Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tayanch so‘z va iboralar:
ichki ekoturizm, xalqaro ekoturizm, 
xorij ekoturizmi, xalqaro turizm talablari, komfort, xalqaro 
turoperatorlar.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Xalqaro ekoturizm va ichki ekoturizmni tushuntiring.
2. Yevropa davlatlarining shaharliklar–qishloqlarga va 
qishloqliklar – shaharlarga shiori va dasturini tushuntiring.
3. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning 
maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘zbekistonda ichki ekoturizmni rivojlantirishga qanday 
maqsadlar qo‘yiladi?
5. Xalqaro ekoturizmning O‘zbekistondagi resurslarini aytib 
bering.
6. Xalqaro ziyorat turizmining resurslari qanday belgilanadi?
7. Qadimiy tarixiy obidalar qaysi turizm turining resurslari 
hisoblanadi?
17-mavzu. EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI 
MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Reja:
17.1. Ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolar.
17.2. Ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolarning yechimlari.
17.1. Ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolar
Ekoturizmni rivojlantirishda «O‘zbekistonda ekoturizmni 
rivojlantirish Konsepsiyasi» dasturlari bo‘yicha katta ishlar 
bajarilmoqda. Shu bilan birga respublikamizda ekoturizmni 
rivojlantirishda yechimlari ancha og‘ir, jiddiy bo‘lgan muammolar 
ham to‘planib qolgan. Bu muammolarning birinchi navbatda 
o‘z yechimini kutib turgani, ekoturizmni rivojlantirishdagi 
bosh ekoturizm resurslarining davlat muhofazasida turganligidir 
(9-jadval). Keltirilgan jadval ma’lumotlari 
bilan tanishib chiqib respublikamizda 
ekoturizm rivojlanishi kerak bo‘lgan 
birinchi navbatdagi ekoturizm resurslari 
davlat muhofazasida ekanligi ma’lum 
bo‘ladi. Bu holat juda to‘g‘ri qaror 
qilingan. Dunyoning barcha davlatlarida 
ham 9-jadvaldagi tabiiy hududlar o‘zining 
o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi 
bilan qattiq qo‘riqlanadi. 
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, juda ko‘plab davlatlarda, 
ayniqsa tabiatda noyob o‘simlik yoki hayvon turlari muhofaza 
qilinadigan qo‘riqxonalardan ham ekoturizm maqsadlarida samarali 
foydalanishadi. Bunga misol qilib Afrika, Kanada, Amerika, 
Avstraliyadagi qo‘riqxonalar, rezervatlar va milliy parklar haqidagi kino 
seriallarning tobora ommaviylashib borayotganligini keltirish mumkin.
Bu holatning eng muhim sababi, bu muhofazadagi 
manzillardan ekoturizmda foydalanishning huquqiy-qonuniy 
me’yorlari yaratilganligidir va bu qonunlarga «mehmonlar» ham, 


208
209
«mezbonlar» ham qattiq rioya qilishadi. Respublikamizdagi tabiat 
qo‘riqxonalariga faqat ilmiy xodimlar kirishga ruxsat beriladi. 
Bu qo‘riqxonalarga hatto maxsus ilmiy ekspeditsiyalar ham 
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasini olishi kerak.
Shuningdek, respublikamizning daryo va suv havzalari, suv 
omborlariga kirish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va 
suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqiqlangan. Tabiatimizning 
diltortar tog‘ va cho‘l landshaftlari haqida ham qayd qilingan 
cheklovlarni keltirish mumkin. Mamlakatimizda xalqaro 
ekologik turizmni rivojlantirish uchun birinchi navbatda tabiat 
qo‘riqxonalarimizdan xalqaro ekologik turizmni rivojlantirishda 
foydalanishning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratishimiz kerak. 
Chunki, xalqaro ekologik turizmning asosiy resurslari milliy parklar, 
tabiat va biosfera qo‘riqxonalari, alohida muhofazadagi hududlar 
hisoblanadi. Ekoturizmni rivojlantirish uchun ekoturizmning 
asosiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilib 
ekoturizmdagi muammolar quyidagilar ekanligi ma’lum bo‘ldi:
1. Respublikadagi asosiy ekoturizm resurslariga turistik 
marshrutlar ishlab chiqish qoniqarsiz holatdaligini alohida 
ta’kidlash zarur.
2. Qo‘riqxonalar, zakazniklar va milliy parklarda ekoturizm 
so‘qmoqlari, marshrutlari va bu marshrutlarda turistlarga xizmatlar 
ko‘rsatish, dam olish va tunash manzillarini yaratishga haligacha 
kirishilgan emas. 
3. Respublikamizda ekoturizm resurslaridan foydalanishning 
huquqiy-qonuniy me’yorlari hozirgacha ishlab chiqilmagan.
4. Ekoturizmni rivojlantirishda ekoturizm maskanlaridagi 
tadbirkorlik, tashabbuskorlik, turizm-biznes mahalliy mehnat 
resurslarining ish bilan band bilishidagi ta’lim-targ‘ibot, qiziqtirish 
ishlari qoniqarsiz ahvolda.
5. Ekoturizmni rivojlantirishda ichki ekoturizm va xalqaro 
ekoturizmning milliy reklamasi ichki turizm bozoriga ham, tashqi 
turizm bozoriga ham chiqarilmagan.
9-jadval

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish