174
175
3. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslarining ro‘yxatini
tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.
4. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini,
imkoniyatlarini, ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatlardan ishlab
chiqish.
5. Ekoturistik rayonning ekoturistik
resurslari reklamalarini
ishlab chiqish.
6. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslariga ekoturistik
ekskursiya va ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish.
7. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy,
ekologik va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqish.
8. Ekoturistik rayonda aholini ekoturizm sohasiga tayyorlashda
bepul o‘qitish va ekoturizm tadbirkorligi markazlarini tashkil
qilish.
9. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning hududiy
dasturlari va strategik rejalarini ishlab chiqish.
10. Ekoturistik rayonlardagi ekoturizm resurlarida
(obyektlarida) ekturistik infratuzilmalar yaratishga kirishish.
11. Respublikamizdagi viloyatlar o‘zlarining
ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga ekoturizmni rivojlantirish
dasturlarini ham qo‘shishi.
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlarida ekoturizmni
rivojlantirishni turizmda qisqa muddatlarda hal qilinadigan
masalalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, yuqorida keltirilgan
vazifalar mukammal ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni va tashkiliy-
iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ham
ekoturizm mutaxassislari dastlabki
bosqichda mamlakatimizning
viloyatlarida ekoturizmni rivojlantirish muammolarini o‘rganishni
boshlashlari lozim bo‘ladi. Bu yo‘nalishda dastlabki natijalar
yuzaga (Navoiy viloyati bo‘yicha) chiqdi
54
.
Bu holatning asosiy sababi birinchidan, O‘zbekistonda hali
majmuali turni, majmuali turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchi
54
Islomova R.A. Ekologik turizmni rivojlantirish muammolari. Toshkent: «Iqtisodiyot»,
2014. 131-b.
malakali turoperatorlarning juda kamligi hisoblanadi. Ikkinchidan,
turoperatorlarimiz respublikamizning tabiiy geografiyasini,
tabiiy mintaqalarning biologik xilma-xillik
resurslarini yaxshi
bilishmaydi. Uchinchidan, viloyatlardagi turistik resurslarning
rayonlashtirilmaganligidir. Shu sababli turoperatorlar turistik
resurslarning umumiy ro‘yxati bilangina ishlashadi, yoki
viloyatlarda faqat ancha ommaviylashgan turistik obyektlargagina
turmahsulot, turistik marshrutlar ishlab chiqishmoqda.
Ichki turizmda ham, ayniqsa
xalqaro turizmda bunday,
ya’ni har bir turistik obyektdan individual usulda foydalanish
davridan o‘tdik. Bu davrning turistik mahsuloti eskirdi. Hozir
xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yangi va faqat yangi turistik
mahsulotlar ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda.
Turistik resurslardan majmuali foydalanishning mazmuni
shundaki, tajribali turoperator bir turistik obyektni ko‘rishga kelgan
turist yoki turistlarni qo‘shni turistik obyekt yoki turistik hududga
qiziqtirishning uddasidan chiqishi lozim. Yevropa,
Amerika va
Xitoy davlatlaridagi turoperatorlar shu usulda ishlashadi. Shuning
uchun ham biz viloyatdagi ekoturistik-rekreatsion resurslardan
turizmda foydalanish uchun bu resurslarni viloyat bo‘yicha
rayonlashtirish bugungi turizm rivojining dolzarb talablaridan deb
hisoblaymiz.
Turistik rayonlashtirishda ko‘plab tadqiqotchilar hududlarning
turizmga yaroqliligi, turistik resurslarning jozibadorligini asos qilib
turizm tizimini hududiy va mintaqaviy
loyihalashtirishni taklif
qilishgan. Turistik hududiy birliklarda rayonlashtirilganda tahlil
obyekti qilib (asos qilib) geografik joylashishni, tabiiy sharoitini,
biologik resurslarini, etnik, madaniy, tarixiy va tarixiy-madaniy
resurslarini (arxitektura obidalari, o‘ziga xos an’anaviy
madaniyati,
muzeylari, madaniy markazlari), turizm industriyasining madaniy-
texnik resurslarini, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va zamonaviy
ekologik holatiga bahoni, ekologik ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarni
asos qilib oladi.
Yana bir muhimi ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlar
176
177
bir-biriga chegaradoshligi, bir ekoturistik
hududdan ikkinchi
bir ekoturistik hududga o‘tishi mumkinligi ham hisobga olindi.
Shuning uchun ham, bizning xulosalarimiz bo‘yicha bir ekoturistik
rayon ichidagi ekoturistik hududlardan majmuali foydalanish
imkoniyatlari yuqori darajada bo‘ladi (masalan, o‘rmonlardan suv
havzalariga, ulardan ijtimoiy-madaniy resurslarga va boshq.).
Do'stlaringiz bilan baham: