Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Reklamada marshrutning yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan diqqatga 
sazovor turistik obyektlarni tasvirlash. 
Turizm reklamalarini 
ishlab chiqishda turoperatorning yetuk bilimli, malakali va 
qiziquvchanligi turistik firma uchun juda muhim omildir. Turistni 
belgilangan marshrut bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri u tanlangan turistik 
obyektga (makonga) olib borish mumkin. Turoperatorning bilimi, 
qiziquvchanligi va ustamonligi omilini ishlayotganimizda yoki 
undan talab qilganimizda turist tanlagan ma’lum bir turistik 
marshrut reklamasiga mazkur marshrut bo‘ylab joylashgan 
qiziqarli tur-obyektlarning rasmlarini qisqacha izohlash albatta 
qiziqarli bo‘ladi. Masalan, Samarqand shahriga kelgan turist 
reklama bo‘yicha viloyatimizning eng so‘lim go‘shalaridan biri 
bo‘lgan Omonqo‘ton vohasida 1–2 kun dam olishni xohlaydi 
(rekreatsiyali va ekoturizm). Bunday buyurtmalarga turfirma va 
mehmonxonalarda ishlayotgan turoperatorlarda hamisha zaxirada 
qo‘shimcha turistik marshrut reklamalari bo‘lishi lozim va shunday 
bo‘lishi ham kerak.
Omonqo‘ton vohasiga boradigan turistik marshrutning 
zaxiradagi reklamasiga marshrut bo‘ylab joylashgan ko‘plab yoki 
asosiy diqqatga sazovor turistik obyektlarni joylashtirish mumkin. 
Masalan, Samarqandga kelib Omonqo‘tonni ko‘rishni xohlagan 
turist va turistlar albatta birinchi kuni Samarqand shahridagi 
tarixiy obidalarni tomosha qilishadi va ikkinchi kundan boshlab 
Omonqo‘ton vohasiga turistik marshrut asosida yo‘lga tushadi. 
Ana shu turistik marshrut reklamasiga birinchi navbatda 
Samarqand shahridan chiqishda joylashgan, naqshbandiya tariqatining 
jahonga mashhur allomasi Xoja Ahror Vali hazratlarining madrasasi 
binosini rangli tasvirda joylashtirish maqsadli bo‘ladi. Chunki, Xo‘ja 
Ahror Vali nomi ham Temuriylar davrida qurilgan Xo‘ja Ahror 
Vali madrasasining qurilishi, mahobati va rang-barangligi ham 
Temuriylar qurgan ulkan, tarixiy binolardan kam emas. Xuddi ana 
shu reklamaga shahardan chiqishdagi qadimiy Darg‘om kanalining 
rasmi va qisqacha tarixini berish ham turistni qiziqtiradi. Ushbu 
reklamaga Omonqo‘ton yo‘lidagi tosh haykallarning rasmlarini 
joylashtirish ham albatta turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Ular tabiiy 
jarayonlar ta’sirida hayratomuz ko‘rinishni hosil qilgan tabiiy 
tosh haykallarni tomosha qilishadi, rasmlarga tushishadi, turistlar 
jozibadorlik, takrorlanmaslikni ko‘rib yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi. 
Har bir turistik marshrut reklamasida qayd qilingan usullarni 
qo‘llash mumkin. Turistik marshrut reklamasi faqat diqqatga 
sazovor turistik obyektlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ba’zi 
hollarda turistik makonga yetguncha birorta ham qiziqarli turistik 
obyektlar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday marshrutlarda tabiiy 


218
219
va antropogen landshaftlardagi so‘lim, rekreatsion obyektlarga 
ekskursiyalar uyushtirish lozim bo‘ladi.
Reklamada marshrut davomida o‘tkaziladigan ekskursiya 
obyektlarini tasvirlash.
Turizmda ishlab chiqiladigan marshrutlarda 
ekskursiyalar (sayrlar) qanchalik ko‘p bo‘lsa marshrutning 
betakrorligi, jozibadorligi, turli-tumanligi shunchalik kuchli 
bo‘ladi. Har qanday turobyektga turistik marshrutning reklamasi 
ishlab chiqilganda marshrut davomida nechta ekskursiya o‘tkazish 
rejalashtirilsa barchasi haqida turmarshrut reklamasida rangli rasm 
va qisqacha izoh bo‘lishi marshrutni tanlagan turist uchun yaxshi 
axborot bo‘ladi.
Reklamada marshrut davomida ko‘rsatiladigan xizmatlarni 
tasvirlash. 
Turistik marshrut davomida turistlarga ko‘rsatiladigan 
xizmatlar haqida ushbu o‘quv qo‘llanmadagi mavzularda batafsil 
yozildi. Endi turistik marshrutdagi xizmatlarni ham marshrut 
reklamasida aks ettirish turistlar uchun talab qilinadigan axborotlar 
ro‘yxatida turadi. Turistik marshrutlardagi xizmatlar reklamada 
tasvirlaganda reklamadagi asosiy obyektlardan, qo‘shimcha 
obyektlardan va ekskursiya obyektlaridan keyin qo‘yilishi mumkin. 
Bu holatda dastlab marshrutda xizmat qiladigan yuqori 
komfortli transport xillari, ovqatlanishdagi milliy taomlar, eng 
so‘nggida dam olishdagi sharoitlar kichik rangli rasmlarda ham 
berilishi turistlarni ancha xotirjam qiladi. Ular marshrut davomida 
yuqorida qayd qilingan xizmatlarni so‘rab-surishtirib yurmaydi. 
Respublikamizda hozirgi kunga kelib Chimyon tog‘-chang‘i sporti 
turizmi majmuasi, yirik, xalqaro kurortlarimiz jahon andozalari 
talabida reklama chiqarmoqda va xalqaro turizmda turistlar 
oqimining kelishiga yaxshi sharoitlar yaratmoqda.
Turizmda reklama ishlab chiqarish mutaxassislarining fikricha:
• rangli reklamalar oq-qora rangdagilarga nisbatan 65–70% 
ko‘proq ko‘zga yaxshi tashlanadi;
• sifatli ranglangan rasmlari bor reklama sifatsiz rasmli 
reklamaga qaraganda bir yarim barobar ko‘p kishilarni o‘ziga 
jalb qiladi;
• sariq hoshiyadagi qora rangdagi matn boshqa ranglarga 
qaraganda ko‘proq kishilarni matnni o‘qishga jalb qiladi;
• reklamada ramkalangan tasvirlar, izohlar ramkalanmagan 
matnlarga nisbatan birinchi navbatda o‘qiladi;
• reklamadagi so‘z o‘yinlari uning o‘quvchanligini pasaytirib 
yuboradi;
• reklamada matn qanchalik qisqa bo‘lsa tez yodda qoladi.
Reklama turizmning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib, turistlarga faqat 
sayohat vaqtida emas, balki undan so‘ng ham xizmat ko‘rsatadi. 
Bu esa reklamaga alohida mas’uliyat yuklaydi va turizmdagi tovar 
hamda xizmatlarni taklif qilishda turizm bozoridagi axborotlarga 
to‘la moddiy mahsulot vazifasini bajaradi. Yodda tutish lozimki, 
turistik marshrut qanchalik mukammal ishlab chiqilsa uning 
reklamasi mazmuni shunchalik qiziqtiruvchi ma’lumotlarga boy 
bo‘ladi. Turizm bozorida reklama qanchalik ko‘p bo‘lsa, xalqaro 
miqyosda ham, mahalliy miqyosda ham turistlar oqimining 
kuchayishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Ko‘pincha, bir reklama axborotida mahsulotni harakatlanti-
ruvchi har uchala tashkil qiluvchini ham hisobga olish talab qilinadi 
(yo‘nalish, safarlar ko‘rinishlari va iste’molchilar kategoriyalari 
bo‘yicha ajratilgan takliflar). Bunda reklamaning quyidagi asosiy 
prinsiplarini hisobga olish zarur: 
• reklama qisqa bo‘lishi lozim, aks holda u oxirigacha qabul 
qilinmaydi; 
• reklama mijozlarga tushunarli bo‘lishi kerak, chunki ongli 
qabul qilingan narsalar odatda xotirada ko‘proq saqlanib qoladi;
• axborotning boshidagi va oxiridagi xabarlar axborotning 
o‘rtasida keltiriladigan ma’lumotlarga qaraganda yaxshi esda 
qoladi. Reklama axboroti maketi va matnini tuzishda asosiy 
ma’lumot bilan boshlab, u bilan tugatish uchun uni oldindan 
ajratib olish lozim;
• ma’lumotlar odatiy tushunchalarga, ishonchlar, fikrlarga zid 
bo‘lmasa, yengil qabul qilinadi va yaxshi eslab qolinadi;
• jamiyat hayotining asosiy tendensiyalari ruhiyatini ham 


220
221
hisobga olish zarur. Buning uchun aholi ichida ijtimoiy so‘rovlar, 
ya’ni marketing tadqiqotlarini o‘tkazish kerak. Faqat shu orqali 
mijozlarga nima yoqishini bilib olish mumkin.
Turistik firmadagi reklama bo‘yicha taktik qarorlar 
o‘z ichiga 3 
blok savollarni oladi:
• reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash;
• reklama e’lonlariga to‘lovlar va xarajatlarni nazorat qilish; 
• reklama murojaatnomalarining chiqish grafigi.
Ekoturizm marshrutlarining reklamasini ishlab chiqishda dastlab 
ekoturizm marshrutining mavzusi aniqlanadi. Respublikamizda 
ekoturizmni rivojlantirishda tabiat qo‘riqxonalaridan foydalanish 
haqida juda ko‘plab mulohazalar va takliflar, tavsiyalar 
bildirilmoqda. Lekin, yuqorida qayd qilganimizdek, tabiat 
qo‘riqxonalaridan ekoturizm maqsadlarida foydalanishning 
huquqiy me’yorlari ishlab chiqilmaganidan hozircha bu ekoturistik 
salohiyatdan foydalanish imkoniyatlari yo‘q. 
Shunga qaramasdan hozirdanoq tabiat qo‘riqxonalarimizdagi 
ekoturistik obyektlarni ro‘yxatga olishimiz va ularning 
tavsiflarini yozib borishni boshlashimiz kerak. Albatta, tabiat 
qo‘riqxonalarning o‘ziga xos bo‘lgan tabiat landshaftlarining rangli 
tasvirlari kataloglari ishlab chiqilgan. Ekoturizm rivojlanishidagi 
xalqaro statistikani ko‘rganimizda ichki turizmda ham xalqaro 
turizmda ham 70–80% turistlar tabiat qo‘riqxonalaridagi noyob 
ayniqsa, tubjoy tabiatidagi hayvonot olamiga qiziqishmoqda. 
Quyida biz O‘zbekiston cho‘llarining tabiatidagi hayvonot olamini 
tasvirlovchi ekoturistik marshrutdagi asosiy va qiziqarli hayvon 
turlarini reklama qilish loyihasini ishlab chiqamiz.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish