"Men she'rlarimining bir mavzu atrofida cheklanib qolishini istamayman" deydi
shoira. Uning lirikasi chindan ham rang-barang mavzularda yaratilgan.
Zulfiyaning butun ijodi o`zbek ayoli qismatining uzoq va murakkab yo`lini
o`zida mujassam etgan badiiy ko`zgudir. Ijodkorning "Lobar qizlarga", "O`zbek
qizi ovozi',"Saodatning amerikalik xonimga javobi", "Paranjisini tashlamagan
xotinga", "Zootexnik qiz" kabi she'rlarida o`zbek ayolining o`ta baxtli,farovon
hayoti to`g`risida madhiyabozlik ruhida yaratilganlari ham bor.
60-yillardan boshlab Zulfiya ijodining ufqlari yanada kengaydi.
Shoiraning
otashin so`zlari endi umumbashariy muammolarni qamrab ola boshladi.U avvalo,
oddiy fuqaro va insonparvar ijodkor, yirik san‟atkor sifatida olam va odam
taqdiriga befarq qaray olmaydi. O`z taqdirini xalqi va butun insoniyat taqdiri bilan
chambarchas bog`liq holda anglash hissi Zulfiya ijodiga siyosiy va falsafiy ruh
bagishladi. Misol uchun "
Salom sizga, erkparvar ellar! " , O`g`lim, sira
bo`lmaydi urush", " Men chizolmagan surat", "O`g`irlamang qalamim bir kun",
"Mushoira" kabi she'rlarini olib ko`raylik. Ularda butun dunyodagi mehribon
ayollarni ruhiyati va maqsad-intilishlarini o`zida mujassamlashtirgan ona hamda
ulkan san‟atkor siymosi namoyon bo`ladi. Shoira mazkur she'rlarida "Ijod,
yaratishning shavqiga to`lib zo`r ishonch bilan olg`a borayotgan ," ertani bugungi
keltirmoq uchun" kurashayotgan, " ... non ,sevgi, mehnat, do`stday,
aziz ayol
surati" ni chizish ishtiyoqi bilan rang izlayotgan inson qiyofasida namoyon
bo`ladi. Shoira ijodining bosh belgisi sifatida shunday ahd qiladi:
Men chizaman ... non, sevgi, mehnat,
Do`stday aziz ayol suratin,
Shu kamtarin, shu ulug` san’at -
Mening yurtim, mening shuhratim.
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi Zulfiyaga ilhom berdi.
Yillar davomida qimtinib,haqiqatni bor bo`yicha ayta olmay, yuragi o`rtanib
yurgan shoira yangi davr kelganini teran his etdi. Bosib o`tilgan yo`lga yangicha
nazar - adolat ko`zi
bilan boqib, ularni o`z nomi bilan atab, haqqoniy realistik
she'rlar yarata boshladi. Endi shoiraning ovozi yanada tiniq, o`ktam,
ohanglari,
sadoqatli tus oldi. Uning "Shaqkning o`zi ona bo`lgan hamisha " "Iqrorga vaqt
yetdi" kabi she'rlari, "Hotiram siniqlari" dostoni Zulfiya ijodining yangi sahifasi,
yangi bosqichi va hozirgi davr o`zbek she'riyatining qonuniy yutugi deyishga
arziydi. "Sharqning o`zi ona bo`lgan hamisha" she'rining sarlavhasi ostiga shoira
"Boy o`tmishimizga tuhmat toshlarini otayotgan xorijdagi ba‟zi olimlarga mening
javobim" deb yozib qo`ygan. She'rda shoira xalqimizning
tarixda hech qachon
avom, qul, mute‟ , bo`lmagani, aksincha, ozod, erkin yashash uchun mardona
kurashib, insoniyat tarixi g`ildiragini olg`a yurgizishga buyuk hissasini qo`shgan
ulug` zotlar yetishtirib berganini aytadi. Unda shoira buyuk zotlarimizni shunchaki
tilga olibgina qolmaydi, yorqin ixcham misralarda ular buyukligini ta‟riflaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: