat 
qiluvchi infratuzilmalarni yuzaga keltiradi. Chunki, ma’lum bir 
turistik obyektga turistik oqimning ko‘payishi albatta ehtiyoj 
nuqtayi nazaridan ularga xizmat qiluvchilarni chorlaydi. Natijada, 
turistlarning ehtiyojlarini sezgan mahalliy aholi dastlab turistlarga 
oddiy, sifatsiz xizmatlarni, keyinchalik sifatli va majmuali 
xizmatlarni taklif qila boshlaydi
69
.
Shu holatdan mahalliy aholi o‘rtasida turistlarga xizmatlar 
ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga xos raqobatbardoshlik hosil bo‘ladi. 
Natijada, turistlarga xizmatlar ko‘rsatish yaxshilanib, xizmatlarning 
turlari ko‘payadi, sifati yaxshilanadi. Bu sharoit o‘z navbatida 
ushbu turistik obyektlarga turistik infratuzilmalarni yaratib beradi.
Bu darajalarga yetishish uchun turistik firmalar va turistik 
tashkilotlar har bir turistik obyektlarning, har bir turistik 
infratuzilmalarning turistlarni nechog‘liq qiziqtirishi va qoniqtirishi 
bo‘yicha marketing taqdiqotlari o‘tkazishi va olingan natijalar 
bo‘yicha turizmni rivojlantirishning aniq maqsad va vazifalarini, 
rejalarini ishlab chiqishi lozim bo‘ladi.
Mamlakatimizda ziyorat-rekreatsiya (rekreatsiya turizmining 
asosiy yo‘nalishi) turizmni rivojlantirishning mamlakat 
69 
Hayitboyev R., Haydarov S., Abduhamidov S. va boshq. O‘quv qo‘llanma.
Turizm marshrutlarini ishlab chiqish. Samarqand, 2016. 180-b.


194
195
ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, ahamiyatini ham marketing 
tadqiqotlari o‘tkazish yo‘li bilan aniqlab olish mumkin. Bu 
yo‘nalishda marketing tadqiqotlarining mavzularini quyidagicha 
belgilash mumkin:
• yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishni tadqiq qilish;
• mahalliy va mahalliy aholi daromadlarini oshirishni tadqiq 
qilish;
• turistik xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha 
sohalarni rivojlantirishni tadqiq qilish;
• turistik markazlarda ishlab chiqarish ijtimoiy sohalarni 
rivojlantirishni tadqiq qilish;
• xalq madaniyat markazlarini rivojlantirishni tadqiq qilish;
• valuta tushumlarini ko‘paytirishni tadqiq qilish;
• mahalliy xalqlar madaniyatini xalqaro miqyosida tashviqot, 
reklama qilishni tadqiq qilish;
• mahalliy aholida milliy g‘urur va vatanparvarlikni 
kuchaytirishni tadqiq qilish;
• xalqaro miqyosda xalqlar hamdo‘stligini tashkil qilish, 
xalqaro hamdo‘stlikni mustahkamlashni tadqiq qilish.
Rekreatsiya iste’molchilarini rekreatsiyaga jalb qilishda 
keltirilgan mavzular bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish 
rejalashtirilganda albatta rekreantlarning rekreatsiyaga bo‘lgan 
ehtiyojlarini hisobga olishi zarur. Rekreatsiya ehtiyojlarini 
o‘rganish, rekreatsiyani hududiy tashkil qilish davlat ahamiyatiga 
molik talab hisoblanadi. Hududlar dam olishga ajratilganda tabiiy 
geografik talablar emas, aholining ehtiyojlari hisobga olinishi 
lozim. Chunki, hududdagi aholida tarixiy, ijtimoiy davrda ularga 
xos bo‘lgan rekreatsiya ehtiyojlari shakllangan. Rekreatsiyani 
tadqiq qiluvchilar (rekreatsiya geografiyasi) rekreatsion faoliyatni 
hududiy tashkil qilish va hududiy-vaqtli rekreatsiyali faoliyat 
o‘sishini aniqlaydi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish