ma‟naviyatga,kelajakka e‟tibor” asarida fikrini davom ettirib,shunday deydilar:
“Mening fikrimcha, yozuvchilik – bu oddiy kasb emas, xudo bergan
iste’doddir. Bu – qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda
o’qitib, o’rgatib bo’lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham
bitta. U ham bo’lsa,bir umr hayotning ichida bo’lish, o’z xalqi bilan
hamdardu hamnafas bo’lib yashash,haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat
qilishdir”
5
.
XX asr o‟zbek adabiyoti ko‟p asrlik milliy adabiyotimiz tarixida alohida
o‟rin egallaydi. Bu davr adabiyotining aksar namoyandalari sovet davrida yashab
ijod etgan va ularning asarlari shu davr mafkurasi ta‟siridan xoli bo‟lmagan esa-da,
milliy adabiyotimiz shu davrda jahon adabiyotining badiiy yutuqlaridan, mumtoz
va zamonaviy ijodkorlarning tajribalaridan bahramand bo‟ldi. Bu hol o‟zbek
adabiyotining badiiy imkoniyatlarini kengaytirib yubordi. XX asr o‟zbek adabiyoti
jahon adabiyotining tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi.
Asr boshi adabiyotimizda milliy uyg‟onish harakati vujudga keldi. Bular
haqida, bu davrda yetishgan Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‟ja
Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho‟lpon kabi allomalar
haqidagi batafsil ma‟lumotlar “Milliy uyg‟onish davri o‟zbek adabiyoti” kursida
atroflicha o‟rganilgan.
4-kursda asrimizning 40-yillaridan boshlab oxirigacha bo`lgan adabiy
jarayonni o`rganamiz. Qariyb 60 yillik davrni quyidagi 3 kichik bosqichga bo`lib
o`rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1. Moslashuv davri o`zbek adabiyoti (40-60-yillar):
2. Sokinlik davri o`zbek adabiyoti (60-80-yillar):
3. Istiqlol davri o`zbek adabiyoti (90-yillar).
Biz XX asrning 20-30 yillarida adabiyotga kirib kelib, 80-yillargacha
yashab ijod qilgan G`.G`ulom, Oybek, A.Qahhor, M.Shayxzoda, H.Olimjon,
Mirtemir kabilarning ijodini o`rganamiz.
40-60 yillar XX asr tarixida o`ziga xos va g`oyat murakkab sahifalarni tashkil
etadi. 2-jahon urushi va bu urush jarohatlarini tiklash, 50-yillar o`rtalarida ozgina
bo`lsa-da, demokratiya shabadasining esishi shu yillarga to`g`ri keladi. 30-yillarda
partiyaning qattiqqo‟llik bilan yurgizgan siyosati tufayli ustunlik qila boshlagan
monologizm tendensiyasi 2-jahon urushi yillarida bir oz chekindi. Urush yillarida
rus, ukrain, belorus adiblari hamkorlikda ijod qildilar, badiiy tarjima bilan bir-
birlarini boyitishga alohida e‟tibor berdilar. V.Jirmunskiy va H.Zaripovlarning
"Pervoy o`zbekskiy geroicheskiy epos" nomli monografiyasi «Alpomish»
dostonini qayta dunyoga keltirdi va elga tanitdi. A.Deych va Oybekning A.Navoiy
ijodiga bag`ishlangan monumental tadqiqotlari ulug` shoirni rus va boshqa
5
Do'stlaringiz bilan baham: