““Temirbeton va tosh konstruktsiyalari” fanidan MA`RUZA MATNI
4
bo`lgan chegaraga etadi. Natijada betonning siqilgan zona balandligi keskin qisqara boshlaydi,
kuchlanish tezlikda betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga – siqilishdagi vaqtinchalik
karshiligiga tenglashish darajasiga etadi. Bunday emirilish
plastik xarakterga ega, yumshoq
buzilish yuz beradi.
35-rasm. Oddiy bo`ylama armaturali (1) va oldindan ishchi armaturasi (2) taranglashtirilgan
egiluvchi
elementlarning normal kesimida bo`ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik bosqichlari
2 Hol.
egiluvchi element kesimlari nihoyatda ko`p, me`yordan ortiq armaturalansa, buzilib
emirilish siqilgan zonaning betonidan boshlangan bir paytda cho`zilgan armaturadagi kuchlanish
chegaraviy qiymatlarga etib bormaydi. Armaturaning tarkibi va uning qaysi xil bo`lishidan qat`iy
nazar, buzilib emirilish to`satdan ro`y beradi va o`zining mo`rtligi bilan ajralib turadi.
Armaturani oldindan taranglashtirib kuchlantirishimiz natijasida olinadigan yutuq,
elementning elastik ishlash (
bosqich I
) davrini uzaytirishdan iborat.
1.2. eguvchi (M) moment va kesuvchi (Q) kuch yoki yakka (Q) ta`siridan ta`siridan
elementlarning kesimi bo`ylab kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holat bosqichlari.
Eguvchi moment (M) va kesuvchi (Q) kuch yoki yakka (Q) ta`siridan to`sin
tayanchi
qismida, bo`ylama o`qiga nisbatan qiya kesim bo`yicha tashqi kuch qiymati 0 boshlanib, to`sin
buzilib emirilishigacha ketma-ket keladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatida normal
va urinma kuchlanishlar normal kesim bo`yicha taqsimlanishini, shartli ravishda 3
bosqichga
bo`lishimiz mumkin (36-rasm).
Bosqich I ning boshlanishida, yuklanish miqdori nisbatan kichik holatlarda beton elastik,
xuddi normal kesimdagidek ishlaydi. Kuchlanish va deformatsiya orasidagi boglanish chiziqli.
Betonning normal kesimi bo`yicha siqilgan va cho`zilgan tomon epyurasi uchburchak, armatura
va beton birgalikda deformatsiyalanadi.
Bosqich I
a
) ga kelib, yuklanishning ortishi natijasida beton darz ketib, I turdagi yoriqlar
paydo bo`ladi, ya`ni to`sinning pastki cho`zilgan qirrasi tomonidan normal kesimda yoriq paydo
bo`lib, bosh kuchlanishlar traektoriyasiga ko`ra bu yoriqlar qiyalanadi.
““Temirbeton va tosh konstruktsiyalari” fanidan MA`RUZA MATNI
5
36-rasm. egiluvchi elementlarning tayanch atrofi – zonasi betonidagi normal va urinma kuchlanishlarni
normal kesimlarda taqsimlanishi hamda 1-turdagi va 2-turdagi yoriqlarning rivojlanishi, bosh cho`zuvchi
(3) va siquvchi (4) kuchlanishlar traektoriyasi
II turdagi qiya yoriqlar asosan element kesimining balandligi bo`yicha uning o`rta qismida
paydo bo`ladi,
bu ayniqsa, yupqa devorli tavr yoki qo`shtavr kesimli elementlarda yuz beradi.
Tayanch qismi kesim balandligi bo`yicha o`rta qismida bosh cho`ziluvchi kuchlanishlar qiymati
katta bo`ladi. Ko`chan va qiya sterjenlar bilan armaturalab jihozlashimiz II turdagi yoriqlar paydo
bo`lishiga qarshilik ko`rsatmaydi. Bosqich I
a
) – xuddi eguvchi moment ta`siridan
elementning
o`rta normal kesimi beton darz ketishi yoriq paydo bo`lgani kabi va bunda ham darz ketish
hisoblariga bu bosqich asos qilib olingan.
Bosqich II egiluvchi elementlarning tayanch qismida yoki tayanch bilan to`plangan kuch
orasidagi zonada paydo bo`ladigan I tur va II turdagi paydo bo`lgan
xavfli qiya yoriqlarning
keyingi holati: yukning ortishi natijasida bu yoriqlar keskin ravishda ham tarqalib,
ham ochilib
kengayadi. Agarda moment epyurasiga ko`ra bo`ylama armaturalar qayrilgan o`ringa to`gri kelsa,
bu xafvli yoriqlarni tarqalishini to`xtatib qoladi.
Bosqich III Bu bosqich eguvchi moment va kesuvchi kuch ta`sirida yoki faqat kesuvchi
kuch ta`siri ostida elementlarning emirilishi bosqichidir. Bunda betonning siqilgan tomoni yoki 2
turdagi – to`sinning kesimi bo`ylab o`rta qismida paydo bo`ladigan yoriqlar oralig’idagi betonning
maydalanib ushalib sinishi tufayli emiriladi. Emirilish oldidan normal
va urinma kuchlanishlar
elastik materialdan bo`lgan to`sindagi kuchlanishlar epyurasidan keskin farq qiladi. Ko`ndalang
armaturasi bo`lmagan holda yoki u qattiq po`latlardan tayyorlangan bo`lsa, emirilishi mo`rt sinish
ko`rinishida yuz beradi. SHu sabab, ko`ndalang armatura sifatida A-IV, A-V, A-VI hamda, B-II,
Bp-II o`ta mustahkam armatura va simli sterjenlarni qo`llash tavsiya etilmaydi. Bo`ylama
cho`ziluvchi armatura elementning qiya kesim mustahkamligini birmuncha oshiradi.
Bosqich III elementning yuk ko`tarish, ya`ni mustahkamlik bo`yicha hisobga asos qilib
olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: