Regulyator (prefrontal) apraksiya
chap peshona bo'Iagining prefrontal
sohasi zararlanganda kuzatiladi. Mushaklar tonusi va kuchi saqlangan
b o ‘la d i, lekin h a ra k a t d a stu ri bu zilad i, h ar qanday h arak a tn in g
bajarilishini ongli tarzda nazorat qilib bo‘lmay qoladi. Bemorlar birinchi
harakatdan ikkinchisiga bemalol o ‘ta olmaydi. Masalan, kvadratdan
so‘ng uchburchak chizish talab qilinsa, bemor uchburchak o ‘rniga kvadrat
chizib q o ‘yadi.
Nazorat uchun savollar
1. N eyrop sixologiya faniga ta’rif bering.
2. N eyrop sixologiya faniga kimlar asos solgan?
3. N eyrop sixologiya fani tarixi haqida so'zlab bering.
4. A .R . Luriya n eyrop sixologiya fan in in g rivojlanishiga q and ay hissa
q o ‘shgan?
5. N ey rop sixologiya fani usullari p six o lo g iy a fani usullaridan qanday
farq qiladi?
6. A gnoziya va uning turlari haqida so'zlab bering.
7. A faziya va uning turlari haqida so'zlab bering.
8. A grafiya nim a, uning qanday turlarini bilasiz?
9. A praksiya haqida so'zlab bering.
€9
I l l B O B .
S E Z G I VA ID R O K
Ota - aql, ona - idrok,
Ota - bilak, ona - yurak.
O 'zbek x a lq m aqoli
3.1. Umumiy ma’lumotlar
Biz sezgi a’zolari orqali tevarak-atrofdagi olamdan doimo m a’lumot
olib turamiz. Bu m a’lumotlar organizmga uzluksiz tushib turadi va asab
tizimining maxsus tuzilmalari orqali qabul qilinadi, qayta ishlanadi va
javob reaksiyasi tayyorlanadi. Atrof-muhitdagi barcha narsa va hodisalar
tegishli retseptorlarga ta ’sir etib sezgi hosil qiladi. Tashqi olamdan kishi
ongigacha m a’lumotlar kirib keladigan yagona yo'l sezgi a ’zolaridir.
Ularga benihoya katta miqdorda turli-tuman m a’lumotlar oqimi kelib,
bosh miyaga uzatilib turadi.
Sezgi tashqi olam va tanamiz to'g'risidagi barcha m a’lum otlarni
bilishning dastlabki manbaidir. Organizm m e’yorda rivojlanishi uchun
tashqi muhitdan hamisha axborot olib turishi kerak. Bu m a’lumotning
ko'payib va kamayib ketishiga organizm moslashib borishi zarur, aks
holda sezgi va idrok orasida nomutanosiblik yuzaga kelib, asab tizimida
funksional buzilishlar ro'y berishi mumkin.
Fanda sensor izolyatsiya degan tushuncha bor. Kosmonavtlami tashqi
axborotlardan to'la izolyatsiya qilib, ularning asab tizimi chuqur o'rganiladi
va koinotda yashashga moslashtiriladi. To'la va qisman sensor izolyatsiya
sin ab k o 'rilg a n d a ,b ir necha so atdan s o 'n g sin alu v ch ilar ahvoli
yomonlashganidan shikoyat qilib, tadqiqotni to'xtatishni iltimos qilishgan.
Bundan bir necha yil oldin Amerika Qo'shma Shtatlarida infeksiya tushish
xavfini mutlaqo yo'qotish uchun murakkab operatsiya o'tkaziladigan
xonalarga umuman oyna qo'yishmagan va ularda faqat eshik bo'lgan,
xolos. Bunday xonalarda uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar paytida
jarrohlar ruhan charchab qolavergan va bu operatsiyaning sifatiga salbiy
ta ’sir ko'rsatgan. Bundan ko'rinib turibdiki, eng murakkab jismoniy va
aqliy m ehnat talab qiladigan sharoitlarda sezgi a ’zolarimizga tashqi
olamdan kelib turuvchi axborotlaming ta ’sir doirasi o'ta kengdir. Bu va
boshqa dalillar inson organizmining tashqi dunyodan sezgilar tarzidagi
taassurotlarga ega bo'lish ehtiyoji naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Sezgi negizida idrok shakllanadi. Sezgi bizni o'rab turgan muhitdagi narsa
va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa, idrok esa xilma-xil
xossalarni tartibga solib, birlashtirib ongimizda aks ettiradi, narsa va
hodisalarning yaxlit obrazini yaratadi. Idrok sezgiga qaraganda murakkabroq
70
jarayondir. Idrok qilish odamning kasbi, hayot tajribasi, bilimi va ehtiyojiga
bog‘liqdir. R ivojlanish jarayonida kishining idrok qilish qobiliyati
takomillashib, saralanib boradi. Narsa va hodisalami idrok qilish odamning
dunyoqarashiga ham bog‘liq: bir xil narsa yoki voqeani ikki kishi bir xil
idrok qilmasligi mumkin. Bolalarda sezish idrok qilishdan ustun turadi,
chunki ularda miyaning ba’zi tuzilmalari to ‘la shakllanmaganligi sababli
narsa-yu hodisalarning yaxlit obrazini yaratish qobiliyati sustroq boMadi.
Insonning butun umri mobaynida idrok qilish jarayoni o‘zgarib boradi.
Idrokning asosiy xususiyati uning yaxlitligidir. Masalan, minbarda
nutq so‘zlayotgan odamni idrok qilar ekanmiz, notiqning kiyim-boshi,
o'zini tutishi, kimligi, qancha vaqtdan buyon m a’ruza qilayotganligi,
qachon tugatishi va hokazolarni umumlashtirib, ongimizda u odamning
yaxlit obrazini yaratamiz, ya’ni idrok qilamiz. Biror narsa-yu hodisalarni
va odamlarni idrok qilishda aw algi tajribamiz muhim ahamiyat kasb
etadi, ya’ni awalgi tajriba idrokni osonlashtiradi. Masalan, biz hayvonot
b o g 'ig a borg an im izd a, avval k o ‘rm ag a n hayvon yoki q u shlarga
sinchkovlik bilan nazar tashlaymiz, ularning barcha xususiyatlarini
o ‘rganib idrok qilamiz. Keyingi gal borganim izda esa ularni idrok
qilishimiz ancha osonlashadi.
Idrok qilish ehtiyoj, mayl va istaklarga ham uzviy bog'liq boMadi.
Har qanday idrok saralash bosqichini o ‘taydi. M asalan, biz o ‘zimiz
uchun ahamiyatsiz boMgan narsani idrok qilmaymiz (uni sezib tursakda).
Bu yerda idrokning individualligini ham alohida ta ’kidlab o'tish joizdir.
H ar bir kishi narsalam ing o ‘ziga kerak li xususiyatlarini yoki o 'zi
tu sh u n g an jih a tla rin i id rok q ilad i. B unda idro k n in g in d iv id u al
xususiyatlari uning maqsadga yo'naltirilganligi, hissiyligi, barqarorligi
va hokazolarda o'z aksini topadi. Idrok qilishda kuzatuvchanlikning
ahamiyati ham juda kattadir. Odam o'zi kuzatmagan narsa va voqea-
hodisalarni idrok qilmaydi. Demak, idrok sezgidan farqli oMaroq, faol
va ongli ja ra y o n d ir. Id ro k qilishda inson ta fa k k u ri ham m uhim
ahamiyat-ga ega, masalan, tafakkuri buzilgan yoki aqli zaif odamlarda
idrok qilish ham sust bo'ladi.
Narsa va hodisalarni sezish kabi ularni tasavvur qilish ham idrok
jarayoni uchun zarur vositalardan biridir. Avvallari idrok qilingan
obrazlarni ongimizda jonlantirish, y a’ni qayta tiklashga tasavvur deb
ataladi. Tasavvur bizning ongimizda to'satdan paydo bo'lishi mumkin.
Tasavvur o 'ta individualdir, u odamning shaxsiga bog'liq. Odamning
kasb-koriga qarab birovda ko'ruv, boshqalarda esa eshituv a ’zolari orqali
tasavvur qilish yaxshi rivojlangan bo'ladi.
Masalan, rassomlarda ko'ruv tasavvuri kuchli rivojlangan bo'ladi.
Ularning b a ’zilari avval ko'rgan narsasini fikrida toMaligicha qayta tiklay
71
olishadi. Bu hodisaga eydetizm deb ataladi. Bastakorlarda esa eshituv
tasavvuri kuchli rivojlangan b o ‘ladi. X uddi shu qobiliyat Bax va
M otsartda o ‘ta kuchli boMgan.
3.2. Sezgi va idrokning fiziologik mexanizmlari
Sezgi va idrok reflektor jarayondir. Xo‘sh, hayvonlardan farqli oMaroq,
bu jarayon odamda qanday kechadi? Asab tizimining qaysi tuzilmalari
sezgi uchun javob beradi? Sezgi va idrokning anatomo-fiziologik asoslari
nimalardan iborat?
Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan har qanday m a’lumot maxsus
retseptorlar orqali qabul qilinadi. Shartli ravishda uch guruh retseptorlar
farq qilinadi:
1
) ekstraretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta ’sirotlarni qabul
qiladi;
2
) intraretseptorlar - ichki a ’zolardan keluvchi impulslami qabul qiladi;
3) proprioretseptorlar - m ushak, uning p ay lari, b o ‘g‘im lar va
suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi.
Terida joylashgan retseptorlar turli-tum an b o 'lib , ularning har
biri b itta tashq i t a ’sir uchun ja v o b b eradi (
1
-rasm ga q aralsin ).
K rauze k o lb a ch ala ri sovuqqa t a ’sirla n ad i, R u ffin i re tsep to rlari
issiqlikni qabul qiladi, M eysner tan ach alari tanani yengil silaganda
q o ‘zg‘aladi.
Retseptorlar analizatorlarning periferik qismi hisoblanadi. Og‘riq,
harorat va taktil sezgilar yuzaki sezgi hisoblanadi va ekstraretseptorlar,
tanamiz va oyoq-qo‘llarimizning fazodagi holati va harakatlari esa
proprioretseptorlar orqali qabul qilinadi hamda ular chuqur sezgi deb
ataladi. Bundan tashqari, murakkab sezgi ham farq qilinadi. Masalan,
tanaga chizilgan turli figuralar va kaftga qo'yilgan narsalarni k o ‘zni
yumgan holda aniqlash mumkin.
Sezgi va idrok birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari ishtirokida
amalga oshiriladi. Eshitish, ko'rish, og‘riq sezish, ta ’m va hid bilish
birlamchi signal sistemasini tashkil qiladi va ular odam larda ham,
hayvonlarda ham boMadi. Ikkilamchi signal sistemasiga esa nutq va u
bilan bogMiq boMgan oliy ruhiy funksiyalar kiradiki, u faqat insonlar
uchun xosdir. Bu barcha jarayonlar analizatorlar ishtirokida amalga
oshiriladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat:
1
) ta ’sirotlarni qabul qiluvchi qismi, ya’ni retseptor;
2
) o ‘tkazuvchi apparat, ya’ni nerv tolalari;
3) m a’lumotlarni tahlil qiladigan markazlar. Bu markazlar bosh miya
katta yarim sharlari po‘stlogM bo'ylab tarqalgan.
72
Bu yerda, ya’ni po‘stloqda tashqi va ichki muhitdan keladigan barcha
ta ’sirotlar analiz va sintez qilinadi. Ko'ruv, eshituv, hid bilish, ta ’m sezish
va teri analizatorlari farq qilinadi. Demak, sezish jarayoni analizatorlar
orqali amalga oshiriladi va bosh miya tuzilmalarida idrok qilinadi.
Bosh miya ikkita yarim shardan iborat bo'lib, uning ustki qatlami
kulrang tusga ega. Bu qatlam bosh miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘i
deb nom olgan. Po'stloq turli vazifani bajaruvchi ko'p miqdordagi asab
hujayralari (14 mlrd) to'plangan joydir. Bu yerda murakkab integrativ
jarayo n lar ro 'y beradi. Analizatorlarning markaziy qismi joylashgan
po'stloqda turli toifaga mansub bo'lgan (ko'ruv, eshituv va h.k.) sezgilar
doimo bir-biri bilan shartli bog'lanishlar hosil qilib turishi natijasida
odam idrok qilish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Endi sezgi va idrok uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko'ruv,
eshituv va teri analizatorlarining anatom o-fiziologik xususiyatlari
to'g'risida to'xtalib o'tamiz. K o'ruv ta ’sirotlari ko'zning to 'r pardasida
joylashgan yorug'likka qo'zg'aluvchi retseptor hujayralar orqali qabul
qilin adi. Bu h u jayralar tayoqcha va k o lb ach alar shaklida b o 'lib ,
birinchilari oq-qora, ikkinchilari rangli tasvirni qabul qiladi. T o 'r parda
h u ja y ra la rid a paydo b o 'lg an q o 'z g 'a lish la r k o 'ru v nervlari orqali
markazga yo'naltiriladi. Bu impulslar tayoqcha va kolbachalardan ko'ruv
nervlari, xiazma, ko'ruv trakti, ko'ruv do'ngligi, u yerdan esa ko'ruv
ta’sirotlarini analiz va sintez qiladigan markaz - bosh miya katta yarim sharlari
po'stlog'ining ensa sohasida joylashgan 17-maydonga uzatiladi. Bu maydonda
ko'ruv impulslari birlamchi tahlil qilinadi. Bu maydon zararlanganda bemorda
ko'rish buziladi. Ko'ruv impulslari 17-maydondan 18 va 19-maydonlarga
uzatiladi. Bu yerda ko'ruv ta ’sirotlari idrok qilinadi va murakkab ko'ruv
obrazlari yaratiladi. Bu soha zararlansa, bemor o'z ko'zi bilan ko'rib turgan
va aw al taniydigan narsalar hamda odamlarni tanimaydi. Buni nevrologlar
ko‘ruv agnoziyasi deb atashadi. Demak, 17-maydon ko'ruv ta’sirotlarini sezish
markazi bo'lsa, 18 va 19-maydonlar ularni idrok qilish markazidir. Lekin idrok
jarayonida po'stloqdagi barcha markazlar ishtirok etadi. Ko'ruv analizatorlari
orqali qabul qilingan axborotlar xotirada saqlanadi va ko'ruv xotirasiga
aylanadi.
Eshituv analizatori ham boshqa analizatorlar kabi bir nechta bo'limdan
iborat. Odamning eshitish retseptorlari tebranish tezligi 16 dan 20000 Gis
ga qadar bo'lgan tovush to'lqinlarini qabul qila oladi. Eshituv analizatori
quyidagicha tuzilgan: ichki quloq chig'anog'ida tovush to'lqinlarini qabul
qiladigan murakkab retseptor apparat joylashgan, uni kortiy organi deb
atashadi. Eshituv ta’sirotlari koruv organi orqali qabul qilinib, eshituv
yo'llari b o'y lab bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining chakka
qism ida joy lashgan eshituv m arkazi (4 l-m ay d o n )g a uzatiladi. Bu
73
markazda, y a’ni 41-maydonda eshituv apparatlaridan keluvchi tovush
(ta’sirot) lar qabul qilinadi. Bu yerda tovushlar birlamchi analiz bosqichini
0
‘taydi. Eshituv ta’sirotlarini idrok qilish esa po'stloqning chakka qismida
joylashgan 22 va 42-maydonlarda kechadi. Bu maydonlarda eshitilgan
to v u sh larn i tanish, y a ’ni bilish m arkazi joy lashg an. Bu so h alar
z ara rlan g an d a bem or oddiy tovushlar (suvning oqishi, eshikning
g'ichirlashi, mashina motorining g‘urullashi va h.k.) ni eshitsada, lekin
bu nimaning tovushi ekanini aytib bera olmaydi. Demak, atrof-muhitdagi
tovushlar bemor uchun hech qanday m a’no kasb etmaydi. Agar bola
tug‘ma kar boMsa yoki ilk bolalik davridan eshitmaydigan bo'lib qolsa,
unda nutq rivojlanmasdan qoladi. Nutq esa insonni hayvonlardan ajratib
turuvchi oliy ruhiy jaray o n d ir. Bundan k o 'rin ib turibdiki, eshituv
analizatorlari insonning ruhiy rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb
etadi. Lekin qulog'i yaxshi eshitmaydigan odamlarda boshqa sezgilar
mukammallashgan bo'ladi.
ш
□
Umumiy sezgining birlamchi
proeksion sohasi
Ikkilamchi proeksion
assotsiativ sohalar
U c h l a m
c h i a s s o t s i a t i v s o h a l a r
Do'stlaringiz bilan baham: |