Men eshitaman-u, unutib qo 'yaman,
men ko 'raman-u, eslab qolaman, men ish bajaraman-u, tushunib olaman!».
Bu
so'zlami ilmiy tahlil qiladigan bo'lsak, fayla-sufning naqadar haq ekanligiga
iqror bo'lamiz. Chunki, birinchi holatda, ya’ni eshitganda miyaga axborot
faqat eshituv analizatorlari orqali uzatiladi. Eshitish bilan bog'liq bo'lgan
xotira esa odamda juda sust rivojlangan. Undan birmuncha yaxshi rivojlangan
xotira bu ko'ruv xotirasidir. Lekin o'quvchi o'qisa, boshqa o'quvchi bilan
munozara qilsa, matnda berilgan ma’lumotlar ustida ishlasa va turli xil «o'yin»
mashg'ulotlarini o'tkazsa, material uzoq vaqt yodida qoladi.
Shu o'rinda maktab va institutlarda keng joriy qilingan test imtihonlari
haqida to 'x talib o 'tish zarur. Test savollarini yodlash talaba uchun
ko'pincha, qisqa muddatli xotira sifatida o'tib ketadi. Buning sababi
uning imtihon o'tgach, miyadan o'chirilishidir. Agar test savollariga
mantiqan yondashilsa va har bir savol ustida talaba fikran ishlasa, uning
javobi uzoq muddat yodida qoladi.
Quyidagi jad v ald a eslab qolish va yodga tushira olish layoqati
keltirilgan.
2-jadval
Axborotni qabul qilish yo‘llari va ularni qayta yodga
tushirish layoqati
Axborotni qabul qilish yo'llari
Yodga tushirish (%)
3 soatdan keyin
3 kundan keyin
Og'zaki
25
10
Yozma
70
20
Og‘zaki-yozma
80
60
Turli «o‘yinlar»ni qo'llagan
holda material ustida
90
70
faol ishlash
95
Shuni ta ’kidlash lozimki, sezgi a ’zolarimiz orqali ta ’sir qiladigan
barcha n arsalar esda qolaverm aydi. Eslab qolish jarayo ni dastlab
idrokning bevosita davomi sifatida ko'riladi. A w alo har bir narsa yoki
hodisaning aniq ko'zga lashlanib turadigan elementlari yaxshi esda
qoladi.
A x b o ro tn in g x o tira d a saq lan ish i uning tu rig a ham b o g 'liq .
Mutaxassislar semantik va epizodik xotira turlarini farqlashadi. Semantik
xotira - m a’no haqida m a ’lum ot beruvchi xotira turi hisoblanadi.
Masalan, Zigmund Freyd tadqiqotchi olim, psixoanaliz haqidagi ta ’limot
asoschisidir. Z. Freyd to ‘g‘risidagi axborot m a’no va mazmun ko'rinishida
saqlanadi. U biror ilmiy yo'nalish bo'yicha mashhur bo'lgan olim. Ba’zan
ushbu olim ilmning qaysi sohasi bo'yicha mashhur bo'lganligini odam
yaxshi eslab qolsa-da, uning ismini unutib qo'yadi. Olimning familiyasi
yoki ismini eslamoqchi bo'lsa, u «Haligi olimning familiyasi nima edi, u
k o 'p tanqidga uchragan, mashhur nevrolog bo'lgan-ku?!» deydi-yu,
olimning ismini hech eslay olmaydi. Bu - semantik xotira buzilishining
bii turidir. Epizodik xotirada biror-bir voqeaning bo'rtib turgan qismi
esda qoladi. Masalan, ko'chada birovni mashina urib ketdi va uni darhol
kasalxonaga olib ketishdi. Bir qancha vaqt o'tgach, uning guvohi bo'lgan
odamdan voqeaning tafsiloti so'ralsa, guvoh faqat kimnidir mashina urib
yuborganini eslab qoladi, qolgan narsalar, ya’ni aynan qanday mashina
urib yuborgani, haydovchining k o 'rin ish i va taxm iniy yoshi, «tez
yordam»ni kim chaqirganini eslay olmaydi.
Shunday qilib, xotira murakkab funksional sistema sifatida ko'rilishi
kerak. Xotirada ikkinchi darajali narsa yoki voqealar eslab qolinmaydi.
Esiab qoiingan narsa Ya voqealar miyada sintez qilinadi va maxsus kodga
aylanadi. Kodlanish jarayoni qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatliga
aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotirada axborot ko'proq optik tasvirlar holida yaxshi saqlanadi,
chunki aksariyat odamlarda ko'rish analizatori dunyoni idrok etishning
yetakchi tizimi hisoblanadi. Shu bois eslab qolish usullaridan biri xotira
turlarining birgalikda bo'lishidir. K o'rish, eshitish, ta ’m bilish, taktil
ta ’sirotlar bilan bog'liq xotira shular sirasiga kiradi.
Xotira jarayonlari odam uchun hammavaqt muhim bo'lgan. Xotira
qadim zamonlardan buyon olimu fuzalolarni qiziqtirib kelgan. Greklar
xotirani mustahkamlash uchun mnemonika xudosiga sig'inishgan. Barcha
insonlar kuchli x o tirag a ega b o 'lish n i orzu qilishgan. K o 'p c h ilik
olimlarning xotirasi kuchli bo'ladi, deydi. Bu hammavaqt ham haqiqatga
to'g'ri kelavermaydi. Ba’zi olimlar olamshumul kashfiyotlar qilishsa-da,
xotirasi juda yomon bo'lgan. M asalan, Ch. Darvin xotirasida jiddiy
kamchiliklar bo'lgan. Shunday bir voqea tarixchilar tomonidan yozib
%
qo!di: ilgi\n: 50 yoshdan oshgan Ch. Darvin xizmatkoriga o'zi yozgan
«Turlarning kelib chiqishi haqida»gi asarini o'qishni buyuradi. Ch. Darvin
tinglashga berilib ketib, shunday degan: «Qiziq, qiziq, buni qarang-a,
juda yaxshi, bu asarni kim yozgan ekan-a?» deb yuborgan. Ch. Darvinda
xotira hammavaqt ham zaif bo'lgan, lekin uning alloma bo'lib yetishishiga
bu xahqit bermagan. Shu bilan bir vaqtda aqlan zaif, lekin xotirasi kuchli
odamlar ham bo'ladi, ammo bunday xotira mantiqiy emas, ko 'proq
mexanik xotira hisoblanadi.
O m m abop ad ab iyotlarda xotirasi o 'ta kuchli bo 'lg an o dam lar
t a ’riflangan. A.R. Luriya oddiy ishda ishlaydigan, biroq xotirasi
juda kuchli bir odam ni deyarli 20 yild an o rtiq kuzatgan. U bir
n ech a y il o ld in yuz b e rg a n v o q e a la r n i m a y d a - c h u y d a
tafsilo tlarig ach a eslab qolib, b atafsil ay tib bera olgan. M asalan,
uni tekshirayotgan olim qanday shim da b o 'lg an , xonaning qaysi
bu rchagida qanday narsalar b o r edi, ob-havo qanday b o 'lg an va
bem or q a n d a y u slub da te k sh irilg an ? U k ish in in g a q l-z a k o v a ti
o d d iy o d a m la rn ik id e k b o 'lg a n , u n c h a m u ra k k a b b o 'lm a g a n
m a te m a tik m a s a la la r n i y e c h a o lm a g a n , le k in h a r q a n d a y
u z u n lik d a g i s o n la r n i, b e t a r tib jo y l a s h tir i lg a n h a r f l a m i va
m u r a k k a b f o r m u la la r n i b e m a lo l y o d la b q o la o lg a n . U n i
og o h lan tirm asd an turib s o 'ra lg a n har qanday m a’lum otni
1 0 - 2 0
yildan so 'n g ham bem alol an iq ay tib bera olgan. A .R. Luriya bu
ta jrib alarn i doim o daftarga qayd qilib borgan, lekin u kishidagi
noyob is te ’dodni tush u n tirib bera olm agan. Bu x o tiran in g egasi
a x b o ro tn i o b razlarn in g b utun bir m ajm ui holida eslab qolgan.
B unday x o tira «sinesteziya» n om in i o lg an . K o 'p in c h a , m usiqa
asarlarin i yaratish ana shu qo b iliy atg a asoslangan b o 'lad i.
4.7. Esda saqlash va qayta esga tushirish
Xotira «ombori» ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish zaxirasi bilan
mudom to 'lib boradi. Keyinchalik ana shu materiallar esda saqlanib
q o la d i. E sd a sa q lan ib q o lg a n m a ’lu m o tla r m a ’lum d a r a ja d a
o'zgarishga uchraydi. K o'pgina obyektlar va voqealar esa uzoq vaqt
va hatto, um r bo'yi xotirada qoladi. Aytib o'tganimizdek, eslab qolish
unutish bilan uzviy bog'liqdir. A xborotlarning yoddan k o 'tarilishi
m a ’lum d a ra ja d a fo y d a lid ir, c h u n k i u x o tira n i k erak siz
m a ’lu m o tlard an xalos etadi. A ytaylik, kishi o 'z m ajburiyatlarini
unutib yuborsa, bu shubhasiz, uning ishga b o 'lgan m unosabatini
bildiradi. Ayni vaqtda ruhan sog'lom kishi muhim va unga yoqadigan
voqea haqida xabar olib, uni unutib yuborishini tasavvur etish qiyin,
97
albatta. Xuddi shu sababga k o 'ra bizni qiziqtirgan odam larning ismi-
sharifi osongina esda qoladi, qiziqish bo'lmagan taqdirda bu ismlarni
eslab qolish juda qiyindir.
Qayta esga tushirish asosida miyada saqlanib qolgan xotira izlarining
faollashuvi yotadi. Sog'lom odam da konkret sharoitda unga zarur
bo'lgan axborot yodda tiklanadi, qolgan ma’lumotlar xotira zaxirasida
to'planib yotadi va zarur paytda qayta tiklanadi. Yaxshi eslab qolingan
m a’lum otlar yodda tez tiklanadi. Qayta esga tushirish organizmning
umumiy holatiga va insonning ruhiy salomatligiga ham bog'liq.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz eslab qolish kabi esga tushirishning ham ixtiyoriy
va ixtiyorsiz turlari farq qilinadi. Ixtiyoriy esga tushirish insonning ish
faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy esga tushirish insonning
irodasi, fikrlash qobiliyati va ruhiy salomatligiga bog'liq. Ixtiyorsiz esga
tushirish esa insonning xohishiga bog'liq bo'lmagan holda xotirada qolgan
izlaming qayta tiklanishidir.
Endi
unutish
mexanizmlari bilan tanishib chiqamiz. Unutish xotira
jarayonlari bilan bog'langan bo'ladi. Odam nega unutadi? «Unutish»
atamasi ilmiy atama hisoblanmaydi, chunki bu so'z axborot xotiradan
o'chgan, degan m a’noni beradi. Axborot xotirada avvalgidek saqlanishi
mumkin, uni odam bir qator sabablarga ko'ra eslay olmaydi. Shu bois
«unutish» atamasi psixologiyada ikkita hodisani anglatadi: axborotning
xotiradan o'chishi va xotiradan axborotni topa bilmaslik. Masalan, vrach
biron-bir dorini bir necha yil mobaynida bemorlarga tavsiya qilib keldi
va bu dorining dozasi unga yod bo'lib qolgan. Endi vrach bu dorining
o'rniga boshqa bir yangi dorini tavsiya qila boshladi va buning oqibatida
aw algi dorining dozasini unutib yubordi. Xotirada yangi axborot go'yoki
eski axborotdan «bo'shab» qolgan joyni egalladi. Bu unutishning birinchi
sababi. Bu axborot yana qayta tiklanishi mumkin, masalan, meditatsiya
va trans holatlarida.
Hozirgi kunda olimlar bolalarda uzoq muddatli xotira qaysi yoshdan
boshlab ishlay boshlashini aniq aytib berishga qiynaladilar. Faraz
qilinishicha, bu jarayon 2-2,5 yoshdan boshlanadi. Bu yoshgacha bo'lgan
hamma narsalar xotiradan o'char ekan yoki umuman soxta xotiralarda
saqlanar ekan.
Xotira jarayonida fikrlash bevosita ishtirok etadi. Vrach bemomi
tekshira turib uning shikoyatlarini eshitadi, kasallik anamnezini yig'adi.
Kasallikning xos belgilarini aniqlashda adashib qolmaslik uchun avval
boshidan kechirgan kasalliklari bilan fikran solishtiradi. Bu holat vrachga
kasallikning asl mohiyatini topib olishga yordam beradi. U bemorga
yordamchi savollar berib, kasallik to'g'risida o'ziga zarur m a’lumotlarni
yig'ib oladi. Chunki vrachning fikri tashxisni to'g'ri qo'yisnga qaratilgan
boiadi. Vrach bemorning kasali haqida m a'lum ol to'plagan sayin ko'p
ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Uning miyasida turli tashxislar paydo
bo'ladi va nihoyat, ularning bittasida to‘xtaladi. Biz bu misol bilan xotira
jarayoni qanday qilib fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog'lanib
ketganligini ko'rsatdik. Bu holat m a’lum otlarni eslab qolish va esga
tushirishda muhim ahamiyatga ega.
4.8. Xotira patologiyasi
Organizmda kechadigan turli xil kasalliklar xotira buzilishiga olib
kelishi mum kin. Ayniqsa, asab sistem asining kasalliklari va ruhiy
x astalik lar, sereb ral atero sklero z, alsgeym er k asalligi, to k sik
ensefalopatiyalar, surunkali alkogolizm , xurujlar bilan kechuvchi
gipertoniya va bir qator degenerativ kasalliklarda xotira buzilishlari ko‘p
kuzatiladi. Umuman olganda, bosh miyadagi integrativ jarayonlarga
salbiy ta ’sir ko'rsatuvchi har qanday kasallik xotiraning buzilishiga olib
kelishi mumkin. Bunda, ayniqsa, eslab qolish keskin pasayadi.
Xotira buzilishlari ichida konfabulyatsiya (soxta xotira) lar alohida
o'rin tutadi. Bunda bemor voqealarni real shaxsiy hayotda boshidan
kechirgandek tuyuladi, masalan, hoshqa odamlarning tajribasini. Bu
holat peshona sohasi zararlanganda va o g 'ir ruhiy kasalliklarda k o 'p
uchraydi. Q uyidagi misol bunga yaqqol dalil b o 'la oladi. Bosh
m iy an in g o ld in g i a rte riy a s i so h a sig a qon q u y ilg an b e m o rd a
konfabulyatsiyaning yaqqol belgilari nam oyon bo'ladi. Bemordan
«Kecha nim alar qildingiz?» deb so 'ralg an d a, u shunday deb javob
beradi: «
Do'stlaringiz bilan baham: |