A
b
25-rasm. Trikotaj va gazlamani uzlukli usulda jgut holida pardozlashga
tayyorlash (bo„yash) DMS 03 jihozi.
a
-tashqi ko„rinishi,
b
-texnologik sxemasi
26-rasm. Trikotaj va gazlamani yoyiq holda uzlukli usulda pardozlashga
tayyorlash (bo„yash) DMS 23 HT jihozi
118
27-rasm. Tolani pardozlashga
tayyorlash (bo„yash) DMS 04 jihozi
28-rasm. Tolani suvsizlantirish-
presslash DMS 29 jihozi
Qaynatish jarayonini uzluksiz usulda olib borish. Uzluksiz qaynatishda qisqa
vaqt (60-120 daqiqa) davomida uzlukli usuldagi kabi yuqori kapillyarlikka erishish
talab qilinadi. Qaynatishning har ikkala usullarida ham yagona maqsadga erishish
uchun bir xil kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlar borilishini inobatga olgan
holda, qisqa vaqt ichida boradigan uzluksiz usullarni bir qadar qattiq sharoitlarda
olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amalda kimyoviy reagentlarni yuqori
konsentratsiyada qo„llash orqali jarayon amalga oshiriladi.
Uzluksiz usulda mato uzlukli qaynatish eritmasi tarkibidagi kimyoviy
reagentlar eritmasiga shimdiriladi, bunda ularning konsentratsiyasi bir necha
barobar yuqori bo„ladi:
O„yuvchi ishqor (100%-li)
30-130
Natriy silikat (38%-li)
5
SAM (0,5-3%-li)
0,5-1
Natriy sulfit
4-30
Vanna moduli
1
O„z massasiga nisbatan 100 % qaynatish eritmasiga shimdirilgan mato 101-
103
0
С haroratda mato yuza zichligi, qaynatish eritmasi tarkibi, matoni
ifloslanganlik darajasiga bog„liq ravishda 2-120 daqiqa davomida bug„latiladi.
119
Bug„latilgan mato bir necha vannada yuviladi. Bunda tola tarkibidagi chiqindilar
matodan yuviladi. Qaynatish eritmasi tarkibidagi kompleks hosil qiluvchilar eritma
tarkibidagi chiqindilar bilan birikib, tola va eritmadagi chiqindilar miqdori
muvozanatini buzadi, natijada toladagi chiqindilarni eritmaga o„tishi yanada ortadi.
Bir bosqichli usul asosan kam ifloslangan yengil (100-200 g/m
2
) matolar uchun
qo„llaniladi. Ayrim hollarda shimdirish vannasida natriy bisulfit bo„lmaydi. Ishqor
konsentratsiyasi va ishlov berish davomiyligini qisqarish orqali matoni yaxshi
saqlanishiga, va energetik resurslardan unumli foydalanishga erishiladi. Uzluksiz
usul uchun turli firmalar tomonidan matoni yoyiq va jgut holatda, bir va ikki
yo„nalishli jihoz-tizimlar taklif etilgan.
29-rasm. ЛЖO-2 – yig„ma oqartirish agregati. 1. MM-200-5- yuvish mashinasi
(ishqor bilan shimdirish), 2. ЗВA-2-4-bug„lash-qaynatish apparatlari, 3. MM-200-
5- qaynoq suv bilan yuvish mashinalari, 4. MM-200-5- sovuq suv bilan yuvish
mashinalari, 5. SK-2 kompensatorlari, 6. УЖ 4-1-taxlash moslamasi, 7. MM-200-
5- yuvish mashinasi (kislota bilan shimdirish), 8. KСK-2-1- kompensatori, 9. MM-
200-5- yuvish mashinasi (vodorod peroksid bilan shimdirish).
120
30-rasm. Gazlamani yoyiq holda pardozlashga tayyorlash BENINGER
tizimi
Yarim uzluksiz usulda qaynatish jarayonini olib borishda mato qaynatish
eritmasiga shimdirilib, xona haroratida (shimdirish-o„rash) yoki issiq kamerada
(shimdirish-rolikli) 1-6 soat davomida saqlanadi, so„ngra uzluksiz usul kabi
yuviladi.
Barcha usullarda qaynatish jarayonidan so„ng albatta neytrallash
(kislotalash) jarayoni olib boriladi. Kislotalash jarayonida matoning oqlik darajasi
bir oz ortadi, mineral moddalar toladan to„liq chiqariladi, hamda ishqor toladan
toza yuviladi.
Nazorat savollari:
1.
Qaynatishjarayoniningmaqsadi?
2.
Qaynatish jarayonida qo‟llaniladigan kimyoviy moddalar va ularning
vazifalari nimadan iborat?
3.
Qaynatishjarayoni texnologiyasini tushuntiring.
121
4.
Qaynatish jarayonining sifati nima bilan o‟lchanadi?
5.
Qaynatishjarayoni usullari?
Do'stlaringiz bilan baham: |