O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sillogizmning tarkibi
xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan 
tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar 
terminlar
deb ataladi. 
Xulosaning mantiqiy egasi – S 
– kichik termin
(terminus minor), mantiqiy kesimi – 
R – 
katta termin
(terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy 
bо‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) 
о‘rta 
termin
deb ataladi. Asoslarda katta terminni о‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, 
kichik terminni о‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. 
S – kichik termin; 
M – о‘rta termin; 
R – katta termin. 
О‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy element hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasi 
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy 
mulohazalar bо‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. 
Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. 
Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmi yoki mazmuniga kо‘ra, ya’ni atributiv 
ta’riflash mumkin. 
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga 
asoslanadi: 
«Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bо‘lsa, ikkinchi buyum esa 
uchinchi bir buyumning ichida bо‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning 
ichida joylashgan bо‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bо‘lsa, 
ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bо‘lsa, unda birinchi buyum 
ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bо‘ladi».
Bu qoidani quyidagi 
shakllar yordamida ifodalash mumkin. 











279 
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari 
asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: 
buyum va hodisalarning sinfi tо‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf 
tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlar ham taalluqli fikr 
hisoblanadi.
 
Masalan: 
Tafakkur shakllari obyektiv xususiyatga ega. 
Tushuncha tafakkur shaklidir.
 
Tushuncha obyektiv xususiyatga ega. 
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi 
о‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi

biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu 
buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bо‘lgan narsalar buyum, 
hodisaning о‘ziga ham ziddir.
 
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni о‘zaro uzluksiz, obyektiv 
bog‘langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma 
umumiylikka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik juz’iylik, 
umumiylik xislatiga ega bо‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining 
о‘zaro uzviy bog‘langanligi, ya’ni buyumlar jinsi ayrim о‘ziga xos belgiga ega 
bо‘lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham xos belgi bо‘lishini 
ifodalaydi. Bular esa, о‘z navbatida, yakkalik va umumiylik hamda miqdor va sifat 
о‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida о‘ziga xos namoyon 
bо‘lishidir. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish