Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Rekreatsiya turizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Rekreatsiya turizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy- 
iqtisodiy hayotidagi ahamiyati.
Hozircha ilmiy tadqiqotlarda 
rekreatsiyaning jamoaviy faoliyatlarini tasniflash amalga 
oshirilmagan. Ko‘plab olimlar, ayniqsa geograflar rekreatsiyani 
betakror tabiat bag‘ridagi qisqa dam olish deb ta’riflashgan.
O‘tgan asrning 70-yillarida mamlakatimizning geograf olimlari 
respublikamiz hududlariga rekreatsion baho berish va rekreatsiyada 
foydalanishda ko‘plab ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishgan. Bu 
tadqiqotlar asosan O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida 
qisqa muddatli dam olish, rekreatsiya manzillarini yaratishga 
bag‘ishlangan. Shu nuqtayi nazardan bizda rekreatsiya deganda 
faqat tabiatning so‘lim go‘shalarida qisqa muddatli dam olish 
tushunilmoqda.
Hozirgi vaqtda rekreatsiya butunjahon turizmida ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan yetakchi yo‘nalishga aylanib bormoqda. 
Chunki, globallashuv jarayonida insonning ruhiy va jismoniy dam 
olishi turizmning asoslari hisoblanadi. Biz faqat rekreatsiyaning 
asl mohiyatini bilganimiz holda aholining dam olishidagi asosiy 
yo‘nalishlar, manbalar, obyektlarini aniqlashimiz, respublikamiz 
aholisining ruhiy va jismoniy dam olishi hozirgacha qanday 
amalga oshirilgan, aholi ruhiy va jismoniy dam olishda qanday 
obyektlarni tanlagan va tanlanmoqda?
Hayotimizdagi eng ko‘p voqeliklar va jarayonlarda ham
ilm-fanda ham eng ko‘p ishlatiladigan «dam» va «bo‘sh vaqt» 
atamalari hisoblanadi. Bu so‘zlar bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga 
yaqin, lekin ma’no jihatidan maxsus adabiyotlarda bir-biridan 
ma’lum bir masofada ajralib turadi. «Dam» so‘zi ma’lum 
ma’noda chegaralangan, qaram so‘z. Bu so‘zning ma’nosi 
«mehnat» so‘zi bilan birgalikda ancha oydinlashadi. Ya’ni 
mehnatsiz dam bo‘lmaganidek, dam ham mehnatsiz yuzaga 
chiqmaydi.
Mutlaq mehnat tananing bioenergiyasini yo‘qotadi va tana 
organizmini sog‘lomlik bahosidan kasallik inqiroziga, hatto o‘limga 
ham olib keladi. Bu inqiroz yo‘lida unga charchoq, holsizlanish 
qarama-qarshilik qiladi – bu dam olishdir. Faqatgina dam olish 
va tiklanishdan tana organizmi ishga yaroqlilik qobiliyatini saqlab 
qoladi. 
Yana shuni ham ta’kidlash kerak-ki, patalogiyadagi mutlaq dam 
olish ham tana organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Charchoq, 
holsizlanish faqatgina mutlaq mehnatdan emas «faqat dam» olish 
natijasida ham kelib chiqadi, tana organizmi kuchsizlanib qoladi. 
Shuning uchun ham organizmdagi moddalar almashinuvini, 
bioenergiyani saqlash uchun mehnat qilish talab qilinadi. Mehnat 
va dam olishni juft, biri-biridan ajralmagan holda qabul qilish 
insonning biologik tur sifatida yashash shakllaridan eng muhimi 
hisoblanadi. «Dam»ga nisbatan «bo‘sh vaqt» tushunchasi o‘zida 
ijtimoiy mazmunni anglatadi, insonning jamoadagi o‘rni va ruhiy 
holatini bildiradi.
Bo‘sh vaqtning tavsifi odamlarning hayot faoliyati jihatlari 
bilan, estetik dunyoqarashlari, ijtimoiy me’yorlari va qoida-yu 
huquqlari, an’analari va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi hamda 
bu xususiyatlarni umumlashtirishga, saqlashga, rivojlantirishga 
xizmat qiladi. Bo‘sh vaqtning klassik, gumanistik konsepsiyasi 
ruhiy g‘oya sifatida o‘zining boshlanishini qadimgi grek falsafasida 
topadi. Bo‘sh vaqt Aristotel asarlarida ham rivojlantirilgan. 
Bo‘sh vaqt – insonni aqliy va ruhiy dam oldiruvchi, axloq-odob, 
ma’naviy jihatdan yuqoriga ko‘taruvchi, fan bilan shug‘ullanish, 
san’at bilan bahramand bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi.
Bo‘sh vaqtning quvonchi – bekorchilik emas balki, shaxsning 
kamol topishida, ichki va tashqi hissiyotlari, tuyg‘ularini 


188
189
takomillashtirishda va rivojlantirishda eng bebaho va e’zozli vaqt 
hisoblanadi. Bu esa Aristotel bo‘yicha erkin insonning yashashidagi 
bahoni va oliy maqsadni tashkil qiladi. «Shaharlarda aholining 
to‘planishi odamlarda rekreatsiyaga talabni kuchaytirdi va ular bu 
talabni-ehtiyojni qondirish uchun so‘lim tabiat va iqlimiy qulay 
joylarni izlay boshladi. Bu izlanishlar turistik harakatning hududiy 
joylanishini keltirib chiqardi. Natijada oddiy qishloqlar bo‘lgan 
Sopot, Kann, Monte-Karlo, Nitssa, Shamoni, Davoslar hozirga 
kelib xalqaro turizm markazlariga aylandi»
64
.
Germaniyalik olim I.T.Kol o‘zining «Jamoaviy harakat va 
ular yaratgan ko‘ngil ochish xizmatlari va suv kurortlari» asarida 
dam olishning eng mahsulli usuli 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish