Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tayanch so‘z va iboralar: 
ekologik muammo, xalqaro 
darajalar, ilmiy ekspeditsiya, zaxira, ekologik cheklov, biznes reja, 
antropogen, landshaft.


214
215
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Ekoturizmni rivojlantirishning qanday muammolarini 
bilasiz?
2. Qo‘riqxonalardan ekoturizmda foydalanishda ruxsat 
beriladimi?
3. Ekoturizmdagi xalqaro EKONET tizimini bilasizmi?.
4. Ekoturizmni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak?
5. Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha savollar tayyorlab keling.
6. Ekoturizm tabiat muhofazasi bilan qanday bog‘langan?
7. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturi 
bormi?
8. Mavzu matnidagi xalqaro ekologik ramzni ta’riflang.
18-mavzu. EKOLOGIK TURIZM MARSHRUTLARINING 
REKLAMALARINI ISHLAB CHIQISH
Reja;
18.1.Turizm va ekoturizm marshrutlarning reklamalarini ishlab 
chiqish va reklama qilish.
18.1. Turizm va ekoturizm marshrutlarining reklamalarini ishlab 
chiqish va reklama qilish
Turistik marshrutlar alohida 
turlar uchun ishlab chiqilganligidan 
uning reklamasi ham turlar 
bo‘yicha alohida reklama qilinadi. 
Bu reklama mazmuni reklama 
qilinayotgan turga bag‘ishlanadi. 
Marshrutlarning reklama mazmuni 
tanlanganda va ishlab chiqilganda quyidagilarga e’tibor berish 
lozim bo‘ladi:
• reklamaga turning eng qiziqarli, asosiy resursi-obyektini 
kiritish;
• reklamada marshrutning yo‘nalishi atrofida joylashgan 
(agar mavjud bo‘lsa) diqqatga sazovor turistik obyektlarni rangli 
tasvirlash;
• reklamada marshrut davomida o‘tkaziladigan ekskur-
siyalarning qiziqarli obyektlarini rangli tasvirlash;
• reklamada marshrut davomida ko‘rsatiladigan xizmatlarni 
tasvirlash.
Respublikamizda turizmni rivojlantirish uchun dastavval har 
bir turistik resursga turistik marshrut ishlab chiqilmog‘i zarur.
Turizmdagi reklamada 3 ta zaruriy obyekt bo‘ladi. Birinchisi–
turistik obyekt (makon, manzil), ikkinchisi – turistik marshrut, 
uchinchisi – turistik marshrutdagi xizmatlar.
Reklamaga turning eng qiziqarli, asosiy resursi–obyektini kiritish 
va izohlash. 
Bu talabda reklamaga barcha turlarning asosiy obyekti 


216
217
rangli tasvirda kiritiladi. Bu usul jahon turizmida eng qulay, 
natijali va tan olingan usul hisoblanadi. Respublikamizdagi tarixiy 
obidalar turizmida qayd qilingan usulda reklama mahsulotlari jahon 
andozalarida chop qilinib dunyo mamlakatlariga tarqatilmoqda. 
Biz turistik obyekt yoki ziyoratgoh manzilini so‘rab-surishtirib 
borishga o‘rganganmiz Reklamada turistni turistik resursga–
obyektga chorlaydigan markaziy obyekt birinchi betda, ko‘rinarli 
holatda, rangli tasvirda, qisqacha izoh bilan berilishi lozim. 
Masalan, ekoturizm ishqibozlari xilma-xil hayvonot dunyosiga 
qiziqishadi, biri qushlarga, biri hayvonlarga. Bunday reklamalarga 
ma’lum joylarda (tog‘larda, qo‘riqxonalarda, buyurtmaxonalarda, 
suv havzalarida va h.k.) yashayotgan, ko‘paytirilayotgan, asosiy 
diqqat-e’tibordagi yakka yoki o‘sha joyda yashayotgan hayvonot 
olamining vakillari birgalikda beriladi.
Masalan, Nurota Qo‘riqxonasida 600 tur o‘simliklar o‘sadi. Bu 
o‘simliklarning umumiy fondini rangli qilib berish reklamaning 
ta’sirchanligini oshiradi. Shuningdek, qo‘riqxonaning Osraf 
darasida tog‘ hayvonlari tasvirlangan qoyatoshlarni ham reklamaga 
kiritish reklama bilan tanishgan turistlarda qiziqish hosil qiladi. 
Qo‘riqxona hududidagi Majrum qishlog‘ida ming yoshli ulkan 
archa daraxti hozir ham ko‘karib turibdi, bu archani ham 
tayyorlanadigan reklamaga kiritish reklamaning ta’sirchanligini 
kuchaytiradi. Shuningdek, qo‘riqxonada burgut, lochin va 
qora kalxatlar ham reklamaga albatta rangli tasvirda kiritilishi 
reklamaning jozibadorligini kuchaytiradi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish