O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Yozuv materiallari va yozuv qurollari tarixi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana28.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#475245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
O’RTA OSIYODA PALEOGRAFIYA, EPIGRAFIKA

Yozuv materiallari va yozuv qurollari tarixi. 
Qo‗lyozma yaratish uchun 
eng kerakli yozuv quroli qalam hisoblangan. U qamishdan yasalganligi uchun 
qamishqalam deb atalgan. Qamishqalam yasash uchun qamishning pishgan tanasi 
olingan va uning bir tomoni qiya qilib kesilgan. Kesilgan tomonining uchli o‗tkir 
qismi ishqab yanada o‗tkirlangan va silliqlangan. Qamishqalam sharq xalqlari 
adabiyotida juda ko‗p va ho‗b maqtalgan. Chunki u ijoddagi barcha go‗zallikning 
manbai hisoblangan. Qamishqalam sifati uni qamishlar ichidan tanlanishiga, 
qamishning yo‗g‗onligiga, rangiga, qaerda o‗sganiga bog‗liq bo‗lgan. 
Qamishqalam yasash uchun ajratilgan qamishlarni saqlashning va qayta ishlov 
berishning ham o‗ziga yarasha yo‗li bo‗lgan. O‗sha qoidaga amal qilib ishlov 
berilgan. qamishdan chiroyli va qiynalmay yozadigan qamishqalamlar ishlangan. 
Qamishqalam VII-VIII asrdan XIX asrning oxirigacha asosiy yozuv quroli bo‗lib 
xizmat qilgan. 
Keyingi yozuv quroli siyoxdondangina emas, balki yozuv uchun kerak 
bo‗ladigan qurollarning majmuasidan iborat bo‗lgan. Bunga qamishqalamning 
o‗tkirlab turish uchun kerak bo‗ladigan qalamtarosh, qalamni artib turish uchun 
ishlatiladigan paxta, shuningdek kitob shakliga keltirish uchun xizmat qiladigan 
kley (sirach), bigiz, qisqich, latta, chizg‗ich va boshqalar. Bularga maxsus korobka 
ajratilib, o‗sha korobkada saqlangan. 
Qo'lyozmalarning bezagi va shakli.
Turkiy qo‗lyozmalar juda katta 
geografik hududda yaratilgan va ko‗chirilgan. Bular: O‗rta Osiyo, G‗arbiy Sibir, 
Ular, Volga bo‗yi, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz orti o‗lkalari, Qrim, Turkiya, Eron, 
Afg‗oniston, Pokiston, Hindiston, Kashmir, Misr, Iroq, Suriya, Bolgariya, 
Ruminiya, Yugaslaviya o‗lkalaridir. Va bu qo‗lyozmalar juda ko‗p turkiy tillarda, 
tatar, qrimtatar, bashqird, qozoq, va boshqa tillarda yaratilgan. 
O‗rta Osiyo qo‗lyozmalari haqida gapirar ekanmiz, yana shuni 
ununtmasligimiz kerakki, O‗rta Osiyoning chegarasi doimo o‗zgarib turgan. 
Temuriylar davrida Xirot ham shu rayonga tegishli bo‗lsa, Boburiylar davriga 
kelib, Hindistonning shimoliy qismi ham regionga qarashli bo‗lgan. 


Arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‗lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga 
mansub bo‗lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‗u bilig» asaridir. U 1069-1070 
(462 xijriy) da yozilgan. Uning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‗lyozmasi 
XIII asrda bitilgan. Undan keyingi qo‗lyozma Mahmud Qoshg‗ariyning «Devoni 
lug‗otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 xijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi 
qo‗lyozmasi 1266 (664 xijriy). 
Turkiy tilda eng ko‗p qo‗lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. X-XIII 
asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‗dyozmaning 
ko‗pi yo‗qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‗lyozmalar 
yaratilgan. 
O‗rta Osiyodagi ilk qo‗lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat» laridir. 
(1166 yilda-562 xijriyda vafot etgan). She'riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‗sha 
davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‗rtasida keng 
tarqalgan. 
Mashhur Xorazmlik faqix va filolog olim Muhammad ibn Umar 
Zamahshariy (1143 yilda-538 xijriyda vafot etgan). Xorazm shohi Otsizning 
buyurtmasi bilan «Muqaddimat-ul adab» asarini yozgan. Bu asar arabcha-turkiycha 
lug‗at va turkiy tilning gramatikasiga bag‗ishlangan. Bu asar bir necha marta 
ko‗chirib yozilgan. Uning eng qadimgisi 1492 yilda 989 xijriy. Buxoroda 
ko‗chirilgan. Shuningdek u Samarqand va Toshkentda ham ko‗chirib yozilgan. 
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli 
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish