Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Ekoturizmning tabiatga yonlama ta’siri



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

14.2. Ekoturizmning tabiatga yonlama ta’siri
Ekoturizmning tabiatga yonlama ta’sirini insoniyatning tabiat va 
uning resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishi-antropogen ta’sirlarining 
barchasini misol tariqasida keltirsak to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday ta’sirlar 
haqida juda ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Bu misollarning 
umumiy holatlarini quyidagicha tushuntirish mumkin:
• hayvonlar va o‘simliklar tabiiy yashash muhitining inson 
faoliyati natijasida o‘zgarishi;
• geografik tabiiy muhit komponentlariga global antropogen 
ta’sir (suv yuzalari va tuproqning ifloslanishi, o‘rmonlarning 
kesilishi va eroziyaning kuchayishi, iqlimning global o‘zgarishi, 
atmosferaning ifloslanishi, dunyo okeanining ifloslanishi va boshq.);
• hayvonlarni sun’iy sharoitlarda saqlash, hayvon va 
o‘simliklarning tabiiy sharoitdagi yashash jarayonlariga aralashish 
va boshq.;
• tabiatga o‘nglanmas qirg‘in keltiruvchi harbiy qurollarni sinash;
• zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va qo‘llash.
E’tibor qilsak, yuqorida keltirilgan “ta’sirlar” o‘tgan asrning 
ikkinchi yarmidagi insonning ilmiy-texnika taraqqiyotini 
rivojlantirishi natijasida sayyoramiz “tabiatini bo‘ysundirish” shiori 
bilan ertangi kunini o‘ylamasdan, kelajak avlodining tabiatdagi 
rizqi-nasibasini yeb qo‘yishini izohlash deb baholasa xato bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, “ta’sirlar”ni yozgan mualliflar tabiatga 
ekoturizmning ta’sirini emas va turizmning ham ta’sirini emas 
balki, tabiatga insoniyatning butun sivilizatsiyasi davridagi 
ochko‘zligi va kaltafahmligi natijasida ayniqsa, o‘tgan asrning 
ikkinchi yarmidan to hozirgacha davom etayotgan tabiatni buzish, 
yemirish, talash va qirishining natijalarini izohlashgan.
Ekoturizmni rivojlantirar ekanmiz uning tabiatga yonlama 
(bilvosita) ta’siri bo‘lishi kutilmagan hodisa emas. Bu ta’sirlarsiz 
ekoturizmni rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu yerda asosiy mulohaza 
tabiatdagi ekoturistik so‘qmoqlar, ekoturistlarning nojo‘ya 
harakatlari, qo‘riqlanayotgan hududlardagi so‘qmoqlarda qisqa 
muddatli dam olish infratuzilmalari, ekoturistlarning shovqini va 
chiqindilari haqida bormoqda
60
.
61
.
62
.
63
.
Ekoturizmni tashkil qilishda ekoturizmda lider davlatlarning 
“alohida muhofazadagi tabiiy hududlar”da ekoturizmni rivojlantirish 
mexanizmlaridan foydalanishimiz kerak. Bu haqida 9-bobda 
yozildi, foydalanish tizimi chizma ravishda keltirildi (EKONET).
60
Äðîçäîâ À.Â. Îñíîâû ýêîëîãè÷åñêîãî òóðèçìà. Ìîñêâà: Ãàðäàðèêè, 
2005. C. 271.
61 
Ñåðãååâà Ò.Ê. Ýêîëîãè÷åñêèé òóðèçì. Ìîñêâà: Ôèíàíñû è ñòàòèñòè-
êà, 2004. C. 360.
62
Õðàáîâ÷åíêî Â.Â. Ýêîëîãè÷åñêèé òóðèçì. Ìîñêâà: Ôèíàíñû è ñòà-
òèñòèêà, 2003. C. 172.
63
Êîñîëàïîâ À.Á. Òåîðèÿ è ïðàêòèêà ýêîëîãè÷åñêîãî òóðèçìà. Ìîñêâà: 
ÊÍÎÐÓÑ, 2005. C. 240.


182
183
Bu foydalanish tizimining uchinchi zonasi 
(Bufer mintaqalar 
(foydalanishdan olinmagan, xo‘jalik faoliyati va tabiatdan ratsional 
foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib tabiatni tiklash sharoitlari ham 
yaratilgan)
da xo‘jalik faoliyatiga ruxsat berilgan. Chunki, milliy 
parklar tabiat qo‘riqxonalari va alohida muhofaza qilinadigan 
hududlarning barchasida aholi (asosan qishloq aholisi) yashashadi. 
Mamlakatimizdagi Zomin va Ugom-Chotqol milliy 
parklarining hududlarida ham ko‘plab qishloqlar bor. Bu qishloq 
aholisi o‘tgan vaqt davomida milliy park va qo‘riqxonalardagi 
tabiiy landshaftlardan foydalanish uchun ko‘plab so‘qmoqlar 
yaratishgan. Milliy park va qo‘riqxonalardan ekoturizmda 
foydalanishda dastlab ushbu so‘qmoqlardan foydalanish mumkin. 
Ikkinchidan, hayvonot olami haqidagi Afrika, Amerika, Hindiston 
yoki Avstraliya davlatlari milliy parklarida olingan filmlarni ko‘rsak 
yirtqich hayvonlarning ekoturistlardan hayiqmasligini tomosha 
qilamiz. 
Ekoturizmdagi ma’lum yillardan keyin ular albatta insonga 
o‘rganishadi (faqat ekologik so‘qmoqlar atrofida). Shuning uchun 
ham ekoturizmning tabiatga salbiy ta’siri (so‘qmoqlar ta’sirida 
landshaftlarning yemirilishi, hayvonotning, qushlarning “qochib” 
ketishi va tabiiy yashash muhitining o‘zgarib ketishi va boshq.)
ni vahima darajasiga ko‘tarish kerak emas. Yerlarning eroziyaga 
uchrashi, hayvonot olamining “qochib” ketishi, turlarning 
yashash tarzining buzilishi va boshqa salbiy o‘zgarishlar, 
suvlarning bulg‘anishi ekoturizmning “Prinsiplari”, “Qoidalari” 
va “Talablari”ga rioya qilinmaganda yuz beradi.
Xulosa shundan iboratki, ekoturizmning tabiatga salbiy 
ta’siri va uning darajalari, ko‘rsatkichlari Rossiyada va Markaziy 
Osiyo davlatlarida ilmiy-amaliy jihatlardan o‘rganilgan emas. 
Ekoturizmda ekoturizmni tashkil qiluvchilar va ekoturistlar 
ekoturizmning xalqaro prinsiplarini, huquqiy me’yorlarini 
o‘rgansalar va unga amal qilsalar, ekoturizmda tabiatdan 
foydalanishning qonun-qoidalari darajasidagi ekologik monitoring 
tashkil qilinsa va doimiy ekologik monitoringni olib borsa 
“Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar”dan ekoturizmda 
foydalanish insoniyatga va tabiat muhofazasiga faqat ijobiy “ta’sir” 
qiladi. Fikrimizcha, ekoturizmda tabiatga salbiy ta’sirning oldini 
olishda aholida va ekoturistlarda, ekoturistik bilim, ekoturistik 
madaniyatni shakllantirishda “tabiatga achinish his-tuyg‘ularini 
hosil qilish lozim” degan xulosalar to‘g‘ridek bo‘lmoqda. 
Yuqorida keltirilgan mavzularda ekoturizmni rivojlantirish 
modellarini ishlab chiqqan Yevropa davlatlarida bolalarni 
boshlang‘ich maktablarda “o‘lkashunoslik” va “tabiatshunoslik” 
fanlarini kuchli talab bilan o‘qitilishini keltirgan edik. Ko‘p 
yillik kuzatishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, uyida xonaki gullarni 
o‘stiruvchi, bolaligidan qandaydir hayvon turiga yoki qush turiga 
qiziquvchi talabalar “ekologiya” va “tabiatni muhofaza qilish” 
fanlaridan “a’lo” baholarga o‘qishadi.
Hozirgi davrda “Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi”ning 
xulosalari bo‘yicha qaysi bir davlatda endemik bo‘lgan hayvon yoki 
o‘simlik turining abadiy yo‘q qilinishi o‘sha davlatda yashayotgan 
xalqlarning ekologik bilimi va madaniyatining pastligi, tabiatini 
muhofaza qilish va saqlashdagi loqaydligini bildiradi.
Mavzuning xulosasida qayd qilish mumkinki, ekoturizmning 
tabiatga ijobiy ta’sirini ham, salbiy ta’sirini ham ekoturizm 
faoliyatiga kiritilgan tabiat hududlarida quyidagi ikki yo‘nalishda 
ilmiy-amaliy jihatlardan mukammal o‘rganish kerak:
1. Ekoturizmning tabiatni muhofaza qilishi.
2. Tabiatni ekoturizmdan muhofaza qilish.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish