114
tez va ravon namlanishi uchun, ularga
ishqoriy ishlov berish orqali, sellyuloza
tarkibidagi rangsiz tabiiy yo„ldosh moddalardan tozalash jarayoniga qaynatish
deyiladi.
Qaynatish jarayonida paxta sellyulozasi, yo„ldosh moddalardan tozalanish
bilan bir qatorda, uning nadmolekulyar tuzilishida ham o„zgarish ro„y beradi.
Qaynatish eritmasi tarkibi o„yuvchi natriy (NaOH), natriy bisulfit (NaHSO
3
),
SAM, natriy silikat (Na
2
SiO
3
.
nH
2
O) eritmalaridan iborat.
Qaynatish jarayonining birinchi bosqichida to„qimachilik
materiali oldin
bo„kadi, so„ng ishqorni yutadi, keyingi bosqichda esa o„yuvchi natriy bilan
yo„ldosh moddalar orasida kimyoviy reaksiya bo„ladi. Qaynatish eritmasining
asosiy reagenti o„yuvchi ishqor, uning konsentratsiyasi jarayon tartib va tarkibiga
bog„liq ravishda 10-100 g/l atrofida bo„lishi mumkin. Yuqori haroratda ishqoriy
muhitda paxta tolasi o„ta bo„kadi va uning g„ovaklarining o„rtacha o„lchami bir
necha barobar (5
.
10
-10
m dan 30
.
10
-10
m gacha) kattalashadi.
Bunda tolaning
birlamchi devorlari qisman buziladi, mikrog„ovaklar hosil bo„lib, yo„ldosh
moddalar diffuziyasini osonlashtiradi. Ishqoriy qaynatishda pektin moddalari
gidrolizlanib, suvda eruvchan holatga o„tadi va toladan to„liq chiqib ketadi. Azotli,
ya‟ni oqsil moddalar gidrolizlanib aminokislotalar hosil bo„ladi va ular o„z
navbatida o„yuvchi natriy bilan birikib suvda eruvchan tuzlar hosil qiladi. Mineral
moddalar yuvilib ketadi. Tahminan 40 % mumsimon moddalar gidrolizlanib, yog„
kislotalarning natriyli tuzlarini hosil qiladi. Mumsimon moddalarning qolgan qismi
SAM yordamida matodan emulgirlash yo„li bilan chiqarib yuboriladi. Mumsimon
moddalar paxta tolasi yuzasida ma‟lum darajada bir tekis joylashgan bo„ladi.
Qaynatish jarayoni olib borilayotgan haroratda mumsimon moddalar tolada
yumshagan holda bo„ladi. Bu moddalar tola yuzasidan plenka ko„rinishda oqib
chiqib ketmaydi, aksincha tolaning ma‟lum joylarida yopishib turadi. Qaynatish
jarayonida sirt aktiv moddalar ta‟sirida yumshagan
mumsimon moddalar asta-
sekinlik bilan sharsifat mikrotomchi shakliga o„tib, tolada bir nuqtada ushlanib
turadi. Matoni yuvish jarayonlarida sirt aktiv modda molekulalari qurshovidagi
115
(emulgirlangan) mumsimon moddalarning mikrotomchisi toladan uzilib chiqib
eritmaga o„tadi (24-rasm).
24-rasm. Qaynatish jarayonida mumsimon moddalarni tola yuzasidan SAM
ta‟sirida chiqarish sxemasi.
SAM lar tolani namlanishini, hamda eritmani
tola tarkibiga kirishini
yengillashtiradi. Mumsimon moddalar va boshqa yo„ldosh moddalar asosan
tolaning birlamchi devorida joylashgan bo„lib, kimyoviy reagentlar ta‟sirida ular
gidrolizlanib eritmaga oson diffuziyalanadi.
Qaynatish
jarayonida
(ishqoriy
muhit,
yuqori
temperatura)
tola
g„ovaklaridagi havo kislorodi sellyulozani oksidlanishiga olib kelishi mumkin.
Buni oldini olish uchun eritmaga kuchsiz qaytaruvchi NaHSO
3
qo„shiladi. Natriy
bisulfit kislorod bilan birikib natriy bisulfat hosil qiladi.
Natriy silikat yuqori haroratda gidrolizlanib, yuzasi yuqori sorbsion xossaga
ega bo„lgan kremniy kislota (H
2
SiO
3
) hosil qiladi. Bu yuza qaynatish eritmasidagi
chiqindilarni, hamda temir oksidalri (zang)ni shimib oladi va ularni qaytadan mato
yuzasiga o„tirishiga yo„l qo„ymaydi.
Qaynatish jarayoni uzlukli va uzluksiz usullarda olib borilishi mumkin.
Qaynatish jarayonining sifati material kapillyarligi bilan o„lchanadi. Qaynatilgan
material oson namlanadi. Lekin u oq holda emas balki xira sarg„ish rangda bo„ladi.
Oxorsizlantirilgan va qaynatilgan mato sifat ko„rsatkichlari 18-jadvalda keltirilgan.
116
18-jadval.
Oxorsizlantirilgan va qaynatilgan mato sifat ko„rsatkichlari
Ko„rsatkichlar
Xom mato
Oxorsizlan-
tirilgan
Qaynatilgan
Kapillyarligi, mm/soat
Oqlik darajasi, %
Mumsimon moddalar, %
Oxor, %
Kul (mineral), %
Temir, 10
-5
%
Polimerlanish darajasi
0
52
1,02
6,75
1,26
62
3020
0
52,2
0,80
0,55
1,01
53
2940
6
58,2
0,19
0,33
0,22
11
2810
Qaynatish jarayoni texnologiyasi. Qaynatish jarayonini uzlukli usulda olib
borishda yuqori
sifatli mahsulot olish mumkin, hozirgi kungacha ayrim
assortimentlar (tibbiyot dokasi) qaynatish qozonida jgut holida qaynatiladi. Jgut
holidagi mato qozonga taxlanadi, qozonni pastki qismidan qaynatish eritmasi
yuboriladi, bunda qozon ichidagi havo jihozning yuqoridagi qopqog„idagi
tirqishdan chiqariladi. Qozonda qaynatish jarayoni 130
0
С haroratda mato yuza
zichligi va uni ifloslanganlik darajasiga bog„liq ravishda 2-12 soat davomida
quyidagi tarkibli qaynatish eritmasida olib boriladi:
O„yuvchi ishqor (100%-li)
10
Natriy silikat
3-5
SAM
0,5-1
Natriy sulfit
10 gacha.
Vanna moduli
3,5
Vanna tarkibidagi natriy silikat sellyuloza yo„ldoshlari
bilan birga doimo
qaynatish eritmasi tarkibida bo„ladigan (barcha kommunikatsiyalar temirdan
yasaladi) temir (III) gidroksidi (zang) bilan ham kompleks hosil qilib, uni matoga
117
sorblanishiga yo„l qo„ymaydi. Qaynatish eritmasi tarkibida natriy silikat bo„lmasa
temir gidroksid dispersiyalari eritmadan matoga o„tib, tolaning mikro- va
makrog„ovaklariga mustahkam joylashadi. Natriy silikat temir gidroksid
dispersiyasi bilan mato g„ovaklariga kira olmaydigan
va mato yuzasidan oson
yuvilib ketadigan kompleks hosil qiladi.
Uzlukli usulda tola, mato, bobina va trikotajni qaynatish qozon, ejektor
mashinalari va jiggerlarda olib boriladi (
25-26
-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: