chuvillashib aytardik. Menda she'rga havas ana shunday tug`ilgan. Hali alifboni
egallamasdan oldin she'r yaratganman."
Shayxzoda Oqtoshdagi ibtidoiy maktabda savodini chiqardi. Zehni tezligi,
iqtidori yaxshiligi tufayli 13 yoshidayoq Bokudagi dorilmuallimin
bilim yurtiga
o`qishga kiradi. Uni 1925-yili tamomlab, Dog`istonning Darband shahriga ishga
yuboriladi. Maktabda muallim bo‟lib ishlayotgan yigit siyosiy voqealarga ham
aralasha boshlaydi. Bu paytda Dog`istonni Rossiya tarkibiga qo`shib
olish
harakati boshlangan edi. Bunga qarshi Dog`iston xalqi, ayniqsa, ziyolilar qattiq
qarshilik ko‟rsata boshlaydilar, mitinglar uyushtiriladi, namoyishlar o`tkaziladi. 17
yashar o‟smir Shayxzoda bu voqealarda faol qatnashadi va tashkilotchi sifatida
qo‟lga olinadi. Keyin u sud qilinib, Ozarboyjondan badarg`a qilish haqida hukm
chiqariladi. 1928-yilda Toshkentga kelib qolishining
sababi aslida mana
shundaydir. (Shayxzodashunos tadqiqotchi M.Zokirov bilan 1988-yil 23.11. da
bo`lgan suhbatdan.) Bu voqea esa qariyb 70 yillar o`quvchidan sir saqlab kelindi.
Shundan boshlab, Maqsud Shayxzoda o`zbek xalqining ozar o‟g`loni bo`lib
qoldi. U Toshkentga kelgach, o`zbek tilini qunt bilan o`rganadi va tez orada shoir
sifatida taniqli bo`ldi.
Maqsud Toshkentga kelib Narimonov nomidagi texnikumda muallimlik qiladi.
Keyin "Sharq haqiqati", "Qizil O`zbekiston" gazetalarda ishlaydi. Gazetalar uni
ijodiy muhit bilan yaqinlashtirdi, yangi do`stlar orttirdi. Shayxzodaning ijodi
aslida o`z
ona yurtida, dorilmualliminda o`qib yurgan paytlarida boshlangan.
Toshkentda yashayotgan shoirning birinchi she'ri 1929-yilda " Sharq haqiqati"
gazetasida "Traktor" degan nom bilan bosilgan. 1933-yilda shoirning birinchi
she'riy to‟plami "O‟n she'r" nomi bilan bosilib chiqdi. Shundan so‟ng birin-ketin
"Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934) " Jumhuriyat" (1935) "Yangi
devon" 1937 kabi to`plamlari bosildi va shoirga katta shuhrat keltirdi. Urush
yillarida uning " Kurash nechun?", "Jang va qo`shiq", "Ko`ngil deydiki", "Grozoy
rojdenke", "Serdsa govorit" to`plamlari e‟lon qilindi. 1944-yilda tarixga murojaat
qilib, o`zbek xalqning vatanparvar o‟g`loniga bag`ishlab "Jalolidin Manguberdi"
dramasini yaratdi. 1945-yilda esa " O‟n besh yilning daftari" kitobini nashr ettirdi.
Bu to‟plam shoir ijodining ma‟lum bosqichini yakunlaydi. Demak,
bu bilan
shoirlik ijodiy qalamini o`zbek adabiyotida tashlaganligini rasman tan oladi.
Shundan keyin birin-ketin M.Shayxzodaning "Yillar va yullar", "Yurt she'rlari",
"Olqishlarim", "Zamon torlari", "Shuola", "Sozim", "Xiyobon" singari baquvvat
she'riy tuplamlri kitobxonalar qo‟liga tegdi. Bu orada "Ulug`bek yulduzlari"
kinotarixini, "Mirzo Ulug`bek" (1964) tarixiy dramasini ham yaratdi. Keyin
arxividan "Abu Rayhon Beruniy" dramasining eskizlari topildi. Afsuski, "Yarim
asr devoni"ni tugata olmay, 1968-yilning 19- fevralida olamdan o`tdi.
Alloma
shoirmiz ijodining boshlaridayoq "Men yashamoq istayman uch raqamli bir
sonda", ya‟ni 100 yoshga kirishini orzu qilgandi.
Shayxzoda o`zining "She'r va shoir" manzumasida "Inson sharofati
she'rlarimga mavzu" deydi, chunki "u bilan musharraf qo‟shiq va yozuv":
Do'stlaringiz bilan baham: