Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tayanch so‘z va iboralar:
direkt meyl, «Qizil kitob», turistik 
shartnoma, transparant, kitob reklamasi, matbuot reklamasi, afishalar.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Turizm reklamasini va turistik marshrut reklamasini qanday 
tushunasiz?
2. Turizmda reklamalarning qanday turlarini bilasiz?
3. Turizm reklamalari qanday usullar bilan reklama qilinadi?
4. Turizm reklamasida xabarlar va axborotlar qanday tartibda 
qo‘yilishini o‘rganing va amaliy darslarda gapirib bering.
5. Turizm reklamalarini kim ishlab chiqadi va qanday tarqatilishi 
yoki sotilishini o‘rganing va amaliy darslarda gapirib bering.
6. Ekoturizm reklamalari qanday ishlab chiqiladi?
7. Turizm reklamalari qanday vositalar bilan tarqatiladi?


226
227
19-mavzu. EKOLOGIK TURIZMNING MARSHRUTLARINI 
YARATISH
Reja:
19.1. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari.
19.1. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari
Mavzuning rejasi bo‘yicha turizmda 
marshrutlar ishlab chiqish tamoyillari 
bilan ekoturizm marshrutlarining ta’rif 
va tavsiflarini ishlab chiqamiz.
1. Ekoturizm marshrutlaridagi 
jozibadorlik, betakrorlik tamoyili 
talablari haqida ta’riflashni batafsil 
keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik 
qilsa kerak. Ekoturizmning kelib 
chiqishi ham insonning tabiatni 
sog‘inishi, hozirgi sivilizatsiya bo‘hronlaridan (atmosferaning 
ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib borayotganligi, noyob 
o‘simlik va hayvonotning insondan uzoqlashib borayotganligi, toza 
havoning yetishmayotganligi va hokazolar) charchaganligidan, 
insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni 
xohlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda 
tabiatdagi jozibadorlik – betakrorlikning o‘zi ham tabiiy 
mintaqalarning o‘ziga xos bo‘lgan landshaftlari, shu mintaqada 
o‘suvchi o‘simliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish jihatlarini 
hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ekologik marshrutlar tuzishda ishlatiladigan jozibadorlik va 
betakrorlik ko‘rinishlari O‘zbekistondagi 5 ta tabiiy ekologik 
mintaqada mavjud. Shuning uchun ham ekologik maskanlarga 
– resurslarga marshrut tuzishda bu tamoyilni qo‘llashning 
kutilgandan ziyoda bo‘lgan imkoniyatlari bor. Eng muhimi, 
marshrut tavsifida ekologik resursdagi jozibador va betakror tabiiy 
ko‘rinishlar birinchi navbatda rasmlar tasvirida berilishi kerak. Bu 
tipdagi marshrutlarni ishlab chiqishda albatta noyob hayvonot 
olamidagi qushlar, hayvonlar, «Qizil kitob»dagi hayvonot 
turlarining rasmlari, ta’riflari marshrut ma’lumotlarida berilishi 
maqsadli bo‘ladi.
2. Imkoniyatning yaratilganligi tamoyili
da ekoturizm resursiga 
marshrutlar ishlab chiqish juda jiddiy masala. Bu tamoyilga 
amal qilib ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda quyidagi 
imkoniyatlar bo‘lishi talab qilinadi.
1) ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy 
tartiblari yaratilganligi;
2) ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning 
(so‘qmoqlar, yo‘llar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va 
faoliyat ko‘rsatishi;
3) ekoturizm maskanlarida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish 
tizimlarining tashkil qilinganligi (dam olish, tunash, ovqatlanish, 
ko‘ngil ochar o‘yinlar, qisqa muddatli ekskursiyalar va h.k.).
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Davlat muhofazasidagi 
tabiat landshaftlari, qo‘riqxonalar, tog‘ tizmalariga turistlar 
kiritilishining huquqiy-qonuniy me’yorlari ishlab chiqilmagan. 
Bu me’yorlar endi yaratilmoqda. Bu ekoturizm maskanlaridan 
ekoturizmda foydalanishning eng muhim imkoniyatlari hozircha 
yo‘q. Shuning uchun ham bu tamoyilning talablari (1,2,3) amalda 
bajarilgandagina ekoturizm resurslariga, obyektlariga turistik 
marshrutlar ishlab chiqish zarur bo‘ladi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish