Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolarning yechimlari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

17.2. Ekoturizmni rivojlantirishdagi muammolarning yechimlari
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda 
ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va 
tadbirlar «Ekoturizm Konsepsiyasida» mukammal holatda 
berilgan. Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda 
O‘zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishini e’tiborga 
olgan holda «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
Davlat qo‘mitasi» Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy 
hududlarida ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan 
quyidagi asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi
75
:
1. Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, jahon 
talablariga javob beraoladigan yuqori malakali mutaxassislarning 
yetishmasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxassislarni 
ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSH, Yaponiya, 
Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun 
o‘qishga, ishga yuborish lozim.
2. Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va 
iqtisodiy asoslangan katta-kichik, qisqa va uzoq muddatga 
mo‘ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga 
oshirish lozim (imtiyozli kredit asosida).
3. O‘zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob 
beraoladigan moddiy-texnik, axborot tahliliy bazasini yaratish, 
xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish zarur.
4. Vatanimizning tarixiy yodgorliklari, go‘zal va betakror 
tabiati, landshafti, nabotot va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, 
turistik atlas va xaritalar yordamida dunyo ekoturizm bozorida 
targ‘ibot ishlarini amalga oshirish lozim.
5. Baday-to‘qay va «Jayronxona» ekomarkaziga qo‘shni 
hududlarda Markaziy Osiyoda qirilib ketishi xavfli bo‘lgan noyob 
75
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi, «Ekologik 
xabarnomasi», j. ¹ 6, 2007, Toshkent. 8–14-bb.
hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun milliy bog‘lar tashkil 
qilish lozim.
6. O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha yangi ekoturistik dasturlar, 
yo‘nalishlar va xaritalar tuzish kerak.
7. Ekoturizm sohasi bilan bog‘liq tashkilotlarga ko‘proq 
huquqlar, imtiyozli kreditlar berish, “Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” tomonidan 
ishlab chiqilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 
qonunga ekoturistlarga nisbatan huquqiy nazorat ishlarini 
yengillashtirish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Vatanimiz ekoturizmining taraqqiyot salohiyati nihoyatda 
katta va uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha 
imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan 
jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga 
tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda 
xatolarsiz amalga oshirish lozim. Qayd qilingan muammolar 
ham mamlakatimizda turizmni va ekoturizmni rivojlantirishga 
kirishganimizdan keyingina aniqlanmoqda. 
O‘z rivojlanishini boshlagan har qanday soha taraqqiyotiga, 
istiqboliga bosqichma-bosqich yetib boradi. Birinchi navbatda ana 
shu bosqichlardagi muammolarning bajarilish darajalari va ketma-
ketligini aniqlash talab qilinadi. Ikkinchidan, muammolarning 
yechimini topishda albatta mukammal tajriba va mukammal 
tadqiqot natijalariga asoslanish lozim. Ikkinchidan, ekologik 
turizm faoliyati tabiat muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lganligidan 
ekoturizmni tashkil qilishdagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘ta 
darajadagi diqqat-e’tiborni talab qiladi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish