Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

12 -MA’RUZA 
Zig‘ir tolali matolarni bo‘yash va gul bosishga tayyorlash 
Reja: 
1.
Zig„ir tolali matolarni bo„yash va gul bosishga tayyorlash jarayonining 
mohiyati. 
2.
Zig„ir tolali matolarni pardozlashga tayyorlash texnologiyasi.
Zig„ir tolali materiallar sellyulozali tolalar turkumiga kirib, o„zining tarkibi 
va tuzilishi bo„yicha paxta tolasiga o„xshaydi. Zig„ir tolali materiallarni pardozlash 
chog„ida kechadigan fizik-kimyoviy o„zgarishlar mohiyati ip gazlamada ko„rib 
o„tilgan oxorsizlantirish, qaynatish va oqartirish jarayonlari ximizmidan farq 
qilmaydi. Shu bilan birga zig„ir tolalar tarkibida sellyuloza miqdorini kamligi va 
yo„ldosh moddalarning ko„pligi bilan paxta tolasidan farq qiladi, ayniqsa paxta 
tolasida bo„lmagan ligninni zig„ir tolasida bo„lishi unga qattiqlik va qo„pollik 
beradi. Paxta tolasidan farqli o„laroq zig„ir tolasi elementar tolalar kompleksidan 
tashkil topgan. Elementar tolalalar o„zaro o„rtadagi plastinkalar orqali birikkan. 
Plastinkalar hujayralararo modda bo„lib, u pektin moddalari, gemitsellyuloza va 
lignindan tashkil topgan. Tolaning bunday tashkil topganligi uni qayta ishlash 
jarayoniga alohida e‟tibor qaratishni taqazo etadi.
Gemitsellyuloza – kichik polimerlanish darajasiga (PD=50-200) ega bo„lgan 
polisaxaridlar bo„lib, elementar zveno sifatida besh (pentozanlar) va oltitadan 
(geksozanlar) uglerod atomi tutgan sikllardan tashkil topgan. Bunday guruhlar 
sifatida gemitsellyuloza ko„proq d-glyukuron kislota va d-galaktoza tutgan 
bo„ladi.
d-glyukuron kislota
d-galaktoza


132 
Gemitsellyulozani o„simlik dunyosida ko„p tarqalgan nomoyondasi Ksilan 
bo„lib, u d-ksiloza zvenolarini 1-4 uglerod atomlari bo„yicha o„zaro β-glyukozid 
bog„lar bilan polisaxariddir, uning polimerlanish darajasi 80 ga teng.
Sellyuloza tolalariga kislota ta‟sir ettirilganda gemitsellyuloza oson 
gidrolizlanib monomer holatga o„tadi. Tolada gemitsellyulozaning bo„lishi tolani 
yuqori mustahkamlikkka ega bo„lishini ta‟minlaydi. 
Lignin – aromatik tuzilishdagi yuqorimolekulyar birikma, barcha 
o„simliklarda uchraydi. Lignin o„simliklarga mustahkamlik beradi. Zig„irda asosan 
o„rta plastinkada uchraydi, ligninni plastinkadan to„liq chiqarishda elementar tola 
kompleksi buzilishi mumkin. Lignin tarkibida xromofor sistema bo„lganligi uchun 
rangli moddadir. Lignin uch o„lchamli to„rsimon tuzilishga ega (35-rasm), shuning 
uchun uni tola tarkibidan chiqarish jarayonini qiyin. Ligninning suvda eruvchan 
hosilalari – lignosulfonatlar yuvuvchi moddalar ishlab chiqarishda keng 
qo„llaniladi.
35-rasm. Lignin kompleksining kimyoviy tuzilishi 
Zig„ir tolali materiallarni pardozlash jarayonida kechadigan asosiy 
qiyinchiliklar - bu oqartirish jarayonida matodan ko„p miqdorda (material 


133 
massasiga nisbatan 25 % gacha) chiqindilarni chiqarishga to„g„ri kelishidir. Texnik 
zig„ir tolasining kimyoviy tarkibi 21-jadvalda keltirilgan.
21-jadval 
Texnik zig„ir tolasining kimyoviy tarkibi 
Moddalar 
Ivitishdan 
oldin 
Ivitishdan 
keyin 
Sellyuloza 
62,8 
71,3 
Gemitsellyuloza 
17,1 
18,5 
Pektin moddalar 
4,2 
2,0 
Lignin 
2,8 
2,2 
Mumsimon moddalar 
1,4 
1,7 
Oqsil moddalar 
2,5 
2,1 
Kul (mineral) moddalar 
1,06 
0,71 
Boshqalar 
15,0 
12,0 
Ilgari qaynatish va gipoxloritli oqartirish jarayoni yumshoq sharoitda olib 
borilgan va bu jarayonlar 4 marotaba qaytarilgan. Tayyorlashning bir davri bir – 
necha kungacha davom etgan. Hozirgi kunda zig„ir tolali materiallarni 
pardozlashga tayyorlash jarayoni ikki bosqichda olib boriladi: 
1. Zig„ir tolali pilik oksidlash-qaynatish jarayonidan o„tkaziladi. 
2. Mato bug„lash usuli bo„yicha ishqoriy-gipoxloritli-perkosidli oqartirish 
jarayonidan o„tkaziladi. 
Zig„ir tolali pilikni oksidlash-qaynatish 98-100

C haroratda 2-3 soat 
davomida davriy usulda olib boriladi. Qaynatish eritmasi tarkibi (g/l): H
2
O
2
(30%-
li)-3; natriy silikat -10; soda-5. Yuvish, bobina olish va mato to„qish. 
Uzluksiz ishqoriy - gipoxloritli - peroksidli qaynatish usuli bo„yicha zig„ir 
tolali mato quydagicha tayyorlanadi: 


134 
1. Gipoxlorit eritmasiga matoni shimdirish (2 g/l faol xlor hisobida) va 
qizdirmasdan kompensatorda 1,5 soat saqlash. 
2.
Sovuq suv bilan yuvish. 
3.
H
2
O

ning ishqorli eritmasiga shimdirish: H
2
O
2
-3 g/l, Na
2
SiO
3
-11 g/l; soda - 3 
g/l; harorat - 90

C; 1,5 soat davomida kompensatorda bug„lash. 
4.
Issiq va sovuq suv bilan yuvish. 
Oqlik darajasini yanada oshirish maqsadida ko„rsatilgan jarayonlar ikki 
marotaba qaytariladi. H
2
O
2
bilan ishlov berish chog„ida bir vaqtning o„zida 
xlorsizlantirish ham ro„y berib turadi.
Oxirgi yillarda zig„ir tolali matolarni pardozlashga tayyorlash uchun 
natriy xlorit xam tavsiya etilgan. Bunday xolatlarda pardozlashga tayyorlash 
jarayoni quydagicha kechadi: 
1.
Kislotalash; 
2.
Xloritli oqartirish (pH=5); 
3.
Neytrallash va ishqoriy peroksidli ishlov berish.
Bu usul bo„yicha jarayonlarni bir bosqichda olib borish orqali yuqori oqlik 
darajasiga va tolani ko„p miqdordagi mumsimon, oqsil va boshqa chiqindilardan 
tozalashga erishiladi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish