Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

gipesteziya,
kuchayishiga 
giperesteziya, 
yo'qolishiga esa 
anesteziya 
deb ataladi. Harorat 
sezgisining y o 'q o lish i bilan kechuvchi k a sa llik la rd a , m a salan , 
siringomiyeliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og'riqni sezmaydi. 
Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo'ladigan) sezgi og'riq va harorat 
sezgisiga qaraganda kamroq buziladi. Tana sezuvchanligi kuchayishining 
keskin turlarida bemorning badaniga arzimagan narsa bilan tegilsa ham 
kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bunga 
giperpatiya 
deyiladi. Giperpatiyada 
ta ’sir etilgan joydan boshqa joylarda ham og'riq kuzatiladi va biroz vaqt 
saqlanib turadi.
Giperesteziya psixologiyada kengroq m a’no kasb etuvchi atamadir. 
Giperesteziya tashqi qo'zg'aiishlam i qabul qilishning me’vordan oshib 
ketishidir. Bunday bem orlar yorug'likka qaray olmaydi, arzim agan 
yorug'lik ham ularning ko'zini qamashtiradi. Boshqalar uchun oddiy 
bo'lgan tovushlar ularning qulog'iga jaranglab kiradi, hattoki eshikning 
g'ichirlagan tovushi, oqib turgan suvning jildirashi ham o 'ta yoqimsiz 
tuyuladi. U larning b a ’zilarida bu tovushlardan qattiq bosh o g 'rig 'i 
kuzatiladi. Birovning qo'li to'satdan ularning tanasiga tegib ketsa ham 
g'ashiga tegadi. Hatto o'z egnidagi kiyimlari ham tanasini ta ’sirlantirib 
turadi. Oddiy hidlar ham o 'ta o'tkirdek tuyuladi. Bunday buzilishlar 
nevrozning ba’zi turlari, isteriya va psixozlar uchun xosdir. Uzoq davom 
etuvchi somatik kasalliklar ham giperesteziyalarga sabab bo'ladi. 
Bolalarda giperesteziyalar ortiqcha yig'loqilik bilan ham kechadi.
Psixogen gipesteziyalar giperesteziyalardan farqli o'laro q , tashqi 
ta ’sirlarni qabul qilishning pasayishi bilan kechadi. Atrof-m uhitdagi 
tovushlarning jarangdorligini bemor anglamaydi, hamma narsa qorong'i
76


tumandagidek ko'rinadi. Boshqa birovlarning ovoziaa jarangdorlik va 
joziba yo‘qdek tuyuladi.
Senestopatiyalarda esa bemor go‘yoki badanning turli sohalari va ichki 
a ’zolardan kelayotgan noxush sezgilarni his qiladi. Bu sezgilar xuddi 
kuydiruvchi, bosuvchi, siquvchi va guldirovchi xususiyatlarga ega boMadi. 
Poliyesteziyalarda tananing bitta joyi ta ’sirlantirilganda, go‘yoki uning 
ko‘p joylari ta ’sirlantirilgandek tuyuladi. Biror-bir tashqi ta’sirning boshqa 
bir ta ’sir kabi qabul qilinishiga dizesteziya deb ataladi. Masalan, bemor 
issiq ta ’simi sovuqdek, sovuqni issiqdek qabul qiladi.
Tananing yarmida sezgining yo‘qolishiga gemianesteziya, bitta oyoq 
yoki qoMda yo‘qolsa, monoanesteziya, og‘riq sezgisining yo'qolishi 
analgeziya va harorat sezgisining yo‘qolishiga termoanesteziya deb ataladi. 
Hech qanday tashqi ta ’sirlarsiz tanada nina sanchgandek, uvishgandek, 
teri tortishgandek, badanda chumoli yurgandek kabi turli xil sezgilaming 
paydo boMishiga paresteziyalar deyiladi. Tanada kuzatiladigan og‘riqlar 
teri sezuvchanligining buzilishida alohida o ‘rin kasb etadi. Chunki 
og'riqlar odamga tanada paydo boMgan yoki qo‘zg‘algan kasallik haqida 
axborot yetkazuvchi omil hamdir. D em ak, u himoya vazifasini ham 
bajaradi. Bu og'riqlar periferik nervlar, nerv chigallari, orqa miyaning 
orqa ildizchalari, vegetativ tugunlar, k o ‘ruv do‘ngligi, orqa markaziy 
pushta zararlanganida yoki ortiqcha ta ’sirlantirilganda kuzatiladi. K o‘rib 
turganimizdek, teri sezuvchanligi buzilishlari turli-tuman bo'lib, ular 
asosan asab kasalliklarida k o'p kuzatiladi va nevrologiya darsliklarida 
batafsil y o ritilg a n . M u s h a k -b o 'g 'im sezgilarining buzilishi teri 
sezuvchanligining buzilishiga qaraganda kamroq kuzatiladi. Bunda bemor 
ko'zini yumgan holda bo'g'im larda qilingan sust harakatlam i sezmaydi. 
M urakkab sezgining buzilishlaridan boMmish astereognoziyada bemor 
ko'zini yumgan holda qoMiga qo'yilgan narsalarni paypaslab aytib bera 
olmaydi, ko'zi ochiq holatda esa ularni bemalol ayta oladi.
K o'ruv analizatorining buzilishlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak, 
isteriyada kuzatiladigan ko'rishning to'satd an pasayib ketishini alohida 
t a ’k id lash z a ru r. B unda k o 'r u v y o 'lla r id a o rg a n ik b u z ilis h la r 
kuzatilmaydi, lekin bemorning ko'zi ko'rm aydi yoki xira ko'radi. Bu 
holat q attiq hissiy zo 'riq ish o q ibatid a miya p o 'stlo g 'ining m a’lum 
qismlarida turg'un qo'zg'alishning paydo boMishi bilan tushuntiriladi. 
K o'ruv analizatorininj retseptor qismidan tortib to markaziy qismigacha 
bo'lgan zararlanishlar ko'rishning turli xil buzilishlari bilan kechadi. 
K o'ruv yoMlarining xiam iagacha bo'lgan qismi zararlansa, amavroz, 
xiazmaning ichki kesish£,an qismi zararlansa, bitemporal gemianopsiya, 
tashqi, y a ’ni kesishm egan qismi zara rlan sa, binazal gem ianopsiya 
kuzatiladi. Miyaning слар tom ondagi k o'ruv trakti zararlansa, o'ng
77


to m o n lam a g em ian o p siy a, o ‘ng to m o n d a g isi z a ra rla n s a , chap 
tomonlama gemianopsiya kuzatiladi. K o'ruv markazlari zararlansa, 
kvadrant gemianopsiyalar, skotoma (ko'ruv maydonida qora dog‘) lar 
kuzatiladi.
Idrokning buzilishi ayrim asab va ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. 
Bularga gallyutsinatsiyalar, illyuziyalar va psixosensor buzilishlar kiradi.
Gallyutsinaisiyalar deb, aslida bemor oldida mavjud bo'lmagan obyekt 
va hodisalarni idrok qilishiga aytiladi. Gallyutsinatsiyalar bosh miya 
po'stlog'ida inert qo'zg'alishning paydo bo'lishi va uning dominantlik 
vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Inert qo'zg'alish bosh miya 
po'stlog'ining umumiy tormozlanishi oqibatida paydo bo'ladi. Bosh 
miyada moddalar almashinuvining buzilishi ham gallyutsinatsiyalarga 
olib kelishi mumkin. Ko'rish, eshitish, hid va ta ’m bilish hamda umumiy 
sezgi bilan bog'liq bo'lgan gallyutsinatsiyalar farq qilinadi.
Gallyutsinatsiyalar soxta tasavvur hisoblanadi, chunki ular atrof- 
muhitda mavjud bo'lm asa ham bemor fikrida paydo bo'laveradi. Ba’zan 
bemorga o'zi idrok qilayotgan narsa, hodisalar haqiqatan ham bordek 
tuyuladi va o'zi ham bunga ishonadi. Gallyutsinatsiyalar shizofreniya 
kasalligida k o'p kuzatiladi. Nevroz bilan xastalangan va tez-tez affekt 
holatiga tushib turadigan bemorlarda ham gallyutsinasiyalar bo'lib turadi. 
Gallyutsinatsiyalar sog'lom odamda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, 
sahroda adashib qolib bir o'zi ketayotgan odamning ko'ziga suv, qishloq, 
daraxtzor yoki u tomonga yurib kelayotgan odam ko'rinadi. K o'ruv 
gallyutsinatsiyalarida bemor ko'z oldida har xil narsalar k o 'rin ad i. 
Narsalar yo katta (makropsiya), yo kichik (mikropsiya), bundan tashqari, 
bu n a rsa la m in g shak li ham qiyshiq va n oaniq b o 'lib k o 'rin a d i. 
Gallyutsinatsiyalar nafaqat psixoz yoki nevrozlarda, balki bosh miya 
po'stlog'ini ta ’sirlantiruvchi organik kasalliklar (masalan, o'sm alar) da 
ham kuzatilib, muhim diagnostik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Eshitish gallyutsinatsiyalari turli-tuman bo'ladi. Tovushlar jarangdor, 
bo'g'iq, uzoq yo yaqindan, past yo tepadan kelgandek bo'lib tuyuladi. 
Shunga yarasha bemor boshini ham tovush kelgan tomonga buradi yoki 
yurib boradi. Verbal gallyutsinatsiyalar, ayniqsa, bemor uchun xavflidir. 
H ar tom ondan keluvchi ovozlar bem orga tahdid soluvchi, buyruq 
beruvchi tarzda bo'lib, yurib borayotgan avtomobil tagiga tashlash
tomdan sakrash, o'ziga yoki birovga pichoq sanchish, sevimli farzandini 
o'ldirish kabilarni buyuradi. Bular im perativ gallyutsinasiyalardir. 
Ovozlaming eng xavflisi - ularning hadeb takrorlanaverishidir. Bu tanish 
yoki notanish odamning, ayol yoki erkak kishining ovozi bo'lishi mumkin. 
Ovozlar bir marta paydo bo'lib, to'xtab ham qoladi. Bemoming qilgan 
ishlarini m a’qullovchi yoki tanqid qiluvchi ovozlar ham eshitiladi. Taktil
78



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish