Karimov I. A
. Adabiyitga e‟tibor – ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. 17-18-betlar
qardosh xalqlar ruhiga yaqinlashtirdi. N.Pogodin, Hamid Olimjon, Uyg`un va
S.Abdullalarning "O`zbekiston qilichi", Mirtemir va V.Smirnovning "Ona"
dramalari shular jumlasidandir.
O`zbek adabiyotiga 60-yillarda kirib kelgan bir guruh ijodkorlar uning sifatini
yaxshilashga, yangi ohang va ruh olib kirishga harakat qildilar. Bular E.Vohidov,
A.Oripov, R.Parfi, H.Xudoyberdiyeva, O.Hojiyeva, M.Jalil, J.Kamol singari
shoirlar, O`.Umarbekov, X.To`xtaboyev, U.Nazarov, M.Mansurov, O‟.Hoshimov,
Sh.Xolmirzayev kabi yozuvchilar A.Ibrohimov, M.Boboyevdek dramaturglar
edilar. 30 yillar lirikasida asosan mehnat mavzusi yetakchi o‟rinni egallagan,
ijodkorlar lirik qahramonning ijtimoiy burchini qo`llashga ko`proq e‟tibor bergan
bo`lsalar, 50- yillarda haybarakallachilik, ritorik murojaat ustunlik qilgan, 60-
yillarning o‟rtalaridan boshlab she'riyatda tuyg`ular rang-barangligi, inson ruhini
teran ifodalash kabi fazilatlar ro‟yobga chiqdi. E‟tiborli tomoni shundaki, har bir
shoir o`zining xalq oldidagi mas‟uliyatini anglab yetdi, unga nimalar haqda aytib
berilish yo‟llarini izladi...
G‟afur G‟ulom XX asr o‟zbek adabiyotining yorik namoyandasi.U o‟zbek
she‟riyati, badiiy publisistikasi, feletonchiligi, yumoristik qissachiligi va
tarjimachilik rivojiga katta hissa qo‟shgan so‟z san‟atkori hisoblanadi.
G‟afur G‟ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentning Qo‟rg‟ontegi mahallasida
tug‟ildi. Otasi G‟ulom Mirza Orif o‟g‟li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o‟qimishli,
fors tilini bilgan, adabiyotni sevgan odamlar bo‟lishgan. Zehnli G‟afurning savodi
erta chiqqan. To‟qqiz yoshidan Navoiy, Hofiz, Sa‟diy, Fuzuliy asarlarini sevib
mutolaa qiladi. Uylariga Xislat, Shomurod kotib, Muqimiy, Furqat, Muhyi kabi
shoirlarning kelib turishini aytadi. Otasi “Mirza”, “G‟ulom” taxalluslarida she‟r
yozganini va “Bayozi Mirza” degan kitobi borligini ham aytadi. Ota-onasi juda
erta o‟tib ketadi, ukalari va singillari bilan yolg‟iz qoladi. U oilani boqish uchun
turli ishlarni qiladi. Avval boshlang‟ich maktabda o‟qidi, keyin 8 oylik rus-tuzem
maktabida o‟qidi. Salkam 45 yillik ijodi davomida G‟.G‟ulom ko‟pdan-ko‟p she‟r,
doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa va tarjimalarni e‟lon qildi. Ular
yuzdan ortiq to‟plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi.
“Mushtum”, “Yer yuzi” jurnallarida, “Sharq haqiqati”,”Qizil O‟zbekiston”
(hozirgi “O‟zbekiston ovozi”) gazetasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo‟lib
ishladi. Rudakiy, Sa‟diy, Firdavsiy, Bedil va Navoiyning forscha she‟rlarini tarjima
qildi. “Dinamo”(1931), “Tirik qo‟shiqlar”(1932) dastlabki she‟riy to‟plamlari,
“Jo‟rabo‟za”, “Yigit”(1931), “Kulgi hikoyalar”(1932) nasriy to‟plamlari chiqdi.
“Netay”, “Tirilgan murda”,”Yodgor”,”Shum bola” asarlari mashhur. L. Bat “Shum
bola” asari haqida so‟zlab, “Mohiyat jihatdan chuqur milliy ruhdagi bu asar Mark
Tvenning “Tom Soyyerning sarguzashtlari”, Dikkensning ba‟zi romanlariga
yaqindir”, degan edi.
“Kuzatish”,”Sen yetim emassan”,”Vaqt”,”Sog‟inish” kabi urush vaqtida
yozilgan she‟rlari shoir nomini dunyoga tanitdi. 1943-yilda O‟zbekiston Fanlar
akademiyasining haqiqiy a‟zosi etib saylandi. O‟zbekiston xalq shoiri G‟.G‟ulom
1966-yil 10-iyunda vafot etdi. 1999-yilda Prezident farmoniga binoan “Buyuk
xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. 2003-yilning may oyida shoir
tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Prezidentimizning adabiyotga, ma‟naviyatga doir qanday asarlarini bilasiz?
2. “Yangi o‟zbek adabiyoti ” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. O`zbek adabiyotining yangilanish davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi?
4. Moslashuv davri o`zbek adabiyotiga qaysi yillar kiradi?
5.Sokinlik davri o`zbek adabiyotiga-chi?
6.Istiqlol davri o`zbek adabiyotiga-chi?
7.Ushbu davrlar adabiyotida qanday o`ziga xos xususiyatlar bor?
8. G‟afur G‟ulom ilk tahsilni kimdan oldi?
9. Uning ilk she‟ri yozilish tarixini bilasizmi?
10.Shoir she‟rlarida falsafiylik deganda nimani tushunasiz?
11. Shorning qaysi she‟rlarini yod olgansiz?
12. Qaysi nasriy asarlarini o‟qigansiz?
13. Qaysi asarlari kinolashtirilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |