4.Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining tarixan yoritilishi.
5.Roman va adabiy tanqidchilik.
6.Romanning tili haqida.
Oybekning "Quyosh qoraymas" romani o`zbek askarlari va ofitserlarining
urushdagi hayoti va qahramonligini ko`rsatishga bag`ishlangan.
"Quyosh qoraymas" romanidagi bir batalyon hayotining tez va shiddatli
kechgan tarixini ifodalash orqali II jahon urushida fashizm ustidan g`alaba
qozonish uchun barcha erksevar xalqlar bir jon, bir tan bo`lib, kurashishlari lozim
ekanligi badiiy gavdalantirilgan. Asardagi katta - kichik, asosiy yoki yordamchi
obrazlarining har biri ana shu ulug` istak bilan yashaydilar va jang qiladilar.
"Ulug` yo`l" romani "Qutlug` qon" romanining mantiqiy davomi sifatida tan
olingan. Ular mavzu va muammo jihatdan bir - birini to`ldiradi, davom ettiradi va
boyitadi. Agar "Qutlug qon" romanida 1916-yilgi milliy ozodlik harakati va uning
shafqatsiz ravishda bostirilishi tasvirlangan bo`lsa,"Ulug` yo‟l"da undan keyingi
yillardagi voqealar aks ettirilgan. Muhimi, Oybek bu romanida yangi tipdagi
qahramon – ziyoli obrazini yaratgan.
"Ulug` yo‟l" romani adibning og`ir xastalik yillarida bitilganligidan talay
kamchiliklar, yetishmovchiliklar, til g`alizliklar, tasvirda no‟noqliklar uchraydi.
Ammo bu bilan asarni past saviyada yozilgan demoqchi emasmiz. Hamid Olimjon
aytganidek, "Oybek prozada shoiru she'rda prozaikdir". Haqiqatan ham
o`zbek nasriga she'riyatning muattar nafasini olib kirgan bo`lsa, she'riyatni faqat
nasrga daxldor bo`lgan tafsilotlar marjoni bilan boyitdi. Nasriy asarlaridagi
shoirona nutq boshqa biror yozuvchida uchramaydi, she'rlaridagi, dostonlaridagi
tasvir mukammalligi esa uning o`zigagina xos fazilat bo`lib qolaveradi. 1999-yilda
bir qator yozuvchilar qatori “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O‟zbekiston Hukumati qarori bilan 2005-yilda Oybekning 100 yilligi keng
nishonlandi.
N a z o r a t s a v o l l a r i
1. Oybekning tarjimai holi haqida nimalar bilasiz?
2. U qanday qilib ijod gulshaniga kirib keldi?
3. Adibning ilk dostoni qachon yaratildi, unda nimalar haqida hikoya qilindi?
4.Adibning liro-epik merosi haqida so`zlab bering.
5.Oybek lirikasining yetakchi xususiyatini nimada deb bilasiz?
6. «Na‟matak» she'rining badiiy xususiyati haqida so`zlab bering.
7.Oybekning qaysi she‟rlarini yod olgansiz?
8. Oybek ijodida qanday o`ziga xos ramziy obrazlar mavjud?
9.Shoir lirikasining tili haqida so`zlang, misollar keltiring
10.Shoir lirikasiga bo`lgan adabiy jamoatchilikning fikri nimadan iborat?
11.Oybekning qaysi qissa va romanlarini bilasiz?
12.Oybekning qaysi dostonlarini bilasiz?
13. Oybekning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar deysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: